Mundarija kirish I bob: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining maqsad, vazifalari, bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar


Koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. (Didaktik o`yinlardan foydalanish jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalar)



Yüklə 48,69 Kb.
səhifə5/6
tarix26.06.2023
ölçüsü48,69 Kb.
#118966
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish I bob 2- sinf ona tili va o qish savodxonligi

2.2. Koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. (Didaktik o`yinlardan foydalanish jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalar)
Ona tili va o`qish darslarida kesma harflar va bo`g`inlar, predmet rasmlari,
syujetli rasmlar, topshiriqli kartochkalar, kabi tarqatma materiallardan, kartondan
yasaladigan tasmachalardan foydalaniladi.
Kesma harflar bilan quyidagicha ishlanadi:
- Biror so`z rasm va biror tarqatma material mazmuni muhokamaqilinib, tovushlar mashqi o`tkazilgach, shu tovushlar kesma harflar bilan
almashtirilib, doskaga so`z yoki kichik gaplar tuziladi.
- Kesma harflar yordamida tuzilgan so`zlardan ayrim harflarni olib
qo`yish (bor- or, bo`r- o`r, she`r-sher), uni boshqa harflar bilan almashtirish (birber, bor-bur-bo`r) mumkin.
- Yozuv darslarida biror so`zni yozishdan oldin shu so`z kesma harflar
bilan tuzdiriladi va o`qitiladi. Bolalar tuzilgan so`zlardagi bosma harflarni yozma
shakllari bilan ifodalash malakasiga ega bo`ladilar. Bular orfografik xatolarni ham
oldini oladi.
- Kesma harflar bilim darajasi har xil bo`lgan bilan ishlashda ham qulay.
Kesma harflar bilan ayrim bolalarga so`z tuzdirilsa, boshqalariga gap tuzdiriladi.
- Ulgurmovchi o`quvchilarni o`qishga o`rgatishda ham kesma harflar
yaxshi yordam beradi. Bunday o`quvchilarga avval ikki harfli, so`ng 3-4 harfli
so`zlar tuzdirilib o`qitiladi.
- Kesma harflar bilan surunkali ishlash bolalarning bo`g`inlab, so`zmaso`z, ravon o`qish ko`nikmalarini tarbiyalaydi.
Turli predmet rasmi tasvirlangan tarqatma materiallardan savod o`rgatish
davrining barcha bosqichlarida foydalanish maqsadga muvofiq. Rasmlar
yordamida o`rganilgan tovush va harfni mustahkamlash uchun quyidagi mashq
turlari o`tkaziladi: a) nomida o`rganilgan tovush-harflar ishtirok etgan rasmlar
ko`rsatiladi; b) rasmda tasvirlangan predmetning nomidagi birinchi harfni
yozadilar kesma harfdan topadilar; v) nomining bosh harfiga moslab predmet
rasmini guruhlaydilar; nomi to`liq yozilgan, biror bo`g`ni yoki birinchi harfi
yozilgan rasm-kartochkalardan foydalanish ham mumkin. O`qituvchi konvertga
o`rganilgan so`zlarga mos rasmlar solib, o`quvchilarga tarqatadi va konvertdan
o`rganilgan so`zlarga mos rasmlarni tanlashni buyuradi. Rasm-kartochkalari bilan
birga o`rganilgan harflar solingan konvert ham tarqatilishi mumkin. Bunda
o`qituvchi rasm nomini aytadi, o`quvchilar shu rasmni topib, konvertdan uning
birinchi harfini topib ustiga qo`yadilar. Syujetli rasmlar yordamida gaplar
tuzdiriladi . Topshiriqli kartochkalarda “Rasmni ko`r va ayt”, “Rasmni ko`r, nomini
doskaga yoz” kabi topshiriqlar bo`ladi. Yuqoridagi tarqatma materiallardan
bolalarning bilim saviyasini, qobiliyatini hisobga olgan holda foydalaniladi.
Tasmachalar gap tuzishda qo`llaniladi. Tasmachani o`qituvchi kartondan
quyidagi ko`rinishda tayyorlaydi.
---- -------------- ---------------- (3 so`zli darak gap uchun )
---- -------------- ----------------- ? (3 so`zli so`roq gap uchun)
---- -------------- ---------------- ! (3 so`zli his-hayajon gap uchun)
Har bir so`zni ifodalaydigan tasmacha ( ------ ) alohida bo`ladi. So`zning
necha bo`g`inli ekanini ham ko`rsatish lozim bo`lganda tasmachalar chiziqlar bilan
bo`linishi mumkin. Tasmachalar kam vaqt sarflashga va darsga bolalarning
qiziqishini oshirishga yordam beradi.
Fonarchalar ham karton qog`ozdan tayyorlanadi. O`quvchining topshiriqni
to`g`ri yoki noto`g`ri bajarayotganini qolgan o`quvchilar fonarchani ko`tarish
orqali aytadilar. Yashil fonarcha topshiriqning to`g`ri bajarilganligini, qizil
fonarcha noto`g`ri bajarilganini ifodalaydi.
Xat-savod o`rgatishda epidiaskop, magnitofon, kinoapparat, televizor,
kadoskop kabi texnik vositalardan foydalaniladi. Masalan, epidiaskop orqali
kichkina harf, bo`g`in, so`z yoki rasmlar kattalashtirib ko`rsatiadi.
Bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, nutqini ravon qilish, ifodali
o`qish malakalarini egallashlari uchun magnitofon lentasi orqali o`qilishi qiyin
so`zlar, she`r, ertak va qo`shiqlar eshittiriladi. Bu jarayon 3 minutdan oshmasligi
kerak. Buning uchun magnitofon lentasiga o`quvchilarga tavsiya etiladigan so`zlar,
badiiy asarlar oldindan o`qish normalari asosida yoziladi. Masalan, “Sholg`om”
ertagi videomagnitofondan eshittirilishi, so`ng o`quvchilarga uning mazmunini
gapirtirish mumkin. Shundan so`ng kitobdagi rasmlar asosida ertak mazmuni
qismlarga bo`linadi.
r tovushining to`g`ri talaffuzi o`rganilayotganda traktor, tramvay, sentabr,
oktabr, noyabr kabi so`zlar dastlab bo`g`inlab, keyin bo`g`inlamay butunicha
videomagnitofondan eshittiriladi. So`ng bu so`zlar talaffuzi o`quvchilarga mashqqildiriladi. Shu so`zlar yuzasidan mantiqiy mashq o`tkaziladi, ya`ni bolalar
so`zlarni guruhlab, bir so`z bilan aytadilar. Yoki tarkibida r tovushli so`zlar ko`p
ishtirok etgan she`r eshittirilishi mumkin:
Archa, archa, jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingda aylanib,
Qo` shiq aytadi barcha.
Sinfdan tashqari o`qish uchun tanlangan asarlardagi personajlar nutqi dialog
tarzida (erkak yoki ayol, qo`y yoki bo`ri tovushini ifodalab) yozib olinib,
eshittirilishi mumkin.
Sinfda jamoa bo`lib ishlash, o`rgangan harflar ishtirokida bo`g`in, so`z, gap
tuzish uchun odmi matodan tikilgan katta “Harf kassasi” bo `lishi shart. Bo`g`in,
so`z tuzishda kerakli harflarni tez topish uchun “Harf kassasi”ga 40 xonali
cho`ntaklar tikilib, o`rganilgan harflardan biri alifbe tartibida cho `ntakcha ustiga
yopishtiriladi, qolganlari esa cho`ntak ichiga solib qo`yiladi, yopishtiriladigan
harflarning unlisi qizil rangda, undoshi esa ko`k yoki qora rangda bo`lishi zarur.
Har bir o`quvchida “Harf kassasi” bo`lib, ular bilan ham xuddi sinf “Harf
kassasi” dagidek ish olib boriladi. Kesma harflarning katta shakldagisi sinf “Harf
kassasi” uchun foydalanilsa, “Alifbe”ga ilova tarzida berilgan harflarni esa har bir
o`quvchi qirqib olib, o`zining “Harf kassasi”ga o`rgangan harfini yopishtirib,
boshqalarini kassada saqlaydi.
“Harf kassasi” o`quvchilarni bo`g`nlab va keyinchalik so`zlarni to`liq
o`qishga, to`g`ri yozishga o`rgatishda, gap, so`z, bo`g`in va tovushlarni
sintezlashda ayniqsa ahamiyatlidir.
So`z va gaplarni faqat “Harf kassasi”da yozdiribgina qolmay, balki sirli
mato deb atalgan ko`rgazmali quroldan ham foydalanish mumkin. Uni tayyorlash
uchun bir metr odmi paxmoq mato olib, ilish uchun uning yuqori va past tomoniga
ingichka taxtacha qoqiladi va doska yoniga ilib qo `yiladi. Paxmoq matoning tukli
tomoniga xuddi “Harf kassasi”dek, bo`g`in, so`z va gaplar tuzamiz. Faqat
harflarning orqasiga jilvir qog`oz yoki yelim surtib qum yopishtiriladi. Harflarorqasidagi qum donachalari paxmoq tuklariga yopishadi va harf terilaveradi. Buni
sirli mato deb atashimizning boisi ham shunda, har flarning osonlik bilan terilishi
bolalarga sirli va zavqli tuyuladi. Sirli mato qo`llanmasidan matematika, tasviriy
san`at, mehnat darslarida ham foydalanish mumkin.
“Harf terish kartoni” ham mashg`ulotlarni jonlantiradi. Uni tayyorlash
uchun eni 70 santimetrni, bo`yi 90 santiometrli karton olinib, unga eni 4
santimetrm uzunligi taxminan 30 santimetrli 5 ta karton lenta yopishtiriladi. Har
bir karton lenta orasida 10-15 yeridan joy qoldiriladi. Bu lentalar orasining pastki
yarmiga yelim surtilib, kartonga besh qator qilib yopishtirib chiqiladi. Kartonning
o`ng, chap hamda pastki tomonlariga 36 ta ochiq konvert yopishtiriladi. Kesma
harflar konvertchalarga bir qismi ko`rinadigan qilib solib qo`yiladi.
2-sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini oshirish va o`qituvchining
mehnatini samarali qilish vositalaridan biri o`qitishning ko`rgazmali bo`lishidir.
Metodist S. Matchonov ko`rgazmalilikning didaktik ahamiyatini ta`kidlab,
shunday qiyosiy fakt keltirgan edi: “Siz bolaga qandaydir beshta noma `lum so`zni
o`rgating, u bu so`zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh qotiradi.
Lekin suratlar vositasida o`rgatilgan 20 so`zni o`quvchi hash-pash deguncha
o`rganib oladi”
Ayniqsa, ona tili darslarida ko`rgazmali qurollardan foydalanish darsning
samaradorligini yanada oshiradi. Jumladan, ish harakatni bildirgan so`zlarni
o`rganishda ko`pgina mavhum tushunchalar mohiyati aniqroq ochiladi.
O`quvchilar ularni puxta o`zlashtirib oladilar.
1. O`quvchilar tarqatma materiallar, jadval va grafik vositalar bilan ishlash
davomida bog`lanishli nutq malakalarini ham takomillashtirib boradilar.
2. O`quvchilarning darsga qiziqishi oshadi.
3. Tabiat va jamiat hodisalarini bilish faoliyatining asosiy bosqichlari, jonli
kuzatish, tahlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish haqida dastlabki tushuncha va
malakalarga ega bo`ladilar. 2-sinf o`quvchilari yoshiga mos va materialning xarakteri har bir darsda
ko`rgazmali quroldan foydalanishni taqozo etadi. O`quvchi qancha yosh bo`lsa,
materialni ko`rgazmalilik orqali o`rgatishga shunchalik zaruriyat tug`ladi.
Ikkinchidan, o`quvchiga ko`rsatilmagan fakt va material ko`pincha mavhum
bo`ladi. O`quvchi yangi fakt va hodisani ko`rib idrok etsa, uning mohiyatini tezroq
aniqlaydi. O`quvchi ko`rish orqali ham predmet - hodisa haqida ham, ularning
tildagi ifodasi haqida bilim oladi.
Didaktika tarixida ham ko`rgazmalilikning o`rni va mohiyati alohida e`tirof
etilgan. Bu ona tili o`qitishning asosiy tamoyillaridandir.
2-sinfda o`qitishni ko`rgazmali o`tkazish uchun barcha shart-sharoit mavjud.
Texnik vositalar o`qitishning ilmiy va g`oyaviy tomondan yaxshilanishida eng
muhim omillardandir. Ilg`or o`qituvchilar bu imkoniyatlardan samarali foydalanib,
o`z o`quvchilarining ona tilini puxta bilishlariga erishmoqdalar.
Ko`rgazmali qurollardan yangi bilim berishda ham foydalanish mumkin.
Masalan: Ish harakatni bildiradigan so`zlar haqida o`quvchilarga ma`lumot
berilayotganda qizlar giloslarni terayaptilar yoki do`ppi tikayotgan chevarning
rasmidan foydalanilsa, harakat bilan narsa orasidagi munosabat ni tushunib olish uchun katta imkoniyat yaratiladi. Harakatning bajarilganini yoki bajarilmaganini
tuzgan gaplaridan ajratiladi.

XULOSA
2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish
bo`yicha o`tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalariga asoslanib, quyidagi
xulosalarni chiqarish mumkin.2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad o`quvchilarni bilimlar olamiga olib kirish, so`z sehrining jilolaridan bahramand etish hamda nutqiy malakalar ustida ishlash o`qitishning asosiy yo`nalishini tashkil etadi.
Aniqlovchi tajriba ishlari shuni ko`rsatdiki, 2-sinf ona tili va o`qish
darslarida tarqatma materiallardan to`g`ri va o`rinli foydalana olmasligi tufayli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishda topshiriqlarning sharti amaliy maqsadlarni ko`zlashi kerak.
Tarqatma materiallar o`quvchilar nutqini o`stirish yoki ularda sinchkovlik, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga xizmat qilmog`i kerak.
Tarqatma materiallar o`tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash,
olingan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni
tarqatishdan avval o`quvchilar o`qituvchi bilan birgalikda darslikda berilgan
mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va yo`llarini o`rganishga qaratilishi lozim.
Tarqatma materiallar bilan ishlashda o`qituvchi har bir o`quvchining
individual bilim darajasini, bilimlarni o`zlashtirish darajasini, ularning har bir
mavzu yuzasidan o`zlashtirgan bilim darajalarini alohida tarzda qayd qilib borish
imkoniyatiga ega bo`lishi, bundan tashqari, tarqatma materiallardan foydalanishda
bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilar bilan alohida ishlash, o`quvchilarning mustaqil
ishlarini izchil ravishda murakkablashtirib borish imkoniyatini e `tiborga olishi
kerak.Tarqatma materiallardan o`z o`rnida va to`g`ri foydalanish o`qituvchiga
qisqa muddat davomida yuksak natijalarga erishishga yordam beradi.
O`quvchilarda bilim olish bilan birgalikda mustaqillik, ijodkorlik, o`z-o`zini tekshirish, o`z kuchiga ishonch, har bir topshiriqni hal etishga mas`ullik va
ijodkorlik bilan ongli yondashish kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qilishi lozim.2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish orqali o`quvchilarni keng fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash, ijodiy fikr sohibi darajasiga erishmoqdan iborat.



Yüklə 48,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə