Mundarija kirish bob I nemis va o’zbek tillarida leksik tipologiyasi


BOB I NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA LEKSIK TIPOLOGIYASI



Yüklə 45,39 Kb.
səhifə2/6
tarix22.04.2022
ölçüsü45,39 Kb.
#85867
1   2   3   4   5   6
Nemis tili va o\'zbek tillarida so\'z yasalishining qiyosiy tadqiqi

BOB I NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA LEKSIK TIPOLOGIYASI

1.1 Leksik tipologiya haqida.

Tipologiya fani tillar sistemalarining turli ararxik birliklarini qiyosan umumlashtirib o’rganadi va mazmun planiga muvofiq normal tipologiya, semantik tipologiyaga bo’linadi. Til yaruslarining o’zaro aloqosiga ko’ra tipologiyaning quyidagi bo’limlari mavjud :

1. fonologik va fonetik tipologiya

2. morfologik tipologiya

3. sintaktik tipologiya

4. leksik tipologiya.

Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari satsiolingvistik tipologiya, grafik tipologiya, metodik tipologiya ham uchraydi. Tipologiya so’zi grekcha “tipos” – tip, tur, obraz, shakl, belgi va “logos” – so’z, fan so’zlarining qo’shilishidan yasalgan. Tipologiya hozirgi davrda hamma fanlar uchun xosdir. Shu nuqtai-nazardan lingvistik tipologiya tushunchasi makrokategoriyaning bir qismi hisoblanadi. Tipologiya predmet yoki hodisalarning tasvirlash protsessi bilan bog’liqligiga ko’ra ikkiga bo’linadi:

a) lingvistik tipologiya

b) nolingvistik tipologiya

Lingvistik tipologiya tillar sistemalarini bir-biri bilan qiyoslash, til qonunlari va kategoriyalarini umumlashtirish, ularni tipologik klassifikatsiyalashni o’rganadi. Lingvistik tipologiyaning bu turi sof lingvistik tipologiya deyilib, ekstra lingvistik tipologiyaga qarama-qarshi qo’yiladi. Ekstra lingvistik tipologiya tilni mazkur tilga yaqin boshqa sistemalar, masalan, semiotik kommunikatsion va boshqa belgi sistemalar (sing. system) bilan qiyoslaydi va solishtiradi. Semistik sistema inson tili, hayvonot tili, mashina tili sistemasi va boshqalarni o’z ichiga oladi.1

Nolingvistik tipologiya lingvistikadan boshqa fanlarda ishlatiladi. Nolingvistik tipologiya masshtabi juda keng bo’lib, geologiya, tarix, jamiyatshunoslik, botanika fanlarida san’at va adabiyotda, musiqa va umuman fanda turli predmet, hodisa va voqealarning o’xshashliklari va farqiga ko’ra klassifikatsiyasini o’rganadi.

Tipologiya sohasida qilingan ishlar hali umumtipologiya sohasiga ko’tarila olganicha yo’q. Tipologiyani turli konkret tarmoqlarga bo’lish asosan hozirgi davrga xosdir, chunki tipologiya haqidagi fan avval aniq va konkret bo’lmagan.

Umumiy tipologiya tillar sistemelarini umumiy kotegoriyalar asosida o’rganadi.

Hozirgi tilshunoslikda til umumiy tahlilining bir necha metodi mavjud bo’lib, ularning barchasi til analizi bilan shug’ullansa-da, xususiyatiga ko’ra ular bir-biridan farq qiladi va tillar sistemasini turli yo’llar bilan tekshiradi.

Ma’lum til yoki tillarning hozirgi holati, strukturasi tasviriy yoki deskriptiv metodga asoslanib o’rganiladi.

Turli tillar sistemalarini umumlashtirib, qiyoslab o’rganuvchi metod tipologik metoddir.

Tipologik metodlarning barchasini o’z ichiga olgan lingvistik tipologiya umumiy tipologiya hisoblanadi. Umumiy tipologiya xususiy tipologik metodlar erishgan natijalarni umumlashtiradi. Dunyodagi barcha tillar sistemalari umumiy tipologik nuqtai-nazardan yagona bir strukturaning turli panxronik variantlari hisoblanadi. Shu sababli ham tipologiya tillar umumiy strukturasining turli elementlari o’rtasidagi aloqasini, umumiy qonunlarini o’rganadi. Umumiy tipologiya barcha tillardagi tipologik qonuniyatlarni bayon etadi, til universiyalarini yaratadi, ma’lum tillar sistemalari asosida universal qonunlarni boshqa tillar sistemasiga induktiv ravishda tadbiq qiladi.

Tipologiya. (yunoncha typos-nusha, andoza, shakl, iz va logos-so’z, ta‘limot) – tillar o‘rtasida genetik munosabatlardan qat’iy nazar ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy o’rganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan Tipologiya tillardagi farqli va o’hshash alomatlarni guruhlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yo’li bilan tadqiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga ko’ra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va struktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik tasnifi) amorf (affikslari bo‘lmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik schakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semantik fonologik, gramatik va stilistik sathlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va binobarin, tilning har bir sthiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning (ba’zan unga ma’nodosh qo’llanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy o’zgarishlarni o’rganadi. Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning struktural qonuniyatlarini topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda qanday tarqalganini o’rganadi. Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul- lug’atayn” asari lingvistik tipologiyaga tegishli bo’lib, unda genetik jihatdan bir-biridan farqlanuvchi tillardagi semantika, qisman fonetika qiyoslangan. Hozirgi davrda ikki yoki undan ortiq tillarni o’rganuvchi, qiyosiy yoki chog’ishtirma tilshunoslik ham lingvistik tipologiyaga asoslanadi.2

Lingvistik tipologiya yoki tillar tipologiysasi umumiy tilshunoslikning bo’limi hisoblanadi. Uning o’z predmeti, o’z bo’limlari hamda tarixi mavjudki, bu uning boshqa tilshunoslik bo’limlari orasida mustaqil ekanligini belgilaydi. Tilshunoslik bo’yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlarda lingvistik tipologiyani turlicha tushuniladi. Tipologiyaning predmetini aniqlashda turli hil fikrlar mavjud. Ba’zi bir olimlar tipologiya fanining qamrovini haddan ziyod kengaytirib yuborishsa, ba’silari aksincha tadqiqotning tor yo’nalishinigina tushunadilar holos. Bu yo’nalishda Dj. Ellisning genetik jihatdan qardosh bo’lgan va qardosh bo’lmagan turli hil tillar sistemasini qiyosiy o’rganish muammolariga, turli hil filologik fanlarning bir-biri bilan munosabatini va ularni qiyoslash metodologiyasini, shuningdek to’la va qisman qiyoslashga belgilangan munsabati mavjud ilmiy ishi muhim ahamiyat kasb etadi. U qiyosiy tipollogiya sferasiga tarjima nazariyasini, diallektologiyani, o’zlashmalarni kiritgan.

Qiyosiy lingvistikaning nisbatan batafsil klassifikasiyasiga qaramasdan, Dj. Ellisning tadqiqotlari maqsadi, xarakteri va ko’rinishlari bir biridan aniq farqlanmagan. Tipologik tadqiqotlarda biz tipologiyaning ma’lum bo’limlariga shartli ravishda biriktirilgan atamalarni uchratamiz. Bular sirasiga “tipologiya”, “structural tipologiya”, “qiyosiy tipologiya”, “areal lingvistika”, “xarakterologiya”, “kontrastiv lingvistika”, “konfrontativ lingvistika”, “til universaliyalari”, “translyasion grammatika”, “qiyosiy tipologik tilshunoslik” kabi bir qator atamalarni kiritish mumkin.

Tillarni qiyosiy o’rganish haqidagi fan rivoji bilan, tilshunoslar bu atamalarga farqli ravishda munosbatda bo’la boshladilar.

So’z- istalgan boshqa tizimning birligi sifatida alohida bir tizimni tashkil etadi. Bunga lingvistik va ekstralingvistik sabablar mavjud. Ekstralingvistik sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

a) Fizik va aqliy faktorlar. Butun tirik mavjudotlar hususan insonlarning ehtiyojlari bir hilligidan kelib chiqib o’zbek va nemis tillarida umumiy tushunchalarni uchratishimiz mumkin: o’zbekcha- yashamoq, yemoq, uhlamoq, yurmoq, yugurmoq; nemischa- leben, essen schlafen, gehen, laufen. Barcha insonlarning faoliyatlari bir hil yo’nalishda olib borilganligi uchun, o’zbekchada-gapirmoq, o’ylamoq, savol bermoq, javob bermoq,

tushunmoq; nemis tilida- sprechen, denken, fragen, antworten, verstehen

kabi so’zlarni uchratish mumkin.

b) Atrof-muhit faktori- turli xalqlarda tabiiy shart sharoitlar o’hshash bo’lganligi sababli, sodir bo’layotgan voqealar va mavjud tabiat jinslari haqidagi so’zlarni uchratishimiz mumkin: o’zbekchada- quyosh, oy, yulduzlar, momoqaldiroq, chaqmoq, yomg’ir; omon tilida- die Sonne, der Mond, der Stern, der Donner, der Blitz, der Regen.

c) Ijtimoiy faktorlar- inson jamiyatda yashaydi shunga ko’ra uning hatti harakatlari, o’zini tutishi, kundalik munosabatlari o’zi yashayotgan jamiyat tomonidan belgilanadi. Shunday qilib ijtimoiy muhitning ham leksik tizimning shakllanishiga beqiyos roli mavjud. Birinchi navbatda bu oilaviy hayot tizimi barcha jamiyatlarda bir hilligidan kelib chiqqadi, shunga ko’ra o’zbek tilida – ota, ona, aka, uka, opa , singil, hola, tog’a, omon tilida esa der Vater, die Mutter, der Bruder , die Schwester, der, Onkel, die Tante, kabi so’zlarni uchratishimiz mumkin.

O’zbek va nemis tillari uchun umumiy bo‘lgan xususiytlardan biri - bu omonimiya hodisasi bo‘lib, tilda til birliklarining ifoda planida to‘liq yoki qisman mos tushishi (to‘liq (sof) yoki funksional omonimlar) bilan izohlanadi.3

Tillardagi omonimik hususiyatlarni hosil bo’lishi uchun quyidagi bir necha sabablar mavjud:

1. Tasodifiy fonetik o’hshashlik orqali: Saite- Seite, Weise- Waise,

2. Konversiya oqibatida: brennen-das Brennen , leben – das Leben

3. O’zlashma so’zlar orqali: Montage(bir necha dushanba kunlari) Montage(montaj)

4. So’zlardagi semantik ma’no siljishi orqali: Fuss(oyoq)- Fuss (tog’ning oyog’i)

Hozirgi zamon nemis tilida so’z va uning ma’nosi

So’z tilning lug’at tarkibidagi asosiy birlik va leksikologiyani o’rganishning predmeti sifatida. Hozirgi zamon lingvistikasida so’z tavsifi. Hozirgi zamon nemis tilida so’zning asosiy belgilari. An’anaviy mantiq va tilshunoslik nuqtai nazaridan so’z ma’nosi. So’zning leksik ma’nosi va uning turlari. So’zning semantik strukturasi. Polisemiya - hozirgi zamon nemis tilidagi tipik hodisa sifatida.

So’z yasash hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibi boyishining asosiy yo’li sifatida

So’z yasashning grammatikaga munosabati. So’z yasashning leksikologiya nuqtai-nazaridan mohiyati. Hozirgi zamon nemis tilida so’z yasashning turli usullari va ularning maxsuldorligi. Hozirgi zamon nemis tilida so’z birikuvi so’z yasashning mahsuldor usuli sifatida. So’z birikuvi turlari, aniqlovchili murakkab so’zlar, biriktiruvchi murakkab so’zlar. So’z yasash va uning turlari affiksal va eksplitsit so’z yasash (suffiksatsiya va prefiksatsiya) va affikslarsiz so’z yasash (transformatsiya va konversiya). Murakkab so’z yasash usullarining o’ziga xosligi.

Qisqartmalar va ularning turlari.

So’z o’zlashuvi

CHet tili leksikasini o’zlashtirish xozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibini rivojlantirish va boyitishning yo’llaridan biri sifatida. CHet tilidan so’z o’zlashtirishning ekstralingvistik va lingvistik usullari. Hozirgi zamon nemis tilida chet til o’zlashmalari qatlamlari: lotin, yunon, frantsuz, italьyan, ingliz, rus va boshqalar. Purizm va uning nemis tili rivojiga ta’siri. Denglish chet til o’zlashmalarining hozirgi lingvistik adabiyotlardagi tasnifi.

So’z ma’nolarining o’zgarishi

So’z ma’nolari o’zgarishining ekstralingvistik va lingvistik sabablari. So’z ma’nolari o’zgarishining asosiy tiplari: ma’no kengayishi, torayishi, ma’no kuchayishi va h. So’z ma’nolarini ko’chishining asosiy tiplari va ularning o’ziga xosliklari. Metafora va metonimiya. Metaforik va metanimik ma’no o’zgarishining turli yo’llari.4

Sinesteziya, sinekdoxa, evfemizm, mubolag’a, giperbola, litota. Metaforik va metanimik aloqalar muntazam ko’p ma’nolilik ifodasi sifatida. So’zlarda yangi ma’nolarning rivojlanish yo’llari.

Frazeologiya

Frazeologiya tushunchasi. Frazeologiya leksikologiyaning bir qismi sifatida. Erkin va turg’un so’z birikmalarining belgilari, ular orasidagi farqlar. Nemis tilida frazeologik birliklarni aniqlash mezonlari. Tilshunoslik fanida frazeologik birliklar tasnifi muammosi. Semantik tasnif, funktsional tasnif, leksik-sintaktik tasnif, struktural- semantik tasnif. Nemis tilida frazeologizm tiplari, ularning ma’no xarakterlari strukturalarning o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladigan komponentlarning semantik aloqadorligi (I. I. CHernыsheva tasnifi bo’yicha). Frazeologik yaxlitlik (birlik) va ularning turlari (idiomalar, juft birikmalar, komparativ frazelogizmlar).Frazeolgik birikmalar.

Frazelogik iboralar va ularning turlari (maqol, matal, qanotli so’zlar).

Nofrazeologik tipdagi birikmalar tavsifi.

Lug’at tarkibining semantik tahlili

Sinonimlar. Sinonimlarni belgilash va tasnif qilish muammolari. Ideografik, stilistik sinonimlar, territorial xududiy dubletlar. Nemis tilidagi sinonimlarining o’zigaxosliklari. Sinonimik guruhlar tavsifi. Sinonimik tarkiblarni to’ldirish manbalari. Ko’p ma’nolilik va sinonimiya. Antonimlar. Qutbiy munosabatlar. Qarama-qarshi ma’noli so’zlarni an’anaviy tushunish. Qutbiy munosabatlar tasnifi. Omonimlar. Omonimiyani aniqlash.

Omonimlarning paydo bo’lish sabablari. Leksik, leksik-grammatik va grammatik omonimiya. Polisemiya va omonimiyani chegaralash mezonlari.

Lug’at tarkibining ijtimoiy-kasbiy differentsiatsiyasi

Hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibini ijtimoiy va kasb-kor nuqtai- nazaridanqo’llanilish darajasiga ko’ra farqlar. Umummuomala va ijtimoiy buyoqqa ega bo’lgan leksika,kasb-kor leksikasi, ilmiy-texnik terminologiya, jargon va uning guruhlari, professional jargonizmlar va argolar. Ijtimoiy buyoqli leksikaning turli qatlamlarining o’ziga xosliklari va ularning til umummilliy leksikasi bilan aloqadorligi.

Hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibining hududiy differentsiatsiyasi

Nemislarning xalq sifatida shakllanishi munosabati bilan nemis tilining rivoji. Mahalliy dialektlarning yagona milliy til tarzida shakllanishi. Germaniyada milliy adabiy til va xududiy dialektlar. Dialektal leksikaning o’ziga xosliklari va uning nemis adabiy tili lug’at tarkibining rivojiga ta’siri. Nemis tilida til variantlari. Nemis tilining Germaniya, Avstriya, SHveytsariya, Lyuksemburg, Lixtenshtaynga xos til variantlari.5

Hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibining diaxronik differentsiatsiyasi

Hozirgi zamon nemis tilida neologizm va arxaizmlar. So’zlarning eskirishi sabablari, neologizmlarning paydo bo’lishi. Neologizmlarni belgilash (aniqlash) muammosi. Neologizmlarning o’ziga xosligi. Nemis tilidagi arxaizmlarning asosiy turlari. Istorizmlar, semantik arxaizmlar, fonetik, morfologik arxaizmlar. Arxaizmlarni qo’llashning o’ziga xosliklari. Hozirgi zamon nemis tilida 1990 yilda ikki nemis davlati birlashgandan keyingi neologizm va arxaizm muammolari.

Leksikografiya

Leksikografiya va uning vazifalari. Turli belgilariga ko’ra nemis tili lug’atlari tasnifi: tarixiy, hozirgi zamon, to’liq va qisqa, umumiy va maxsus lug’atlar. Bir tilli va ikki tilli, ko’p tilli lug’atlar. Lingvistik lug’atlarning asosiy turlari. Etimologiya va tarixiy lug’atlar. Hozirgi zamon nemis tilidagi so’z ma’nolarini ochuvchi lug’atlar, izohli, tarjima, terminologik, uslubiy, sinonimik, frazeologik, tematik, dialektologik, chet til so’zlari va x. lug’atlar. So’zning tovush tomoni va imlosi haqidagi ma’lumotlarga ega lug’atlar: fonetik va imlo lug’atlar; Entsiklopedik (qomusiy), illyustrativ va ayrim soha lug’atlari tavsifi.

Stilistika tushunchasi

Stil (uslub) – matn – til tizimi – madaniyat. Stil tushunchasi. Stil, matn va madaniyatning umumiy tushunchalari. Stil matn ifodasi sifatida. Til uslubi va funktsional uslub. Taassurot va ifodalanish. Uslubiy mezonlar. Uslubiy qatlamlar. Uslubning turlari. Uslub darajalari. Uslubiy sohalar. Uslubiy bo’yoqdorlik. Uslubiy kolorit. Til uslubi uchun so’z tanlashning ahamiyati. Til maydoni va predmet maydoni.

Lug’at tarkibining uslubiy vositalari

Denotatsiya va konnotatsiya. So’zlarning obrazliligi. Frazeologik vositalar uslubiy vosita sifatida. Sinonimiyaning stilistik jihatlari. Antonimiyaning stilistik jihatlari. Ko’pma’nolilik (polisemiya) va omonimiyaning stilistik jihatlari. “Moda” so’zlar. Kasbiy leksika va guruh leksikasi. Yoshlar jargoni. Ijtimoiy guruhlar leksikasi. Atamalar (terminlar). SHevaga xos so’zlar (dialektizmlar) va hududiy dubletlar. Tarixiy so’zlar (istorizmlar) va qadimiy so’zlar (arxaizmlar). Anaxronizmlar. Xorijiy so’zlar va xalqaro so’zlarning uslubiy jihatlari.

So’z yasashning uslubiy jihatlari

Boshlang’ich tushunchalar. So’z yasash mexanizmlari. Derivatsiya (qo’shimcha bilan so’z yasalishi). Kompozitsiya (so’z qo’shilishi). Qisqartmalar (abbreviaturalar). So’z yasalishining o’ziga xos turlari.

Frazeologik birliklarning uslubiy imkoniyatlari

Boshlang’ich tushunchalar. Frazeologizmlarning muhim belgilari. Frazeologik birliklarning uslubiy imkoniyatlari. Leksikalizatsiyaning semantik belgilari. Juft so’zlar. Maqollar va sententsiyalar.

Til tarkibi ifodasi

Til obrazlari. Boshlang’ich tushunchalar. Obrazlilik tilning asosiy tamoyili sifatida. Qiyoslash va troplar. Metafora. Jonlantirish. Allegoriya (istiora) va simvol (ramz). Sinesteziya. Metonimiya.

Uslubiy figuralar. Boshlang’ich tushunchalar. Perifrazalar. Evfemizm. Mubolag’a (giperbola) va litota (kichraytirish). Kinoya. Antiteza va oksimoron. So’z o’yini.

Stilistikaning grammatik aspekti

Iboralarning uslubiy imkoniyatlari. Sintaksis. Sodda gaplar. To’liqsiz gaplar. To’liq gaplar. Kengaytirilgan gaplar. Bog’langan qo’shma gaplar. Ergash gapli qo’shma gaplar. Darak gaplarning uslubiy ahamiyati. Inkor gaplar. Buyruq gaplar. So’roq gaplar. Boshqaruvning o’zgarishi. Zamon shakllarining o’zgarishi. Zamon shakllarining uslubiy o’ziga xoslari. Prezens (hozirgi zamon). Perfekt. Preteritum. Plyuskvamperfekt. Futur I va Futur II.


Yüklə 45,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə