Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Vokal ijrochiligi faoliyatining nazariy asoslari



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə2/8
tarix13.10.2023
ölçüsü140,5 Kb.
#127446
1   2   3   4   5   6   7   8
Vokal ijrochiligi kurs ishi

I bob.Vokal ijrochiligi faoliyatining nazariy asoslari

  1. Vokal bilan ishlashda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish

Ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagoglarning bugungi kundagi eng dolzarb vazifalaridan biri zamon talabidagi texnologik darslarni tashkil etishdan iboratdir.
Musiqa madaniyati darslarini yangi pedagogik texnologiyaga asoslangan ko‘rinishdagi darslar bilan o‘tish nafaqat o‘quvchining ma'naviyati va dunyoqarashini boyitadi, balki ularni zamonga intilish va yangilikni his etishlarida ham muhimdir.
Ma'lumki, har qaysi o‘quvchi o‘qituvchisining tashqi ko‘rinishiga yuksak e'tibor berishi bilan birga uning so‘zlashi va o‘zini tutishiga ham qarab boradilar. Musiqa darsining ko‘p faoliyati nutq bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchi qo‘shiqni ravon kuylashida muhimdir. O‘quvchilar talaffuzi va nutqravonligi nafaqat musiqa darsi samaradorligida, balki o‘quvchining kelajagi uchun ham muhim omil sanaladi. O‘quvchilarning talaffuzini boyitish va nutq texnikasini amalga oshirishda ushbu omilni shunday tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni dars o‘tish, ekskursiya, amaliy va labaratoriya mashqulotlari, leksiya. seminar, ishlab chi harish va pedagogik amaliyot, uy ishlari va boshqalar tarzida tushunamiz. Gurux usulida va yakka tartibda o‘qitish tarixan tarkib to‘gan va rivojlanmoqda.
Yakka tartibda o‘qitish deganda, o‘qituvchi yoki uning o‘rnini bosadigan murabbiy har bir o‘quvchini uning o‘quv materialini o‘zlashtirishda shaxsiy sur'atiga va qobiliyatiga qarab alohida o‘qitishni tushiniladi. Bunday o‘qitish shaklining afzalligi shundaki, bunda o‘qituvchi o‘quvchi bilan bevosita aloqa qiladi va har doim xatosini tuzatishi va yutug‘ini qayd etishi mumkin.
Gurux usulida o‘qitish o‘qituvchining o‘quvchilar guruxi bilan ish olib borishini taqozo qiladi. Afzallik, eng avvalo vaqt ya'ni o‘qitish ishining unumdorligini masalasidir -bir o‘qituvchi ayni bir vaqtning o‘zida bir emas balki o‘quvchilarning butun bir guruxini o‘qitadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim beradi, uning o‘zlashtirish jarayoniga raxbarlik qiladi, o‘quvchilarning harakatlarini nazorat qilib boradi. Bu belgilar darsning muayyan darajada tuzilishini va izchilligini ta'minlaydi.
Tushuntirishga kirishishdan oldin o‘quvchilar yangi materiallarni o‘zlashtirishiga qanchalik tayyor ekanligini, qanday bilimlarga ega ekanligini aniqlash kerak. Darsda o‘qitish mazkur guruxdagi o‘quvchilarning umumiy ‘sixologik xususiyatlariga tayangan holda olib boriladi.
Tushuntirish hamma o‘quvchilar uchun bir vaqtning o‘zida beriladi va har bir o‘quvchi o‘qituvchi nima xaqida ga’irsa, hammasini o‘zlashtirib olish imkoniyatiga egadir.
Musiqa darsi musiqa tarbiyasi sistemasida yetakchi omil hisoblanadi, zeroki, unda bolalar yal’i turda qamrab olinadi, musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda ko‘proq ijodiy zavq uyg‘otishi bilan ajralib turadi.
Musiqa ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantikiy mazmunidir. Musiqa darslari quyidagi kasbiy xususiyatlari bilan farq kiladi.
Birinchidan, u musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli na’munalardan: vokal- xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa taxlili va adabiyoti, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Shuning uchun u aralash dars ti’iga kiradi.
Boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq matnini maxsus jadval-plakatlarga qarab yoki doskadagi yozuvlardan foydalanib o‘rganishi lozim. Beshinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar alohida daftar tutib, o‘rgatilayotgan qo‘shiqlarning matnini yozib borishlari shart. Yuqori sinflarda o‘qituvchi sinfga yangi matnning ikki-uch nusxasini olib kelib, bolalardan uni ko‘chirib ko‘paytirishini so‘raydi. Bundan tash qari darsning o‘zida matnni yod oldirib kuylatish ham maqsadga loyiqdir. Qo‘shiq o‘rgatish metodlari uning harakteri va ovoz sozlash imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Ayrim hollarda qo‘shiqni o‘rganish uning g‘oyaviy-ahloqiy mazmunini ochib beruvchi kirish suhbatlari bilan boshlansa, ba'zida esa qo‘shiqni kuylab ko‘rsatish yoki texnik vositalar yordamida eshittirishdan boshlanadi. Mobodo, qo‘shiq bolalarga tanish bo‘lsa uning xarakteri va mazmuni qisqa suhbatda aniqlanadi. Asosiy maqsad o‘quvchilarni qo‘shiq o‘rganishiga ko‘proq qiziqtira olish va ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Qo‘shiq matnini o‘rganib olish metodikasi bolalarning yoshigagina emas, balki she'rning oson-qiyinlik darajasiga ham bog‘liqdir. Agar she'r sodda bo‘lsa, uni qo‘shiqning kuyi bilan birga o‘zlashtirib olish mumkin. Oddiy va qisqa matnlarni bir darsning o‘zidayoq to‘la o‘rganib olish mumkin.
Lekin shunday she'rlar ham borki, ularda bir bandning o‘zi ikki-uch qismdan iborat bo‘ladi. Bunday she'rlar bir necha dars davomida o‘rganiladi. Agarda bunday she'rni dars davomida yodlashga butun vaqtni sarflansa, metodik ji atdan noto‘g‘ri ish qilingan bo‘ladi.
Bolalar ovozi, ayniqsa, boshlang‘ich sinflardagi hali chiniqmagan bolalar ovozi katta kuchga ega emas. Bu hol qo‘shiqni dinamik jihatdan chiroyli ijro etishga xalal beradi. O‘qituvchi turli yoshdagi bolalarning dinamik imkoniyatlarini yaxshi his qilishi va bilishi hamda ularning ashulani zo‘riqmasdan, tabiiy ovozda ijro etgandagi ovoz kuchini aniqlashi kerak.
Dinamik diapazonni bilgandan keyin har qanday qo‘shiqni maroq bilan ijro etish mumkin. Yuqori sinflarda bolalardagi dinamik imkoniyat yetarli darajada kengayadi, chunki ovoz mustahkamlanadi, taraqqiy qiladi va kuchli bo‘ladi. Bolalarda asosiy ‘olotno ‘iano bo‘lishi kerak. Agar bolalarda ‘iano bo‘lsa, u vaqtda ular o‘z Fortelarini ham topadilar.
Ikkinchidan, musiqa boshqa san'at turlaridan ifoda vositalari ya'ni, tili bilan farq qiladi. Agar tasviriy san'at va xaykaltaroshlik asarlarini ko‘rish orqali, badiiy adabiyotni o‘qish va eshitish vositasida, kino va teatrni ko‘rish va eshitish orkali idrok etsak, musiqani fakatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san'atdir. Musiqa vositasida ifodalaniladigan his- tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyindir. Bu sinfda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha maqsadlar musiqa tarbiyasining bosh mezonidir.
O‘quvchilar talaffuzi va nutqini ishlashda- o‘quvchilar ma'naviy boyligini tarkibiy qismi bo‘lgan musiqaviy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Mazkur maqsadlar quyidagicha belgilanadi:
- darsning barcha musiqa faoliyatlari vositasida doimiy ravishda o‘quvchilarning musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish;
-boshlang‘ich vokal - xor malakalarini rivojlantirish, yakka va jamoa bo‘lib kuylashga havas uyg‘otish;
-musiqa asarlariga ritmik jo‘r bo‘lish vositasida ritm-usul tuyg‘ularini rivojlantirish;
-musiqa idrokini rivojlantirish va asarlardan badiiy estetik zavqlanish vositasida badiiy obrazli xotirani o‘stirish;
-asarlarning badiiy va g‘oyaviy vositasida axloqiy estetik tarbiya berish ;
-idrok etilajak asarlardan o‘quvchilarga musiqaviy-badiiy taassurotlar to‘plab berish;
-darsda o‘quvchilarning musiqa savodxonligini oshirib borish;
Musiqa darslarida o‘quvchilarning talaffuzlarini boyitishda o‘qitishning og‘zaki metodlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.Yangi pedagogik texnologiyada quyidagi usullardan musiqa darslarida kerakli joyda va o‘z o‘rnida foydalanish tavsiya etiladi:
Mustaqil ishlash- ma'lum mavzular guruxi tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga mustaqil amaliy ish, musiqa faoliyati bilan shug‘ullanish, darslik, musiqa savodi bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Mustaqil ishlashda og‘zaki metodning turli musiqaviy ko‘rinishlari ham bolalar talaffuzi va nutq ravonligida qo‘l keladi.
Aynan mustaqillik haqidagi qo‘shiqlarda ham xalq tajribasidagi asrlar osha sayqallangan tarbiya uslubidan foydalanilgan holda musiqiy merosimiz, milliy kuy-qo‘shiqlarga murojaat qilingan.
Chunki, o‘zbek xalqining qandayligi o‘zi qoldirgan qo‘shiqlar matniga yashiringan. Yoshlarni tarbiyalashda milliy his - tuyg‘ular, o‘zaro hurmat istiqbollarini tarannum etuvchi xalq yo‘lida yaratilgan qo‘shiqlar yoshlar ongini ezgulikka to‘ldiradi. Bundayin tarbiya uslubi orqali yoshlar ijobiy harakterlanib boradi.
Mustaqillikni ifodalovchi qo‘shiqlar orqali dillaridagi izhorlarini kuylaydilar. (Xalq qo‘shiqlarini jamoa bo‘lib kuylash) Shu mavzu asosida biz tajriba sinov ishlarini olib quyidagi aniqlovchi mezonlar asosida quyidagi sxemani yaratdik:
Musiqa tarbiyasi musiqachini emas, balki eng avvalo insonni tarbiyalashdan iboratdir. O‘quvchilarda musiqaviy usullar orqali ularning nutq ravonligiga erishishda masalan, yuqoridagi mustaqil fikr jarayonida xalq qo‘shiqlarining so‘zlarini dona- dona qilib ifodali o‘qish yoki she'riy tarzda badiiylikka erishilsa, ijodiy fikrlarda uni ijro etish va unga turli harakat va xalqona urf- odatlardan qo‘shib ifodalash va nihoyat tanqidiy fikrlarda esa xalq qo‘shiqlaridagi xonishlarning avj pardalarida jamoaviy kuylashdagi qiyinchilik va muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikrlashish mumkin.
Jamoaviy kuylashda talaffuz va nutq texnikasiga erishish bo‘yicha ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda ularga bevosita va emosional ta'sir ko‘rsatadigan musiqa san'atiga doir darslar asosiy omil hisoblanadi.
Musiqaning san'at sifatida eng muhim xususiyati shuki, u ijodiy kuchni qo‘zg‘otishning ta'sirchan vositalariga ega. O‘quvchilar tinglagan yoki ijro etgan musiqa asarlari ularda estetik munosabatni vujudga keltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, musiqa o‘zining alohida usullari bilan chuqur fikr va hissiyotni, davrning harakterini aks ettirishi mumkin. O‘quvchilarni tarbiyalashni shunday olib borish kerakki, musiqa san'ati ular oldida voqeilikni obrazli inpikosi, kishi ijtimoiy hayotining undagi ideallar, intilish va fikrlarning ifodasi sifatida nomoyon bo‘lsin. Shundagina musiqadan muntazam va keng foydalanish yosh avlodni g‘oyaviy estetik tarbiyalashning samarali omili bo‘ladi.
Musiqa asarlari ustida uzluksiz va maqsadga muvofiq yo‘sinda olib boriladigan ishlar orqali xatto mintaqaviy – estetik jihatdan yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchilarda ham musiqaning eng yaxshi na'munalariga qiziqish uyg‘otish mumkin.
Bastakorlarning bolalar va kattalarga mo‘ljallangan asarlari keng o‘quvchilar ommasiga hozirgi zamon kishisining fikr-o‘ylari va orzu-umidlarini, voqeilikdagi hodisalarni aniqroq hamda to‘liqroq tushunishlariga yordam beradi. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, musiqa tarbiyalashga oid ishlarning tinglovchilar bilimini boyitish, fikr doirasini kengaytirish va musiqani tushinish qobiliyatini har qancha muhim bo‘lsada, bu ishlarning jamiyat uchun ahamiyati faqat badiiy vazifalar bilan chegaralanmaydi.
Boshqacha aytganda, musiqa tarbiyasini takomillashtirshda faqat professional musiqachilarni yosh musiqaning malakali ixlosmandalarini yetishtirishni emas, balki musiqa orqali va musiqa yordamida kishi shaxsining hamma tomonlarini shakllantirishni nazarda tutish kerak. O‘zbek xalq qo‘shiqlari va ularning yangi pedagogik tenologiyalar asosida musiqa darslarida jamoa bo‘lib kuylashni joriy etish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə