Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 69,26 Kb.
səhifə6/16
tarix11.12.2023
ölçüsü69,26 Kb.
#144780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mundarija Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqi-fayllar.org

Elektr qismi. Elektrovozni kontakt tarmog’idan tok bilan ta’minlash markaziy va yon tok qabul qilgichlar orqali amalga oshiriladi.
Markaziy tokqabul qilgich (pontograf) lar sharnirli konstruktsiyaga egadir. Elektrovoz xarakati vaqtida pontografning ulanish qismi kontakt tarmog’iga 8-12 kG kuch bilan tegib turadi. Pontograf pnevmatik boshqariladi. Yon tokqabul qilgichlar suriluvchan zaboy va ag’darma yo’llarida yon tarafdan kontakt tarmog’i o’tkazilgan vaqtlarda ishlatiladi.

Ko’pchilik elektrovozlar ketma-ket quzg’arishli elektr yuritmalari bilan jixozlangan. Bunday yuritmalar yakori chulg’amlari bosh polyus chulg’ami bilan ketma-ket ulangan bo’lib, katta kuch momentga ega bo’ladi.


6-rasm. Elektrovoz tortish dvigateli
Ko’pchilik elektrovozlar ketma-ket quzg’arishli elektr yuritmalari bilan jixozlangan. Bunday yuritmalar yakori chulg’amlari bosh polyus chulg’ami bilan ketma-ket ulangan bo’lib, katta kuch momentga ega bo’ladi.
Yuritmaning xarakteristikasi shundayki yuklanish oshishi bilan aylanish momenti avtomatik ravishda kamayadi. Shuning uchun og’ir yo’l uchastkalarida elektrovozning tarmoqdan talab qiladigan quvvati bir muncha oshadi. Elektrovoz tortuvchi yuritmalari soatli va uzoq muddatli quvvatlari farqlanadi.
Yuritmaning soatli quvvati – bir soat davomida belgilangan yuklanishda qizimasdan ishlash kuvvatidir. Soatli quvvatdagi yuritma toki mos ravishda soatli toki deyiladi.
Uzoq muddatli quvvati – yuritmaning uzoq muddat ishlaganda belgilangan yuklanishda biror bir qismi qizimasdan ishlashidagi quvvatidir. Uzoq muddatli quvvatidagi yuritma toki mos ravishda uzoq muddat ishlashdagi toki deyiladi.
Yuritmaning uzoq muddatli quvvatini oshirish uchun shamollatish zarur bo’ladi. Bunday shamollatish uchun elektrovozda shamollatish dvigatili o’rnatilgan.
Elektrovozni boshqarish - joyidan quzg’atish, tezligini boshqarish, xarakat yo’nalishini o’zgartirish, elektr tormozlash tizimlaridan iboratdir. Bu jarayonlarni bajarish uchun elektrovozda ishga tushirish-moslash elektrapparatlari (kontrollerlar, elektropnevmatik kontaktorlar , reversorlar, rele va elektr o’lchov asboblari) o’rnatilgan.
Yuritmaning aylanish sonini oshirish ya’ni elektrovozning tezligini oshirish uchun yuritma cho’lg’amlaridagi kuchlanishni oshirish kerak. Buning uchun kabinada joylashgan kontroller orqali aloxida qarshiliklar sektsiyasini navbat Bilan tarmoqdan uziladi. Elektrovoz xarakat tezligini yanada oshirish uchun esa yuritmalarni boshqa tizim bo’yicha parallel ulashni bajarish lozim.
Xarakat yo’nalishini o’zgartirish uchun esa revorsor orqali yakorga tokni ulanishini o’zgartirish lozim.
Elektr tormozlashda yuritmalar generator rejimida ishlaydi. Bunda elektrovoz pastga qiyalikka xarakatlanayotgan vaqtda tishli yulduzchalarning birikishi orqali yuritma yakori aylanib, qarshiliklar ta’sirida tormozlash effekti sodir bo’ladi.
Elektrovozni kuchlanish tarmog’i bilan barcha ulanishlar va yuqoridagi barcha jarayonlar kabinadagi kontroler orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 69,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə