Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Inflyatsiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo`llari



Yüklə 174 Kb.
səhifə6/9
tarix12.06.2023
ölçüsü174 Kb.
#116687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pul taklifi

4.Inflyatsiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo`llari
Inflyatsiya lotincha infeotio so`zidan olingan bo`lib shish, bo`rtish, ko`pchish ma’nosini anglatadi.
Inflyatsiya so`zi XIX asr o`rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida qo`llanila boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qo`llanilgan.
Lekin inflyatsiya haqiqatda ham xavfli, u umumiqtisodiyot uchun xavfli.
Inflyatsiya so`zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning boxosini va miqdoriga nisbatan ko`p chiqarish demakdir.
Inflyatsiya so`zi pul muomilasi soxasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida grajdanlar urushi bo`lganda muomilaga juda ko`p miqdorda (450 mln grin bek) Qog`oz dollar chiqarilgan vaqtidan boshlab qo`llanila boshlagan.
Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko`ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarinig oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan. Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning urtalarida nomoyon bo`lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga etgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyatsiyalarning xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda nomoyon bo`ladi. Xozirgi davr inflyatsiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo`lib, xo`jalik faoliyatining barcha soxalarini qamrab olish bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sabablari.
a) Jamgarma va iste’mol o`rtasidagi.
b) Talab va taklif o`rtasidagi.
v) Muomiladagi pul muassasi va xo`jaliklarning naqd pulga bo`lgan talabi o`rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo`zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difitsetini qoplash uchun qo`shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo`ladi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo`lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar-pul siyosati hamda xo`jalik faoliyati bilan bog`liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto`g`ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo`zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jaxon iqtisodida bo`lgan inqirozlar (xomashyo, yokilgi, valyuta bo`yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyatsiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va tuxtovsiz o`sishi va natijada pul muomilasi qonunining bo`zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyatsiya kelib chiqish sabablariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Talab inflyatsiyasi-bunda pulni ko`pligidan talabni ortishi yuzaga keladi. Bu pul emissiyaga ham bog`liq.
2. Taklif inflyatsiyasi. Bunda resurslar qimmatlashib, xarajatlar oshadi, foyda kamayib tovarlarni ko`paytirishga intilish susayadi. Natijada taklif talabga nisbatan qisqarib narx o`sadi. Talab inflyatsiyasini xarajatlar inflyatsiyasi ham deyiladi.
3. Erkin va bostirilgan inflyatsiya. Erkin inflyatsiyada narxlari uz xolicha o`sadi, Davlat narx belgilashga aralashmaydi. Bostirilgan inflyatsiyada davlat ma’muriy yo`l bilan narxlarni o`sishini chegaralab turadi.
Inflyatsiya shiddati bu narxlarni o`sish sub’ektlaridir. Inflyatsiya ushbu jixati bo`yicha quyidagilarga bo`linadi.

  1. O`rmalovchi inflyatsiya. Bunda narx o`sishi me’yorida, yiliga 5-10 foizdan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo`ladi.

  2. Yurg`alovchi inflyatsiya. Bunda narx navo tezroq o`sa boshlaydi. Iqtisodiy o`sish sur’atlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Inflyatsiya yiliga 20-200% atrofida bo`ladi.

  3. Shiddatla (giper) inflyatsiya. Bunda baholarni o`rtacha yillik o`sishi 1000%, ya’ni 10 marta va undan ko`p. Jumladan, XX asrni 20 yillarida Germaniya, Polsha, Avstryada, Vengriyada, shu asrning 70-80 yillarida. Nikaraguada narxlar yiliga 330 marta usgan. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy kismlarini o`zgarishiga olib keladi.

Adabiyotlarda shu kabi stagflyatsiya (inflyatsiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), lokal (bir mamlakat yoki jaxon mikyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (kachonki baholari o`sishi sezilgan xolda), yopik (skro’tiy-tovar va xizmatlar sifatini baho o`zgarmagan xolda yomonlashuvi, tovar defitsiti sodir bo`lganda) inflyatsiya tushunchalari mavjud.
Inflyatsiyadan farqliroq deflyatsiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyatsiyadan yutqizishlar deflyatsiya yordamida ko`planishlar sodir bo`ladi.
Inflyatsiyadan chiqish uchun:
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini rag`batlantirish (Soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
2. Rakobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jaxon bozoriga chiqarish.
3. Muomiladagi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Xozirgi haroitda inflyatsiyaga qarshi ko`rashish choralari.

  1. Ish xaqi va ijtimoiy to`lovlarni indeksatsiyalab borish.

  2. Tijorat banklari foizlarini qayta ko`rib chiqib turish.

  3. Pulning bankdan tashqariga xarakat qilishiga yo`l kuymaslik (kassa opparatlarini joriy etish va boshqalar).

  4. Qimmatli Qog`ozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.

Inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri.

  1. Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo`ziladi.

  2. Bo`sh mablag`larni ishlab chiqarish soxasidan muomila (savdo) soxasiga oqib o`tishiga sabab bo`ladi.

  3. Tovarlarni normal xarakati bo`zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo`ladi.

  4. Olib sotarlikka keng yo`l ochiladi.

  5. Iste’mol va extiyojni izdan chikaradi. Qadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, qadrsiz tovarlar sotib olinadi.

  6. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.

  7. Bank foizlari oshadi, uzok muddatli kredit berish barham topadi.

  8. Axoli mablag`larini jamarmaga jalb etish qiyinlashadi.

  9. Barter munosabatlari vujudga keladi.

  10. Byudjet takchilligi sodir bo`ladi, emissiyaga zur beriladi va u inflyatsiyani yanada kuchaytiradi.

Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo`lish mumkin.
5. Pul muomalasini barqarorlashtirish yo`llari


O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`ri sidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O`zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maksadi-milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy valyuta kursining barqaror bo`lishi tushunchasini o`z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.

  1. Monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshiri.

  2. O`zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.

  3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish.

  4. O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va ularni boshqarish.

  5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.

Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi xollarda quyidagi usullardan ham foydalanadi.

  1. Nullifikatsiya-bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul inflyatsiya darajasi uta yuqorilab ketgan xollarda qo`llaniladi. Bu usul SSSR da 1922-1924, 1947, 1961 yillardagi pul isloxatlari, O`zbekistonda 1994 yilda bo`lib utgan pul isloxatida qo`llanilgan.

  2. Revolvatsiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib, bu milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1q1110 so`mga teng edi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so`mga teng buldi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qo`llanilgan.

  3. Devolvatsiya-lotincha qadrini tushushi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalariga nisbatan pasaytirilishi bo`lib bozor uchun ko`rash kuchaygan sharoitda eksportni rag`batlantirish, to`lov muvozanatini yaxshilash uchun qo`llaniladi. Buning asosiy sabablari bo`lib inflyatsiyani kuchayishi va mamlakat to`lov balansining salbiy qoldiqga ega bo`lishidir. Bu usul AKSh da 1971 yilda 7,89%ga, 1973 yilda 10% ga dollar kursini pasaytirish bilan qo`llanilgan.

  4. Denominatsiya-pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish xisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul xajmi oshganda qo`llaniladi. Bu usul Rossiya federatsiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1 xolida, 1999 yilda 1000:1, Buxoro shuro xalk Respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O`zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 xolatida qo`llanilgan.

Tarixga ko`ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarinig oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan. Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning urtalarida nomoyon bo`lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyatsiyalarning xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda nomoyon bo`ladi. Xozirgi davr inflyatsiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo`lib, xo`jalik faoliyatining barcha soxalarini qamrab olish bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Ichki omillar mamlakatni monetar-pul siyosati hamda xo`jalik faoliyati bilan bog`liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto`g`ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo`zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jaxon iqtisodida bo`lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalari va boshqalar kiradi.


XULOSA

Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo’lib faoliyat ko’rsatmoqda.


2021 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2019-2022 yillarda respublika moliyabank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan:
-banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish maqsadida ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini ko’paytirish va aktivlar sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish;
-respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi talablaridan kelib chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish;
-mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo’llaniladigan me’yor va ko’rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish;
-iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo’naltirilgan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznesloyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish;
-xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
2020 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda.
Jumladan, 2021 yil bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir.
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2021 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib qolayotganligi va ushbu ko’rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2 barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to’la bardosh bera olishini tasdiqlaydi.
Banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatish indikatorlari, jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to’g’ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko’pi yuqori bahoga to’g’ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to’g’ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag’i soni 1028 birlikni tashkil etib, bu bo’yicha ham (1000 tadan ko’pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq kelmoqda.
Bozorni me’yordagidek rivojlanishining asosiy shartlaridan biri muomalada to’laqonli pullarning bo’lishidir. Pul - qimmatbaho metallar - iste’mol qiymati bilan ekvivalent qiymat chatishib ketgan alohida tovar ko’rinishidagi umumiy ekvivalentning tugallangan shaklidir. Pul haqidagi ta’limotning rivojlanishiga yirik qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) katta hissa qo’shgan. U Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib pulning kelib chiqishi va ahamiyatini o’rgangan. «Pulning kelib chiqishi oziq-ovqat mahsulotlari ko’payishi va ularga hamda ishlab chiqaruvchilarning bir-birlari mehnatiga bir vaqtda paydo bo’lmasligi bilan bog’liqdir. Bu o’z navbatida ular o’rtasida almashuvni keltirib chiqaradi. Ammo almashuv baholar va ekvivaletlikni aniqlash uchun umumiy o’lcham belgilashni taqozo etadi. Oltin ana shunday o’lcham bo’ldi, chunki u kam uchraydi, uzoq saqlanadi, ko’rinishi bilan odamlarni quvontiradi, uni yiriklash va maydalash mumkin, ashyosi va mohiyatini o’zgarmay turli xil buyumlar yasashda ishlatiladi» 46 - deb hisoblagan edi Beruniy.
U pulning quyidagi funktsiyalarini belgilab bergan:

  • sarflangan mehnat va tayyorlangan mahsulot o’rtasidagi munosabatni ifodalash;

  • xazinaga aylanish ;

  • davlatning funktsiyalarini bajarishda ishlatilish.

Shunday qilib, u o’zining qarashlari bilan mehnat va qiymat o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rmay, pulning funktsiyalari faqat qiymat o’lchovi va muomala vositasi bo’lishdir, deb hisoblagan Arastu (Aristotel)dan o’zib ketdi. Pulning xazinaga aynalishi Beruniy, «xomilani ona qorniga qaytishi kabi uning er qarida dastlabki holatiga qaytishi » bilan tenglashtirgan.
Pulning savdo va hunarmandchilikni rivojlanishidagi ahamiyatini Yusuf Xos Xojib ham ta’kidlab o’tgan. Xonga murojaat qilib u: «pulda kumushni ko’paytir, pulda oltin va kumush sofligini oshir va uni kuzatib tur»-deb yozgan. Bu bilan u xonni muomalada to’laqonli pullar bo’lishini ta’minlashga, mamlakatda pul muomalasini to’g’ri tashkil etishga chaqirgan. Beruniydan farqli o’laroq, Yusuf Xos Xojib pulning quyidagi funktsiyalarini belgilab bergan:

  • qiymat o’lchovi;

  • muomala vositasi;

  • jamg’arish vositasi.

Uning fikricha, davlatning qudrati faqat qo’shin soni bilan emas, balki xazina imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Ko’rinib turibdiki, Ibn Xaldun oltin va kumushning pul funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan alohida hususiyatlarini ta’kidlab, ularning vazifasini quyidagicha belgilaydi:
1.Daromadlar asosi. Almashuvga mo’ljallab ishlab chiqarilgan yashash vositalarining puldagi ifodasi.
2.Qiymat o’lchovi. Modomiki Ibn Xaldun daromadlarni asosi yashash vositalarida gavdalangan mehnatdir-deb hisoblagan ekan, demak u pulni qiymat o’lchovi deb bilgan.
3.Jamg’arma asosi. Jamg’armalar doimiy ortiqcha daromadga ega bo’lganlaridagina hosil bo’ladi. Ular odatda biron-bir maqsadga qaratildi. Daromadlar kabi jamg’armalar ham faqat o’zini yashash vositalari bilan ta’minlanganlaridagina hosil bo’lar ekan, demak ular mulk yoki ishlab chiqarishda foydalanishga mo’ljallangan boshqa boylik vazifasini o’taydi. Shunday qilib, Ibn Xaldun kapitalning dastlabki jamg’arilishi tushunchasiga yaqinlashgan va pulning vazifalaridan birini ana shu tushuncha bilan bog’lagan.


Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə