Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tojik, turkman, afg‘on xalqlariga oid asarlar



Yüklə 102,26 Kb.
səhifə4/10
tarix02.05.2023
ölçüsü102,26 Kb.
#108060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mundarija kirish asosiy qism I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraq

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, to‘rtta paragraf, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


ASOSIY QISM
I BOB. XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, afg‘on xalqlariga oid asarlar
1.1 XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq va qozoq xalqlari tarixiga oid asarlar
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid XIX asr 80-yillaridan buyon qator tadqiqotcjilar asarlari vujudha keldi. Qoraqalpoq xalqining XVI-XIX asrlardagi tarixini bayon etar ekanmiz, XVI asrning ikkinchi yarmida Nog‘ay xonligi uch qism, ya’ni “Olti ul”, Kichik va Katta o‘rdalarga bo‘linib ketganligiga etibor qaratish kerak.
Ma’lumki, XVI asrning boshlarida no‘g‘aylar Volga va Yoyiq daryolari bo‘ylariga bostirib kelgan jung‘orlar tomonidan tormor etilgan edi. Yaylovdan ajralgan no‘g‘aylar g‘arbga, ya’ni Qirimga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. No‘g‘aylarning “Olti ul” ulusiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo‘ylariga ko‘chib o‘rnashgan. Ushbu davirda qoraqalpoqlar goh Buxoroga goh Qozoq xonligiga qaram bo‘lgan. Xususan taxminan 1455-1535-yillarda yashab o‘tgan Muhammad Solihning "Shayboniynoma"1 asari ushbu davirni yotituvchi asarlardan biri bo‘lib, unda Muhammat Shayboniyxoning hayoti va harbiy yurishlari haqida sheriy hikoya qilingan.
Abulg‘oziyxoning "Shajarayi turk va mo‘g‘ul" asari qoraqalpoqlr haqida o‘sha davirga oid ko‘plab ma’lumotlar beradi. Kitobning IX bobida Xorazimning 1512-1663-yillar oralig‘idagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng va atroflich yoritilgan
Asarning G. S. Sablukov va P . I. Demezonlar tomonidan chop etilgan nashirlari mukammal bo‘lib muhum ilmiy qiymatga ega. Mazkur asar o‘zbek tiliga 1992-yil B. Ahmedov fikir mulohazalari bilan chop ettirgan.
Qoraqlpoqlarni bu davirdagi tarixini yoritishda xalq dostonlari ham muhim ahamiyat kasp etadi. Qoraqalpoq folkloining asosiy janri doston bo‘lib ular to‘rt turga ya’ni qahrmonlik, lirik, ijtimoiy-siyosiy va tarixiyga bo‘linadi. Ulardan keng tarqalganari "Alpomis" "Yedigey" "Qublon" "Qirq qiz" dostonlari ham xalq orasida mashhurdir.
Qoraqalpoq tarixshunosligida adabiyotning ham muhum o‘rni bo‘lib mumtoz adabiyotning yirik namoyondasi, shoir Jeyin Jirov (1730-1784) alohida ahamiyarga ega. U o‘zining “Ulug‘ tog‘ “ va “Po‘sgan el” dostonlarida qoraqalpoqlarni Xivaga ko‘chib kelishi tarixini yozgan. Shoirning yana bir asari “Xush bo‘ling, do‘stlar” qoraqalpoqlarning turkistondan ko‘chin kelishiga bag‘ishlangan.Boshqa bir shoir Kunxo‘janing sherlari o‘z davri qoraqolpoqlar hayotin tasvirlagan.
Qorqalpoqlar hayotini yoritishda “Firdafs u-iqbol” ham muhum mnba hisoblanadi. Asarda Xorazimni qadimgi zamonlardan to Olloqulixon davrigacha bo‘lgan davri hikoya qilingan. Asar 1806-1840-yillarda yozib tamomlangan. Asarning asosiy qiymati unda Xorazimni qarib 300 yillik tarixi davriy tartibda bayin etilgan. Asarda turkman qozoq va qoraqalpoq xalqlari hamda ularni mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida tutgan o‘rni yer egaligi soliq va jariymalar xiroj, zakot, peshkash, tansuqot va hokazolar bayon qilingan.
Mulla Shodiyning qalamiga mansub “Fatihnoma” asari ham qoraqalpoqlar hayoti haqida ma’lumot beruvchi manbalardandir. Qoraqalpoqlarning XV-XVI asirlardagi tarixini o‘rganishdagi yana bir muhim manbalardan biri “Musaxxir al-bilod” asari bo‘lib muallifi Muhammaduyor Arab Qarag‘oniydir. Asarda Sirdaryo bo‘yida yashagan qoraqalpoqlar va ularning XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi ahvoli haqida malumot berilgan.
Qoraqalpoqlar tarixini o‘rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari muhum bo‘lib, XVII asrning 70-90-yillaridagi Buxoro biln Xiva xonligi o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, xususan, qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Qorqalpoqlarning XVI-XVIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini yoritgan qatoriga “Sisilot us-salotin”ni qo‘shish mumkin. Bu asar mualifi Hoji mir Muhammad Salimdir. Bu asarni III-IV qismlari ahamiyatga ega bo‘lib Markziy Osiyo, xususan,O‘zbekistonning XVI-XVIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon qiladi.
O‘zbek va qoraqalpoq qavimlari urg‘lari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot beradigan asar “Tuhfat ul-xoniy”asaridir. Asar XVIII asrga oid daliliy ma’lumotlarga boy.
Qoraqalpoqlarning tarixi haqida qisman ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan yana bir muhim asar “Tarixi Amir Xaydar”dir. Mazkur asar Amir Haydar hukumronligi davridagi ijtimoiy siyosiy tarixni o‘z ichiga oladi.Qoraqalpoqlarning Buxoro amirligida tutgan o‘rni xususida m’lumot beruvchi yana bir muhim manba “Fathnomayi sultoniy”2 bo‘lib, mualifi Mir Olim Buxoriydir. Asarda Amir Shohmurod va Amir Haydar hukumronlik yillari qisqacha, Amir Nasrulloxning hukmronligi batafsil yoritilgan.
Qoraqlpoqlar tarixini o‘rganishda Amir Donylning “Tarjimayi ahvoli amroniy Buxoriy sharif az amir “ asari muhimdir Qozoq xalqlarining XVI-XIX asrlar tarixshunosligi. Qozoq xalqlarining xvi- xix asrlardagi tarixshunosligin bayon etar ekanmiz, IX-XII asrlarda hozirgi Qozog‘iston hududida qarluq, o‘g‘uz, pecheneg, qipchoq kimak va boshqa xalqlar joylashgan.
XVI-XIX asrga oid asarlar haqida gapiradigan bo‘lsak, xususan, Mamud ibn Valining “Bahp ul-asror” asari, Hofiz Tanish ibn Mir Muhammat Buxoriyning “Abdullanoma” asari Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi rashidiy” asari, Muhammadhakimxon to‘raning “Muntahab at-tvorix” asari, Abulg‘oziy Bahodirxoning “Shajarayi turk” asari, Munis va Ogahiyning “Firdafs ul-iqbol” asari va Muhammad Avaz Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy” asarlarida Turkiston xalqining XVI-XIX asrlarga bag‘ishlangan voqealar bayonini ko‘rish mumkin.
Bizga ma’lumki XVasr oxiri XVI asr boshlarida Qozoq xonligi tashkil topgan va ushbu etnosni shakilanishi nihoyasiga yetgan. XVI asrda g‘arbdan qaytib kelgan qozoq qabiylalari Qozoq xonligiga birlashgan edi. Shu bilan Qozoq millati shakillanishi o‘z yakuniga yeti. Bu haqid sovet davrida ko‘lab adabiyotlar yaratildi.
Xususan, M. X. Abusetovning fikricha XV-XVI asrlarda qozoq xonligini tashkil topishi va rusda markazlashgan davlatning mustahkmlnishi natijasida qozoq-rus aloqalari paydo bo‘ldi3 Ma’lumki Rossiya imperiyasi hukumati o‘sha davirdayoq qozoq hukumati bilan qiziqar, u haqida turli ma’lumotlar to‘plar edi. Ushbu ma’lumotlar Moskva buyruqlarida aks ettirilgan bo‘lib, podshoh devonxonasida saqlanar edi. Masalan shoh arxivining 1574-1584-yillardagi “Qosim podsho davrida kazaklar” kitobi va ro‘yxati 38-qutida keltirilganligi ko‘rsatilgan. Jumladan, Aliyevning “Qozog‘iston tarixi” kitobida XIV-XVII asrdagi tarixi batafsil bayon etilgan. Xususan unda yozilishicha XIV-XV asrda Qozog‘iston hududi Chingisxon imperiyasi tarkibiga kirgandan so‘ng ulug‘ xon barcha yerlarni egasi, deb atalardi. XIV asrda Oltin O‘rda, Oq O‘rada, Abulxayirxon davlati va Temuriylar davrida yerni shartli turda mukofot tarzida berish sayirg‘al deyilgan. Demak, qozoqlarda ham yerga egalik qilishning o‘ziga hos jihatlari bo‘lgan.
Tursunovning “Mang‘ishloq qozoqlari XIX earning ikkinchi yarmida” asari ham muhim ahamiyat kasp etadi. Unda Mang‘ishloqda yashgan qozoqlarni XIX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va madaniy hayoti haqida ma’lumot berilgan.
Umuman olganda, ushbu xonlik tarixiga bag‘ishlangan asarlarda qozoq hukmdorlari Kereyxondan to Abilaxongacha bo‘lgan davirdagi xonlikning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, va madaniy hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Yüklə 102,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə