Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 69,26 Kb.
səhifə5/16
tarix11.12.2023
ölçüsü69,26 Kb.
#144780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mundarija Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqi-fayllar.org

Ballast qatlami shpal bilan ostki qurilma o’rtasidagi elastik “yostikcha” bo’lib harakatdagi poezd g’ildiraklari zarbini yumshatishga, ostki kurilmaning notekisligini bartaraf etishga, shpaldan ostki qism (zamin) ga beriladigan bosimni bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga, shpallarni surilib ketmasligiga va yer osti suvlarini temir yo’ldan chetlashiga xizmat qiladi. Ballast materiali tushayotgan zarbdan ezilib va sochilib ketmasligi, o’zida suv va changlarni ushlab qolmasligi kerak. SHag’al, shebenь, tosh maydalari kabi qattiq tog’ jinslari ballast uchun material bo’lishi mukin.
Tosh maydalari va maydalangan toshning o’lchamalari 20 mm dan 40 mm, shag’alning o’lchamlari 3 mm dan 30 mm gacha qabul qilinadi. Ballast qatlamiga shpalning 2/3 qismi ko’milib turadi. SHpalning ostida ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo’lmasligi kerak. 1524 mm kenglikdagi doimiy temir yo’lda ballast qalinligi 25-40 sm oraliqda, suriluvchan yo’lda esa 15-25 sm ni tashkil qiladi.
1 km yo’lga ballast materiali sarfi asosiy magistral yo’llarda (er yuzasida) 1500-2000 m3, suriluvchan yo’llarda esa 600-1000 m3 ni tashkil qiladi.
SHaxta relsli yo’llari pastki qurilmasi asosiy elementlaridan yana biri suv qochirish ariqchalaridir. Bu ariqchalar lahimning bir chetidan o’tilib, lahim asosi shu ariqcha tomon qiyaroq kilib o’tiladi. Agar lahim beton bilan mustaxkamlangan bo’lsa, ariqcha tag va devorlari beton bilan qoplanadi.
Elektrovoz mexanik, pnevmatik va elektr qismlardan tashkil topgan. Mexanik qismlariga kuzovi, yurish uskunalari, zarb-tortuvchi asboblari, pnevmatik qismlariga – tormozlash tizimi va boshqarish asboblari, elekt qismlariga esa – tortuvchi elektryuritmalari, yordamchi mashinalari, tokqabulqilgich va elektrovozni boshqarish apparatlari kiradi.
Misol tariqasida ko’mir va ruda kar’erlarida ko’p qo’llaniladigan olti o’qli 21E1 va YeL-1 kontaktli elektrovozlarining tuzilishini ko’rib chiqamiz.
Mexanik qismlari. 21E1 elektrovozi 3 ta sharnirli-birlashgan qismlardan: ikkita oxirgi va mashinisit kabinasi joylashtirilgan o’rta qismdan iborat. Xar bir qismning aloxida mustaxkam ramasi bor. Xar bir qism kuzovida elektrouskunalar o’rnatilgan.
Elektrovozning uch telejkali qilib yasalganligi burilishga va vertikal tekislikdagi notekisliklarda xarakatlanishga moslashtiradi.

4-rasm. Tortish agregatining telejkasi.


EL-1 elektrovozi 3 ta telejka va 2 sektsiyali kuzovdan iboratdir. Xar bir kuzov boshqarish kabinasiga egadir. Kuzovning vagon shaklida yasalganligi elektr uskunalarni joylashtirishni va ularga xizmat ko’rsatishni osonlashtiradi. Kuzovda kompressor qurilmasi xam o’rnatilgan bo’lib, tormozlash tizimi uchun xizmat qiladi.
Elektrovozning g’ildirak juftlari vagonlar va parovozlar g’ildirak juftlaridan keskin farq qilib, o’qlarga katta tishli yulduzchalar maxkamlangan. Bu yulduzchaga tortish elektryuritmani valiga maxkamlangan kichik tishli yulduzcha birikib turadi. Shu tariqa xar bir o’q shaxsiy yuritmaga egadir. Elektr yuritmalar bir tomondan podshipnik orqali o’qqa ikkinchi tomondan esa spiral prujina orqali ramaga osiladi.

Bundan maqsad doimiy zarb bilan xarakatlanuvchi elektrovoz dvigatelining erkin (yumshoq) vertikal tebranishiga sharoit yaratishdir.


5-rasm. Elektrovozning gildiraklari
Elektrovoz buksalari o’zimoylanadigan ishqalanish podshipniklari bilan
ta’minlangan. O’qlar esa lopastlar bilan jixozlangan bo’lib, buksaning ichki tag qismidagi moyni o’zi sidirib oladi. Moy podshipnik kanalchalari orqali singib o’qni moylaydi.
Elektrovozning osmalari po’lat listli va spiral prujinali osmalardan tashkil topgan.
Elektrovozning pnevmatik qismlari quyidagi tizimlardan tashkil topgan: a) elektrovoz va sostavni xavo bilan tormozlash tizimiga xizmat qilish uchun;
b) siqilgan xavoda ishlovchi pnevmatik yuritmaga ega bo’lgan boshqarish asboblari uchun;
v) dumpkarlari yukini bo’shatish, qum to’kish tizimini ishlatish va yordamchi signalizatsiya asboblarini ishlatish uchun;
Xavo tizimidagi siqilgan xavo elektrovozda o’rnatilgan kompressor qurilmasidan olinib, siqilgan xavo to’planadigan rezervuar va magistral ta’minlash quvurlari orqali uzatiladi.
Pnevmatik boshqaruv tizimidagi tok qabul qilgich va boshqarish apparatlari (kontaktorlar, regulyatorlar, boshqaruv kontroleri va boshqalar) siqilgan havo bilan ta’minlangan bo’ladi.
Yordamchi pnevmatik tizimi esa qumdonlar, tovush signallari va dumpkarlardan yuk bo’shatishning markaziy boshqaruvini xavo bilan ta’minlaydi.

Yüklə 69,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə