Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 69,26 Kb.
səhifə13/16
tarix11.12.2023
ölçüsü69,26 Kb.
#144780
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mundarija Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqi-fayllar.org

Texnika xavfsizligi
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin. Aniq xavf ko’zga ko‘rinarli tashqi belgilari bilan tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko‘tarilgan yuk va boshqa yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo‘lishi bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga, halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo‘rin, уa’ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto‘g‘ri harakati kabilar ham kiradi. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish – bu murakkab muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta e’tibor berishni talab etadi.
Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi. Yuqoridagilarga mos holda barcha mashina va mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi bo‘lishi va b. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning ayrim mexanizmlariga ham alohida texnik talablar o‘rnatiladi.



Yüklə 69,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə