Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə2/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mundarij a-fayllar.org

Tadqiqot ob’yekti va predmeti: Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash jarayoni bo`lib, bunda Termiz shahridagi 3,9,15-maktab Angor tumanidagi 1,2,4 maktablarning 10-11-sinf o`quvchilaridan jami: 185 nafar o`quvchi qatnashdi. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash tizimidan foydalanishning mazmuni, shakl va metodlari.
Tadqiqotning maqsadi: Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning variativ komponentlarini aniqlashtirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
  • o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalshni pedagogik muammo sifatida tahlil qilish;


  • o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalshhda aksiologik yo’nalganlikni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish;


  • o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish modelini ishlab chiqish;


  • tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish samaradorligini oshirishga doir didaktik ta’minotini yaratish;




Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish muammosining dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligi yoritib berildi;
-o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalshhda aksiologik yo’nalganlikni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi takomillashtirildi;
- o`quvchilarni qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish modeli ishlab chiqildi;
- tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish samaradorligini oshirishga doir didaktik ta’minoti yaratildi;
Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili) Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borishi natijasida, jamiyat ijtimoiy sohasining boshlang’ch bo’g’ini hisoblangan o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi. Shulardan biri, komil insonni – tarbiyalash, axloqli, bilimli, yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish hisoblanadi.
O’quvchilarda madaniy xulq-atvorni shakllantirishning nazariy asoslari buyuk donishmandlar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Xoji Axror Vali, Abduxoliq G’ujduvoniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi iste’dod egalari komil insonni o’sib ulg’ayib voyaga yetishida axloqiy tarbiya va madaniyatning tutgan o’rniga a’lohida ahamiyat berganlar. Psixolog olimlardan A.Jabborov, V.Karimova, L.Kuns, L.Mitina, N.Safaev, A.Serыy, E.G‘oziev, A.Sharov, G‘.Shoumarov, B.Vilson Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To’ychieva S.M., Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G., Norbosheva M kabilar qadriyatlar masalasini etnopsixologik jihatlarini, ma`naviy axloqiy tarbiyalashning psixologik xususiyatlarini tadqiq etganlar1. Pedagog olimlardan B.Adizov, O.Jamoldinova, I.Isaev, Sh.Mardonov, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, S.Norboyeva V.Slastenin, D.Ro’zieva, B.Xodjaev, Sh.Sharipov, Sh.Shodmonova, Ye.Shiyanov, N.Egamberdieva, M.Quronov kabilarning ilmiy izlanishlarida milliy, umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, estetik, ta’limiy, tarbiyaviy qadriyatlarning mazmun-mohiti hamda bo’lajak o’qituvchilarda qadriyatlar tizimini rivojlantirish masalasining o’ziga xos jihatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan2.
Qadriyat va qadriyatlar shakllari bilan bog‘liq masalalar, ma`naviy axloqiy tarbiyani rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari keng o’rganilganiga qaramay, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlatda o`quvchilarda shakllantirilishi lozim bo’lgan qadriyatlar nazariyalari asosida o`quvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyalash tizimi alohida tadqiq etilmagan. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, mazkur tadqiqotda umumiy o`rta ta`lim makatablari o`quvchilarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash tizimini rivojlantirish yo’nalishida olib borishni maqsadga muvofiq deb topdik.

Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə