Mundarija kirish I bob: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining maqsad, vazifalari, bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar



Yüklə 48,69 Kb.
səhifə2/6
tarix26.06.2023
ölçüsü48,69 Kb.
#118966
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish I bob 2- sinf ona tili va o qish savodxonligi

Kurs ishi ob’ekti: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bilan tanishtirish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bilan tanishtirish ko’nikmalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat

I BOB: 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARINING MAQSAD, VAZIFALARI, BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARIGA QO`YILGAN ASOSIY TALABLAR

    1. 2-sinf ona tili va o`qish darslarining maqsad va vazifalari

O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida»gi Qonun
va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi yosh avlodni tarbiyalashning asosiy
istiqbol va yo`nalishlarini belgilab berdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida
ta`limni tubdan isloh qilishning asosiy yo`nalishlari ko`rsatib berilgan. Unda:
“Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlar yaratadi”7,- deb ko`rsatilgan.
Shuningdek, dasturda qo`yilgan maqsadga erishish yo`llari ham ko`rsatilgan. Ta`lim berish ilg`or pedagogik
texnologiyalarining zamonaviy o`quv- uslubiy majmualarini yaratish va o`quvtarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash umumiy o`rta ta`limning asosiy
shartlaridan biri sifatida belgilangan. Darhaqiqat, tarqatma materiallar, ilg`or
pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonining ta`sirchanligini oshiradi,
o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda
bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish,
ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi.
Davlat ta`lim standartlari talabi ham bu sohada katta ahamiyat kasb etadi.
Chunki, davlat ta`lim standartlari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari
asosida tuzilgan bo`lib, unda mutaxassislar tayyorlashda umumjahon talablari
asos qilib olingan.
Standart talablari asosida ta`lim jarayonida ilg`or pedagogik
texnologiya talablariga asoslanish, ta`limni jahon taraqqiyoti darajasida tashkil
qilish imkoniyati mavjud. Maktabda bolalarni o`qishga o`rgatishdan maqsad
og`zaki nutq yuzasidan o`quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish, ishlab
chiqarishning, hayotning hamma sohalarida faol ijodiy faoliyat ko`rsata
oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir. Umumiy
ta`lim maktablarining asosiy vazifalari yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va
mustahkam bilim berish, ularni amalda qo`llash malakalarini hosil qilishdir.
Boshlang`ich ta`limda ona tili predmeti bolani mantiqiy fikrlashga o`rgatadi,
ularning tilning kommunikativ (aloqa-aralashuvga xizmat qilishi) vazifasini;
o`z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilish, o`zgalar nutqini eshitish orqali
anglay olishlariga xizmat qiladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida 2-sinf ona tili darslarining maqsad va
vazifalari, ona tili darslari o`quvchilar nutqini so`zlar bilan boyitishga mas`ulligini
hisobga olgan holda lug`at ustida ishlash, o`quvchilarning savodxonligini
oshirishga qaratilgan imloviy mashqlar xususida metodik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, darsda o`quvchilarning faolligini oshirishga, fikrlash orqali
o`zlashtirishlarini ta`minlashga e`tibor berilgan holda dars namunalari ishlab
chiqildi. Ularda o`quvchilarni to`g`ri talaffuzga, til ma`nolarini to`g`ri
anglashlariga, ham og`zaki, ham yozma nutqlarining savodli bo`lishiga, matndan
to`g`ri nusxa ko`chirib yozish, eshitib va yoddan yozishga o`rgatish; tarqatma
materiallardan samarali foydalanishga; Vatanimizning istiqloldan keyingi
taraqqiyoti, o`tmishi, milliy urf-odatlari, tarixiy siymolari haqida bilim berish,
umuman, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi.
Bularni amalga oshirishda ona tili ta`limining turli metodlaridan,
metodik ish turlaridan foydalanildi. Ular o`quvchini o`ylashga, izlanishga,
xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi.
Birinchi sinfda ona tilini o`qitish o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish,
og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya`ni to`g`ri o`qish va yozish)ga, fonetik a,
leksika, so`z yasalishi, grammatikaga oid bilimlarni o`rganish uchun zamin
yaratishga xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslarida o`quvchilar “Tovushlar va harflar”, “Bo`g`in” “So`z ma`nosi”, (“Shaxs va narsani bildirgan so`zlar”, “Belgini
bildirgan so`zlar”, “Harakatni bildirgan so`zlar”, “Sanoq va tartibni bildirgan
so`zlar”) “Nutq va gap” kabi bo`limlar asosida tilga oid elementar bilimlarni
egallaydilar. Bunda, asosan, grammatik tushunchalarni amaliy o`rgatishga e`tibor
qaratilgan. O`quvchi mashq matnini o`qish va yozish jarayonida grammatik
tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi va keyingi sinflarda bu qoida va tushunchalarni nazariy o`rganishga zamin yaratadi. Asosiy diqqat bolaning nutqi va lug`at boyligini oshirish, imlo savodxonligini tarkib toptirish, ya`ni to`g`ri o`qish va yozish ko`nikmasini
shakllantirish, ona tili darslarini samarali tashkillashtirishga qaratiladi.
Shuningdek, ona tili darslarida o`quvchilarning chiroyli yozuviga e`tabor qaratish
muhim ahamiyatga ega. Chunki birinchi sinfdan boshlaboq o`quvchilarning
chiroyli yozuviga e`tabor qilinsa, yuqori sinflarda va hayoti davomida inson did bilan chiroyli yozish malakasiga ega bo`ladi.
O`qituvchi o`quvchilarni har qanday vazifani ongli bajarishga maxsus
o`rgatadi. Shu maqsadda darslikda birinchi uchragan mashqlarni bajarish uchun shu mashq topshirig`ini nechta qismdan iboratligini va ularni qaysi tartibda bajarish zarurligini o`quvchilarga tushuntiradi. Mashqni sinfda yoki uyda bajarganda avval nima qilish kerakligini, topshiriqlarni bajarish tartibini aniqlab olish va tavsiya qilingan tartibda bajarish zarurligi uqtiriladi; o`quvchilar o`zlari bajargan ishlarning to`g`riligini tekshirishga o`rgatiladi. Mashqlarni ongli bajarish bilan o`quvchilar mashqni nima uchun, qanday maqsadda ishlaganlarini va u nimalarni o`rgatishini tushunadilar.
Bu sinfda o`quvchilar avval grafik shakli talaffuziga mos bo`lgan so`zlarni
yozishni bilib oladilar. So`zlarni harflarni tushurib qoldirmay yoki o`rnini
almashtirmay yozishga o`rgatish tilni o`qitishda muhim vazifa hisoblanadi. Fonetik
bilim va ko`nikma grafik ko`nikma uchun asos bo`ladi.Shunung uchun yozuv
malakasini shakllantirishda fonetik material amaliy yo`nalishda o`rgatiladi.
Shularni hisobga olib darslikda ko`p mashqlar: 10 so`z yoki gap yozishga
tayyorlash (e`tibor bilan o`qish aniq tallaffuz qilish); 2)izohlab yozish;
3)darslikdan tekshirish kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
O`quvchilarni xatboshini idrok qilishga, xatboshidan yoza olishga o`rgatish,
ona tili darslarini birinchi kunidayoq bu ko`nikmani mustahkamlab borish talab qilinadi. O`quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ta`limiy, keyinroq
o`quvchilar saviyasiga mos tekshirish dektantlari o`tkazish rejalashtirilgan. Diktant
yozdirilgach, uni, albatta tekshirib, o`quvchilar yo`l qo`ygan kamchilik va xatolaraniqlanadi, xatolar guruhlarga ajratiladi va yo`l qo`yilgan xatolarni to`g`irlashga, ayrim xatolarning oldini olishga yordam beradigan mashqlar tayyorlanadi;keyini ona-tili darsining ikkinchi qismidan 20 daqiqa vaqt (ayrim ho llarda bir dars) ajratib, diktant tahlili va xatolar ustida ishlash mashg`uloti o`tkaziladi. Dasturga ko`ra 1-2-sinflarda o`quvchilar yozgan mashqlarning barchasi tekshirilishi zarur.
Aks holda darslarning samarasi bo`lmaydi.
Kichik yoshdagi o`quvchilarga ona tilini samarali o`rgatish uchun ularni tilni
o`rgatishga qiziqtirish,ularning o`quv faoliyatini faollashtirish va aqliy
faoliyatlariga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish, xususan o`quvchilarga materialni
o`zlashtirish ussullarini o`rgatish zarur.
Yangi pedagogik texnalogiyalarni qo`llash bugungi kun talabi.
Shu maqsadda bir necha yaxlitlashtirilgan (integralashtirilgan) dars
turlaridan namunalar berildi.
Darslarda test savollari.tarqatma materiallarni qo`llash taxminiy berildi. Har
bir o`qituvchi o`z imkoniyati, maqsadidan kelib chiqqan holda ularni qo`llash
o`rinlarini o`zgartirishi mumkin.
Dastur materiallarining o`quv yiliga taxminiy taqsimoti.
(Haftada 4 soatdan. 34 haftada 136soat)
1 chorak (36 soat). Takrorlash. Tutiq belgisi. O`zbek alifbosi.
2 chorak (28 soat). Nutq. Matn. Gap. So`z va bo`g`in. Bo`g`in ko`chirish.
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.Ularni harf bilan ifodalash. Aytilishda
tushib qoladigan undoshlar. So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
3 chorak (40 soat). So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
Narsa va shaxs nomini bildirgan so`zlar. Kishlarning ismi va familiyasi,
hayvonlarga qo`yilgan nom, shahar qishloq, ko`cha daryo nomlarida bosh harf.
Narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlar.
4 chorak (32 soat). Narsa va shaxs belgisini bildirgan so`zlar. Sanoq va
tartibni bildirgan so`zlar. Gap. Bo`g`in. Bog`lanishli nutq. Yil oxirida takrorlash.
21
Darslarda o`quvchilarning til materiallarini oson o`zlashtirishlarini,
grammatik tahlilni sodda, aniq yo`llar bilan amalga oshirishlari uchun turli
jadvallardan foydalaniladi.
Ona tili darslarini tashkil etishda o`quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga
undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga
yo`llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta`minlovchi topshiriqlar
beriladi.
Har bir mavzu bo`yicha beriladigan topshiriqlar sistemasi shunday
tuzilganki, ular grammatika, imlo va o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`zaro
bog`liqlikda, muayyan izchillikda o`rgatishni ta`minlaydi.
Ishning o`ziga xos tomoni yana shundaki, har bir mavzudan so`ng
o`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanishga
oid amaliy ko`rsatmalar berildi. Bu dars uchun savol va topshiriqlar tizimi ishlab
chiqildi. Bular o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar hajmini belgilashga,
o`quvchilarning o`z bilimlarini o`ziashtirish darajalarini aniqlash va tekshirishga
yordam beradi.
Ona tili darslarida o`quvchilarni qiziqtiradigan borliq, tabiat hodisalari,
hayvonot va o`simliklar dunyosi, vatanimiz o`tmishi, buyuk ajdodlari haqida,
tengqurlari haqida ma`lumot beruvchi matnlar, gaplar, mazmunli rasmlar berildi.
Bolalar yozuvchi va shoirlari ijodidan namunalar tanlashda ham matnning
soddaligiga, yengil hajv bilan yozilganiga, matnlarda bola uchun yangi so`zlar
bo`lishiga, ular ustida rasmlar asosida ishlashga e`tibor qaratildi. Masalan,
o`quvchi qush so`zini yoki kundalik hayotida har kuni ko`rib turgan qushlar
nomini biladi, lekin son-sanoqsiz qushlar mavjud, ular nomini va ularning o`zini
asta-sekin taniy borishiga e`tibor berilmas edi. Biz shu narsaga alohida diqqatni qaptdik.


    1. Yüklə 48,69 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə