Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tojik, turkman, afg‘on xalqlariga oid asarlar


XVI-XIX asrlarda qirg‘iz va tojik xalqlariga oid asarlar



Yüklə 102,26 Kb.
səhifə5/10
tarix02.05.2023
ölçüsü102,26 Kb.
#108060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraq

1.2 XVI-XIX asrlarda qirg‘iz va tojik xalqlariga oid asarlar
XVI-XIX asrlar trixshunosligida qirg‘izlar tarixini yoritilishi haqida gapiradigan bo‘sak, qirg‘iz xalqini yoritishda XVI-XIX asrlarga oid tarixiy manbalarni o‘rni beqiyosdir. Mazkur davirda fors-tojik va turkiy tilde yozilgan tarixiy asarlar ma’lumotari ham muhum ahamiyt kasb etadi. Ushbu manbalarni muhum qismini muomilaga V. V. Bartold, A. A. Semyonovva P. P. Ivanovlar tomonidan kiritilgan4. Masalan Muhammad Haydar Kashmirda 1546-yilda “Tarixi Rashidiy” asarini yakunlagan edi. Ushbu asar XVI asrdagi qirg‘iz xalqi tarixidagi yagona manba bo‘lib, unda siyosiy voqealar hamda aholining etnik tarkibi va mamlakatni iqtisodiy qisman ijtimoiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu asarda qirg‘iz qabiylalarini ko‘rinishi, ularning Qozoq xonlari, Shayboniylar va Mug‘al xonlari bilan munosabatlari haqida xabarlar berilgan.Yana bir muhum manba Boburnoma bo‘lib shoh va shoir Z. M. Bobur tomonidan turkiy tilda yozilgan mazkur asarda Markaziy Osiyo xalqlarini urf odatlari, kiyim kechaklari, oziq ovqatlari, o‘rta asrlardagi O‘sh haqidagi ma‘lumotlar va ayrim qirg‘iz qabiylalari etnogarafik jihatlari haqida ma‘lumotlar kelgan.
Mualifi nomalum "Tazkirayi Xoja Muhammad Sharif" asari XVI asrning ikkinchi yarmida yozilgan bo‘lib qirg‘izlarning XVI asr o‘rtalaridagi joylashuvi va ularning Qashqariya hukmrinlari to‘g‘risida ma‘lomotlar berilgan.
Uyg‘ur tilida yozilgan Muhammad Sodiq Qoshg‘ar qalamiga mansub "Tazkirai xo‘jagon" asarida Qoshg‘ar xo‘jalari bilan bir qatorda qirg‘izlar ham ishtirok etgan Sharqiy Turkistondagi XVIII asrning 60-yillarigacha bo‘lgan siyosiy voqealarni o‘z ichiga olgan asrdir5.
Eng muhimi va ko‘p sonli yozma manbalar bo‘lib ular orasidan quydagilar ajralib turadi:
1. Qirg‘iziston hududidan topilgan xatlar
2. Qo‘qon xoni va uning o‘rinbosarini qonun chiqaruvchi hamda akt hujjatlari
3. Qirg‘iz zodagonlarining xon va uning amaldorlari bilan yozishmalari
4. Qirg‘iz sudyalarining navbattan tashqari syezdlari va qarorlari
5. Qo‘qon Buxoro va boshqa hudud mualiflarining qo‘lyozma hikoyalari
6. Rossiya imperiyasi davri hujjarlari manbalari
Bundan tashqari chegara idoralari Turkiston general-gubernatorligi mansabdorlarining ma‘lumotlari turli xil ma'lumotnomalar va memorandumlar ekiskursiyalari shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarni bir qismi 1917-yilga qadar ko‘p qismi esa sovet davrida chop etilgan.
XVIII asr oxiridagi qirg‘izlar haqidagi to‘liq ma‘lumotni sibirlik harbiy muhandis I. G. Andreyev bergan edi. Uning qozoqlar haqidagi insholarida qirg‘izlarning tavsifi, ularning tashqi siyosiy tarixi va ichki hayoti haqida alohida bob ajratilgan. Bu "Qirg‘izistoning yovoyi yoki tosh odamlari to‘g‘risida" deb atalgan. Andreyevning asarlarida XVIII asr oxiridagi qirg‘izlarga oid yangi ma‘lumotlar keltirilgan ular o‘zini aniqligi va nisbattan to‘liqligi axborot mazmuni va o‘z davri uchun ishonchliyligi bilan ajralib turadi.
Sovet davri tadqiqotchilaridan etnograf B. X. Karmishevning "Qorategin qirg‘izlari" kitobi qirg‘izlarning etnogarafiyasiga bag‘ishlangan asarini alohida ta'kidlash lozim. Ushbu kitobda qirg‘izlarni xo‘jaligi va shakillanishiga oid ma‘lumotlar keltirilgani bilan qimmatli hisoblanadi. Asarda qirg‘iz xonligini vujudga kelishi va qo‘shnilar bilan aloqalari ham o‘rin olgan. Asarda Qirg‘iz xonligi XVI asrda tashkil topganligi va uning asoschisi Ahmadxon va uning shajarasi haqida ma‘lumot mavjud.
Cho‘pon Valixon qozoq xalqining aytishuv va afsonalarliga asoslangan xolada qirg‘izlar haqida ham ma‘lumotlar berib ketgan. U Qozoq xonlgini XV-XVI asrda vujudga kelgan deb hisoblaydi va qirg‘iz va qozoqlarni aralashtirib yuborgan Ritter hamda Gergiy kabi mualiflarni qattiq tanqid qilgan6. Ularning fikirlarini inkor etib Katta, O‘rta va Kichik qaysoq qirg‘iz xonliklari yagona qozoq xalqi ekanligin ma'lum qiladi.
XV asrda Ahmadxon boshchiligida Qirg‘iz xonligi tashkil topgan bo‘lib bo‘lib uning tarkibiga Tyan-shanda qolgan mo‘g‘ul-turk qabiylalari ham kirgan edi. Mazkur davlat uzoq faoliyat ko‘rsatmasada muhim oqibatlarga olib keldi qirg‘iz qipchoq xalqlarining birlashuvi va ularga mo‘g‘ul-turk qabiylalarini qo‘shilishi natijasida tarkibi uncha o‘zgarmagan qirg‘iz xalqining shakillanishiga turtki bo‘ldi Tayanshan bo‘ylab qirg‘iz-qipchoq xalqlarining tarqalishi jarayonida qirg‘iz millati tashkil topdi. Irtish-Yenisey daryo oralig‘ida ko‘plab qabiylalar qirg‘iz, alachin, kuban, qipchoq xalqlari yashagan lekin ularni hech biri millat bo‘lib shakillanmagan edi. Ularni "O‘rmon xalqlar"i deb ataganlar Muallif qirg‘iz atamasini kelib chiqishini qadimgi turk tilidagi "qirig" borib taqaladi buning ma‘nosi qizil hisoblanadi "qirg‘iz" atamasi esa ko‘plik ma‘nosida keladi. Mazkur termin ular yashayotgan davirga nisbattan olingan.
O‘. Aliyevning Qozog‘iston tarixi asarida qozoqlar haqida muhim ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, ushbu asar orqali qirg‘iz va qozoqlarni tarixiy yaqinligini o‘ziga hos jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Shuni alohida takidlash joyizki ushbu tarixiu jarayonlarni yoritishda xalq afsonlarini o‘rni katta bo‘lgan.
Qirg‘iz xalq og‘zaki ijodining noyob namunasi "Manas" epik asari bo‘lib7, u dastlab XIX asrning 50- yillarida Cho‘pon Valixon tomonidan yozib olingan. 1904-yilda esa rus tiliga tarjima qilingan va chop etilgan. Bu dostoning qisqa variyanti V. V. Radilov tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. Mazkur epos qirg‘iz folkilorini barcha janirlarini o‘zida jamlab olgan, yani afsona, qo‘shiq, ertak, aytishuv masallardanlardan iborat. "Manas"ni xalq orasida mashxur bo‘lishiga irchilar roli katta, ular "Manas"ni mashxur bo‘limlarini xalq ichida kuylab uni xalq orasida mashhur qilishgan. "Manas" hech qanday musiqasiz ijro etilgan tinglovchila ko‘p bo‘lganda turli ishoralar, suratlar, har xil ohanglar bilan yetkazilgan. "Manas" asosiy voqealar afsonaviy qahramon Manasning O‘rta Osiyo, Xitoy, Afg‘oniston mamlakatlariga qilgan yurishi keltirilgan8.
"Manas"da 9 ta asosiy qo‘shiq uzviy bog‘liq bo‘lib ular Manasning tug‘ulishi voyaga yetishi va xon sifatida tanilishi. Koshg‘ar xonligi va O‘rta Osiyoga qilgan yurishidan iborat. Ushbu doston Xitoy poytaxtiga yurish hamda Talos vodiysida Manasning o‘limi bilan tugaydi. Bu asarning qiymati shundaki, unda tarixiy, etnogarfik, geografik, ma‘lumotlarni taqdim etgani bois qirg‘iz xalqining qomusideb atash ham mumkin. Asarda ijtimoiy-mayishiy hayotga doir juda katta ma‘lumotlar uchraydi, xususan, to‘y tavsifi, dafin, xalq o‘yinlari katta o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham "Manas" qirg‘iz tarixi va etnografiyasida benaho manba hisoblanadi.
XX asrda ushbu epos O‘rozbekov va Qoralayev va boshqa oqinlardan yozib olingan, hozirgi kunda bu dostoni 70 dan ziyod turlari mavjud. Shuni takidlash joyizki 1995-yilda barcha turkiy davlatlarda "Manas" dostonini 1000 yilligi nishonlandi.
Tojik xalqi tarixshunosligi. Ma‘lumki tojiklar ham huduning boshqa etnoslari singari uzoq tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan xalqdir. Ushbu qo‘shi xalqni tarixi o‘zbeklar bilan o‘rganib kelinadi. Mazkur xalqlar uzoq o‘tmishdan aralashib yashab kelganliklari va ikki tilda ham bemalol gaplasha olishlari ma‘lum. Ularning urf odatlari va madaniyatlari bir xildir. Shu sababli o‘zbek xalqi tarixini yoritishga bag‘ishlangan turli manbalarda ham tojiklar haqida ma‘lumot berilgan. Tojiklar tarixiga oid manbalardan biri "Xaft iqlim" asridir bu asar geografik-bigrafik asar bo‘lib mualifi Amir Ahmad Roziydir9. U asli Eronning Ray shahrida badavlat oilada tavalut topgan. Amir Ahmad Roziy o‘z asarini 1594-yilda o‘z asarini yozib tugatgan. Unda VII asrdan XVI asr oxirigacha yashab o‘tgan 1560 ta shayx, shoir, yozuvchi, davlat arbobi va olimlar haqida qisqa lekin juda qimmatli ma'lumot keltirgan.
Ushbu mualif o‘zining bu asarlarini yaratishda "Suvar al-aqolim" , "Masolik ul-mamolik" va "Tarixi Banokatiy" asarlariga tayanib yozgan. Lekin ularga tanqidiy yondoshgan, ularni yangi dalillar bilan boyitgan.
Mualif shahar va mamlakatlarni tavsiflab, ularni gegrafik o‘rnini va diqqatga sazovor joylarini, osori antiqalarni, aholisini, uning turmish tarzini, urf odatlarini, mashg‘uloti, xo‘jaligi va aholi umumiy soni haqida qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. Masalan Chingizxon xujumiga qadar Balxda 50 ming aholi yashagan.
Shuningdek ushbu etnos tarixiga oid "Namoyi olamoi Nodiry" asari mualifi mashhur marflik tarixshi Muhammad Kozimoydir. Bu asarda jumladan 1741- 1742-yillarda Ko‘lop, Shodmon, Badaxshon, Balx hamda boshqa shaharlarni katta yer egaligi ba bosqinchilarga qarshi kurashi yoritilgan.
Sulton Mahmudning "Majmu al-g‘aroyin" asari ilm ahli orasida keng tarqalgan. Hozirgi kunga qadar bu asarni 70 dan ortiq qo‘lyozmasi saqlangan. Xususan, "Abdullanoma" asari mualifi Hofiz Tanish Buxoriy, "Ajoyib at-tabaqat" asari mualifi Muhammad Tohir shular jumlasidandir.
Mirzo Salimbekning "Tarixi Salimi" asarida Amir Muzaffar davrida Hisor, Ko‘lob, Balijuvon, Qorategin, Darvozda bo‘lgan xalq isyonlari va Buxoro-Qo‘qon, Buxoro-Rossiya munosabatlari shuningdek Buxoro amirligini XIX asrning ikkinchi yarmidaga Umumiy ma‘lumot va ma‘muriy hududiy tuzilishi haqida qimmatli ma‘lumotlar bergan. O‘rta Osiyoning XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘rganishda Ahmad Donishning "Tarjimayi ahvoli amironi Buxoroyi sharif" asari muhim ilmiy ahamiyatga ega asar hisoblanadi.
Asarning katta qismi Amir Muzaffarga bag‘ishlangan bo‘lib unda Buxoro amirligining XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli hamda Rossiya qo‘shinlari tomonidan 1866-yilda Jizzaxtni 1868-yilda esa Samarqandni bosib olinishi batafsil berilgan. Bu asar qo‘lyozmalari Samarqand, Buxoro, Toshkent, Dushanbe shaharlarida kutubxonalarda saqlanadi. Asar matni Mirzoyev tomonidan chop etilgan. 1960-yilda Dushanbeda asarni qisqartirilgan shakli chop etilgan.
Filip Nazarovning "Estaliklari10" ham mintaqa haqida qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Filip Nazarov va uning hamrohlari Xo‘jant shahrini ham borib ko‘rishgan. Xo‘jand shahri haqida uning estaliklarida quydagi tarif ko‘rsatilgan: Xo‘jand hajim jihatdan Qo‘qondan kichik emas. U Buxoro tomondan nurab qolgan devorlari bilan boshqa tomondan esa Sirdaryo bilan himoyalangan. Shahardan ariq va kanallar o‘tkazilgan. Qo‘qon kabi korxonlar va dam oladigan joylari ko‘p.
Bundan tashqari mahalliy mualiflarni yozgan estaliklari va asarlarida ham bu hudud haqida ko‘plab ma‘lumutlar uchraydi. Xususan, Mulla Abdulg‘afforning "Zafarnomayi Xudoyorxon" Mulla Niyoz Muhammadning "Tarixi Shoxruxiy" kabi asarlar misol bo‘la oladi.

Yüklə 102,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə