Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tojik, turkman, afg‘on xalqlariga oid asarlar


XVI-XIX asrda turkman va afg‘on xalqlariga oid asarlar



Yüklə 102,26 Kb.
səhifə6/10
tarix02.05.2023
ölçüsü102,26 Kb.
#108060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraq

1.3 XVI-XIX asrda turkman va afg‘on xalqlariga oid asarlar
Turkman xalqi tarixshunosligi. Turkman xalqining shakllanish jarayoni moʻgʻullar istilosidan keyingi davr (XV asrlar)da nihoyasiga yetgan. Ushbu davrda turkman etnosiga ayrim oʻgʻuz boʻlmagan turkiy qabilalar, jumladan, qipchoqlar ham qisman kelib qoʻshilgan. XV asr oxiri - XVI asr tarixchilari ushbu davr turkmanlari hayotini Ismoil Safaviy va Shayboniyxon o‘rtasida 1510-yilda Marv yaqinidа bo‘lgаn jаng sababli tаsvirlаydi. Xususan, Muhammad Ja'far Hasan al-Moseviyning “Оламоройи Сафавий" va “Олам оройи шоҳ Исмоил” asari XV asr oxiri -XVI asrning birinchi yarmidagi turkmanlar tarixini o‘rganishdagi asosiy manba hisoblanadi. Unda XV-XVII asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Safaviylar davlati va uning birinchi hukmdori shoh Ismoilning hayoti, ular bosib olgan hududlar haqidagi ma'lumotlar uchraydi. Xususan, unda yozilishicha: “1512-yilda Shoh Ismoilning vaziri Najmi Soniy Movarounnahrga hujum qiladi. Ushbu hujum natijasida Najmi Soniy 15 ming odamni qirib yuboradi, hatto itlar va mushuklarni oʻldirishni buyuradi. 1514-yilga kelib turkmanlar Muhammad Zaman mirzo rahbarligida Shoh Ismoilga qarshi chiqadilar» Bu hаqdаgi ba'zi bir ma'lumotlar Z. M. Bоbuming “Бобурнома"11 asarida ham uchraydi. Ushbu asarda ham Ismoil Safaviy va Shayboniyxon oʻrtasidagi urush voqealari, bundan hamda Xurosonda yashagan xalqlar va ularning hayoti haqidagi batafsil ma'lumotlar berilgan. Ushbu jang tafsilotlari Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida ham aks etgan boʻlib, Shayboniylar va Safaviylar oʻrtasidagi 1510-yilda Marv yaqinida boʻlib oʻtgan urush, Xorazm va Xuroson haqidagi ma'lumotlar yoritilgan. Sharqshunos A. A. Semyonov asarni rus tiliga tarjima qildi va 1966-yilda ushbu asar bosmadan chiqdi. Mustaqillikdan keyin esa ushbu manbaning qadr-qimmati nihoyatda yuqori ekanligini anglagan tarixchilar uni bir necha bor oʻzbek tiliga tarjima qildilar, asar bir necha bor nashr etildi.
Keyinchalik Ismoil Safaviy va Shayboniyxon oʻrtasidagi urush tafsilotlari, turkmanlar hududi hamda uning aholisi haqidagi ba'zi bir ma'lumotlar Хоndаmirning “Ҳабиб ус-сияр"12asarida ham aks etgan. XV asr oxiri - XVI asrning birinchi yarmida turkmanlar tarixini oʻrganishda ushbu manbaning oʻrni beqiyos. Ushbu asarda ham Turkmaniston hududlarida boʻlib oʻtgan Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi urush voqealari bayon etiladi. Mazkur asar mintaqa xalqlari tarixiga oid muhim manba boʻlib, unda 1498-yildagi Samarqand qamali paytidagi shahar xalqining ayanchli ahvoli, 1512-yilda Safaviylar Qarshi shahrida uyushtirilgan qirgʻin-qatliom, 1514-1515-yillarda Xurosonda yuz bergan qahatchilik haqidagi ma'lumotlar aks etgan.
Asar 1521-1524-yillarda yozilgan va muqaddima, xotima hamda uchta jilddan iborat boʻlib, 2013-yilda yangitdan nashr etildi. Yuqoridagilardan tashqari, ushbu jang bilan bogʻliq Marv hududi aholisi haqidagi ma'lumotlar Sharafxon Bidlisining “Ulapa Homa” asarida keltirilgan. Fors tilidagi ushbu asar ham Old va Oʻrta Osiyoning XVI asr tarixini o‘rganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. Ushbu asar muallifi Bidlis shahrining kurdlardan boʻlgan rahbarining oʻgʻli, uning onasi turkmanlarning qizilboshlilarga mansub rahbari Emirxonning qizi edi.Sharafxon ham keyinchalik Bidlisning amiriga aylanadi. Mazkur asarda Shayboniylar va Safaviylar oʻrtasidagi aloqalar hamda XVI asrdagi turkman qabilalari hayoti haqidagi ma'lumotlar mavjud. kabi ma'lumotlar Budoq Qazviniyning “KaBoxyp az-axbop». asarida ham uchraydi. Ushbu asar ham XVI asrdagi Safaviylar davlatining hayoti haqida ma'lumotlar beradi. Xususan, unda ham Shayboniyxonning 1510- yilda Marv yaqinidagi Ismoil bilan urushi voqealari tasvirlanadi va shu oʻrinda ushbu hudud aholisining taqdiri haqida qiziqarli Usmoniylar va Safaviylar oʻrtasidagi yozishmalar hamda Chaldiran jangi haqida asarida ham ma'lumotlar beriladi. Umuman olganda, ushbu manba turkman xalqining XVI asrdagi hayoti haqida ma'lumotlarni berishi bilan qimmatlidir. Safaviylar va Shayboniyxon oʻrtasidagi jang hamda uning oqibatida vujudga kelgan turkmanlarning nochor ahvoli toʻgʻrisidagi ma'lumotlar Muhammad Solihning asarida ham uchraydi. Ushbu asardan Shayboniyxonning Urganch hamda turkmanlarning Adoq nomli qal'asini qamal qilishi haqida batafsil ma'lumotlar ham o‘rin olgan. “Adoq qal'asini Chinso‘fi boshchiligidagi turkmanlar qahramonlik bilan mudofaa etganlar. Qamal paytida Samarqand, Qarshi va boshqa shaharlarda boʻlganidek it, eshak va hatto odam soʻyib yeyishga majbur boʻlganlar”, - deb yozgan edmuallif o‘z asarida. Ushbu asar 1961-yilda Toshkentda ilk bora nashr etildi. Keyingi davrda ham turkmanlar hayoti bilan bogʻliq voqealar va ularning kelib chiqishi haqida ma'lumotlar beruvchi asarlar yaratildi. Abulgʻozi Bahodirxonning “Shajaraiy tarokima” asari ana shular jumlasidandir. Ma'lumki, X asr oxirlarida Sirdaryoning quyi oqimida yashovchi oʻgʻuzlarning katta gruppasi Somoniylarning ruxsati bilan Zarafshonning oʻng qirgʻogʻi bo‘ylab koʻchib yuradi va ancha muddat Nurota hududida hayot kechiradi. Bu haqda Abulgʻozi shunday yozadi: "Oʻgʻuz elindan podshoh boʻlg‘on Qaniq urugʻindin (turkmanlarning eng qadimiy va katta urugʻlaridan biri) Saljuqboy boshliq koʻb el koʻchub Sir yoqasinda Xo‘jand shahriga keldilar. Anda koʻp yillar oʻlturub Nur viloyatiga bordilar. Anda yuz yil oʻlturub, koʻchub Urganch bordilar. Urganchda oʻlturo bilmay ko‘chub Xuroson bordilar, taqi Marvdin ushbu asarning Abulxonogʻoch o‘turdilar"13. Rus tadqiqotchisi A. Kononov' rus tilidagi nashrini tayyorlaydi. XVI asrda sodir boʻlgan Xiva va Buxoro xonliklari turkmanlarni oʻzlariga bo‘ysundirish jarayonida doimiy ravishda bir-biri bilan raqobat qilib turgan. Buning natijasida turkmanlar yashagan hududlar doimiy urush o‘choqlariga aylanib, goh Buxoro, goh Xiva xoni qoʻliga oʻtgan. Ushbu xonlarning hujumi, ayniqsa, XVII-XIX asrlarda nihoyatda kuchayib, fojiali tus olgan va natijada turkmanlarni tez-tez koʻchib, joylarini oʻzgartirib turishga majbur etgan.
Bu haqda Abulgʻozi Bahodirxonning "Shajarayi turk", Shermuhammad batafsil ma'lumot berilgan. Turkmaniston va turkmanlarning XV asr oxiri - XVI Munisning “Фирдавс ул-иқбол” va Ogahiyning “Шоҳиди иқбол” аsаrlаridа asr birinchi yarmidagi hayoti haqida, shuningdek, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohihamda Munis va Ogahiy" ning asarlari ham muhim manbaboʻlib xizmat qiladi.Bundan tashqari, Muhammad Kozimning “Homain onam opoňh Нодири" asarida ham turkmanlarning XVIII asr hayoti haqida koʻplab ma'lumotlar mavjud. Muallif 1720-yilda Marvda tugʻilgan. Uning asari asosida koʻplab tadqiqotlar olib borilgan. Muhammad Kozim oʻz asarini 1749–1750-yillar arafasida yoza boshlagan. Mikluxo Maklayning guvohlik berishicha, ushbu qoʻlyozmaning birinchi jildi 1752–1753-yillarda yozib tugallangan. Turkman olimi O. Amantiev14 oʻz tadqiqotida ushbu asarni ilmiy jihatdan tavsiflab, uning Turkmaniston tarixini oʻrganishda qimmatli manbi isbotlab bergan. Afg‘on xalqi tarixshunosligi. Hozirgi Afg‘oniston hududida mazkur davrda yashagan xalqlar tarixiga bag‘ishlangan adabiyot va ilmiy maqolalarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilar ekanmiz, afg‘on xalqi tarixiga rus, ingliz, afgʻon, oʻzbek va hind olimlari murojaat qilganini ko‘rish mumkin. Afg‘oniston tarixini tadqiq qilish XX asrda kenvchi xalqlarning tarixi bir necha ming yillikka borib taqaladi. Zamonaviy Afg‘oniston hududi koʻplab davlat tuzilmalarining bir qismi hisoblangan va ba'zida oʻzi mintaqadagi eng yirik imperiyalar paydo boʻlishining muhim o‘chogʻiga aylangan. Afg‘oniston Osiyo qit'asining markazida joylashgan boʻlib, oʻzining ahamiyati va strategik mavqei tufayli qadimgi hamda oʻrta asrlarda turli xil bosqinlar va istilolarning qurboniga aylandi.
Bunga sabab sifatida hududning geostrategik jihatdan qulayligi, ikki yirik imperiyalar mustamlaka hududini ajratib turuvchi mintaqa ekanligi va boshqa iqtisodiy manfaatlar koʻrsatiladi. Ma'lumki, Afgʻoniston nisbatan yosh davlat boʻlib, unga 1747-yilda asos solingan. Mahalliy tadqiqotchilar Kushkaki Burhoniddinning “Nader-ye Afgan" Kbar Mir G‘ulom Muhammadning “Афганистан дар масир-е тарих" Kushkaki Sabahuddinning "Maxe-e Kanyh-e acach” Hasanning "Афганистан ва Хенд-е Бретаневи"15 kabi asarlari Afgoniston tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Mahalliy olimlar tomonidan yozilgan asarlarning aksariyat qismi dariy tilida boʻlib, asosan, sovet va xorijiy tadqiqotchilarning sa'y-harakatlari tufayli ilmiy muomalaga kiritilgan.Afg‘oniston tarixiga doir sovet tarixshunosligida bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi Ushbu mavzu bo‘yicha eng toʻliq tadqiqotlardan biri rossiyalik olim M. G. Aslanovga tegishli boʻlib, uning “Roshaniylar xalq harakati va uning XVI-XVII asrlar afg‘on madaniyatiga ta'siri” maqolasida Afg‘onistondagi vaziyat, uning oqibatlari, madaniy hayotga ta'siri va harakatning yetuk siymolari haqidagi ma'lumotlar oʻrin olgan. Muallifning fikricha, Boyazid Ansoriy vatarafdorlarining maqsadi nafaqat oʻz xalqining mustaqilligi uchun kurash, balki odamlar orsida mulkiy tenglikni o‘rnatish boʻlgan.



Yüklə 102,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə