Mundarija : N



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/9
tarix23.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#87777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Xayrubloyev Sayyidkamol 19.58

2-bob. Yadro

2.1 Yadro haqida umumiy tushuncha


Yadro – zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadroning shakli, o‘lchami hujayraning
shakli va o‘lchami hamda funksiyasiga bog‘liq. Asosan hujayralarda
bitta yadro bo‘ladi. Ayrim hujayralargina jigar, muskul,
suyak ko‘mik hujayralari ko‘p yadroli bo‘ladi. Yadro asosan quyidagi
vazifalarni bajaradi: 1. Irsiy axborotni saqlash, ko‘paytirish va
nasldan-naslga o‘tkazish. 2. Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar
almashinuvi jarayonini idora qilish.
Yadroni 1802 yilda Frants Bauer kashf etgan; Biroq, 1830 yilda olim Robert Braun ham ushbu tuzilmani kuzatdi va uning asosiy kashfiyotchisi sifatida mashhur bo'ldi. Katta o'lchamlari tufayli uni mikroskop ostida aniq kuzatish mumkin.
Bu o'rtacha 5 mm diametrli shar shaklidagi organella, ammo hujayra turiga qarab 12 nm ga etishi mumkin. U hujayra umumiy hajmining taxminan 10% ni egallashi mumkin.
Hujayra yadrosi uning hayotini idora qilib turadigan asosiy organelladir.
Yadrodan hujayraning ish bajaradigan qismi — sitoplazma komponentlariga
buyruqlar va ko'rsatmalar uzatib turiladi. Mana shu informatsiya hujayraning
tipini aniqlaydi, sitoplazmada qanday oqsillar, fermentlar qay miqdorda
sintezlanishi lozim ekanligini tayinlaydi.

2.2 Yadroning tuzilishi


Hujayra hayotining turli davrlarida yadroning tuzilishi va funksiyalari
har xil bo‘ladi. Interfaza holatidagi yadro quyidagi qismlardan
yadro qobig‘i, yadro shirasi, yadrocha va xromosomadan
tashkil topadi.
Yadro qobig‘i ikki qavat: tashqi va ichki membranadan tashkil
topgan. Yadroning tashqi membranasi ribosomalar bilan qoplangan,
ichki qavat membranasi esa silliq bo‘ladi. Yadroning tashqi
qavat membranasi endoplazmatik to‘r kanalchalari bilan tutashgan.
Yadro bilan sitoplazma o‘rtasidagi moddalar almashinuv jarayoni
ikki yo‘l bilan amalga oshadi. Birinchidan, yadro qobig‘ida
juda ko‘plab kanalchalar bo‘lib, bu kanalchalardan sitoplazmadan
yadro ichiga va yadrodan sitoplazmaga moddalar o‘tadi. Ikkinchidan
yadrodagi moddalar yadro qobig‘ini ayrim qismlarining bo‘rtishi
va ajralib chiqishi hisobiga sitoplazmaga o‘tadi. Yadro bilan
sitoplazma o‘rtasida faol moddalar almashinuvi amalga oshishiga
qaramay, yadro qobig‘i yadro shirasi (karioplazma)ni sitoplazmadan
ajratib turadi. Yadro qobig‘i yadro shirasi bilan sitoplazmaning
kimyoviy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro strukturalarini
normal funksiyasini ta’minlab beradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə