Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə1/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mundarij a-fayllar.org


Mundarij a


M U N D A R I J A
Kirish………………………………………………………………………………4
I.bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari
1.1 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning falsafiy tarixiy tahlili…………………………………………..…10
1.2 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari……………………………...20
1.3 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning amaliyotdagi holati………………………………………………33
Birinchi bоb bo‘yicha xulоsa…………………………………………………....39
II.bob Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning amaliy-texnologik tizimi
2.1 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash texnologiyasi…………………………………………………………………..…41
2.2 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash tizimini rivojlantirishning samarali usullari va vositalari………………………..53
Ikkinchi bоb bo‘yicha xulоsa ………………………………………………… 65
III.bob Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning samaradorligi
3.1 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashga doir tajriba-sinov ishlari dasturi………………………………………………....67
3.2 Qadriyatlar nazariyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashga doir tajriba-sinov ishlari natijalari…………………………………………….….80
Uchinchi bоb bo‘yicha xulоsa va tafsiyalar………………………………….. 98
XULОSA………………………………………………………………..……...100
FОYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO‘YXATI ………………………..102

Kirish
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Keyingi yillarda yurtimizda ta`lim tizimining barcha bug``unlarida jumladan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar nazariyalari asosida ularda ma`naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishning ijtimoiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish, xususan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash xususida ko’plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Chunki, hech kimga sir emas, globalizatsiya jarayonlari avj olgan bugungi kunda o`quvchi-yoshlar o’rtasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni o’zlashtirishga qiziqishning susayishi, va, aksincha, moddiy farovonlikka intilish omilining kuchayishi kuzatilmoqda. Mazkur o’zgarishlar talabalarda pedagogik faoliyatga aksiologik munosabatni tarkib toptirishda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda hamda egallangan mutaxassislikka doir kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslikning ommalashuviga olib kelmoqda. Ushbu mamlakatimiz pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi bu sohadagi mavjud muammolar nuqtai nazaridan atroflicha yoritish ehtiyoji bu xususda yangicha yondashuvlar asosida tadqiqotlar olib borish zaruratini hamda mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
O`quvchi-yoshlarining ma`naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, ularning muvaffaqiyatli shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvni ta’minlash uchun umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning samarali texnologiyalari, ko’makchi-kompyuterli tizim hamda pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi zamonaviy jahon ijtimoiy pedagogika fanining eng samarali usullaridan ekanligi ma’lum. Shu tufayli o’quvchilarda ma`naviy–ma`rifiy jarayonga aksiologik munosabatni qaror toptirish, ma`naviy–axloqiy kompetentlikning aksiologik komponentini takomillashtirish, o`z - ozini nazorat qilish, o`z - ozini tahlil qilish, o`z - ozini baholash ko`nikmalarini shakllantirish asosida o`quvchilarda faoliyatining sifat ko’rsatkichlarini oshirish hamda bu yo’nalishlardagi ilg‘or jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qo’llash ehtiyoji mavjuddir.
Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimining barcha bug`unlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim maktablari o’quvchilarida aksiologik munosabatni tarkib toptirish, ma`naviy axloqiy tarbiyalash, bilimlarini yuksaltirishga doir faoliyat bilan shug‘ullanmaslikning oldini olish bo’yicha salmoqli tadqiqotlar amalga oshirildi. Shunday bo’lsa-da, milliy pedagogika fani oldida ta’lim tizimining barcha bug`unlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim makatablari o`quvchilarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimi va faoliyat motivlari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning aksiologik komponentiga doir mezon va ko’rsatkichlarni aniqlashtirish, aksiologik yondashuv asosida o`quvchilarda badiiy adabiyotlarni o’qishga yo’naltirilish, o`quvchilarda qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, refleksiv ta’sir ko’rsatish asosida o`quvchilarda ma`naviy axloqiy tarbiyalashning kreativ texnologiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb muammolar turgani sir emas. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar to’g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar qatorida ilm-fan va ta’lim, ta’lim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urg‘u berilganligi bejiz emas1. Modomiki, ta’lim tizimining markazida inson kapitali, undan samarali foydalanish va maqsadli yo’naltirish turar ekan, bunda umumiy o`rta ta`lim maktablarining barcha manfaatdor tomonlari, ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda qadriyatlar nazariyalari asosida o`quvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir.
2016 yil 12 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to’g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-2124-son, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi PQ 2909-son Qarorlari, 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g‘risida”gi Farmoyishi, 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g‘risida”gi PF 4947-son Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə