2. bob. Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning



Yüklə 35,29 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü35,29 Kb.
#144746
  1   2   3   4   5
Shaxsning malaka va odatlari


Shaxsning malaka va odatlari
1.1 Xulq – atvor va odatlar jahon psixologlar talqinida.
1.2. Shaxs tarbiyasining psixologik xususiyatlari.
1.3. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
2.BOB. Xulq-atvor va odatni shakllantirish - shaxsni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishi sifatida .
2.1. Xulq – atvor va odatlarni shakllanishining psixologik tavsifi.
2.2. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi
2.3.Shaxs tarbiyasi jarayonida xulq-atvor va odatlarni shakllanishini o‘rganish usulari
3.BOB. Amaliy taxlillar.
3.1. Tajribalar o’tkazish va natijalar interpritatsiyasi/
Xulosa.
Tavsiya.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Xulq – atvor va odatlar jahon psixologlar talqinida.
Milliy an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush sharoitini o‘zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilimdon, fidokor, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratildi. O‘zbek xalqi yuksak aql-zakovatga dunyoni boshqarish qudrati, salohiyati, qobiliyatiga ega bo‘lgan sohibqiron Amir Temur kabi sarkardalar, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy kabi ulug‘ muhandis majtahid ulamolari, Abu NasrForobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlari bilan birgalikda Ul-Umaviy, Hofiz Sheroziy kabi musiqashunos olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ulug‘bek kabi mutafakkirlari bilanfaxrlanib qolmay, ularning ishlarini davom etishiga, fan sohasida yangiliklar yaratishga ham qodirdirlar.
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olimlarimiz ko‘plab topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalqimiz orasida ko‘plab bunyodga kelgan talant va salohiyatlarni kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan isloxotlarimiz, rejalarimiz samarasi, takdiri –bularning barchasi avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash muammosi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham yosh avlodni yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ayniqsa pedagog-psixologlar vazifasi juda ma’suliyatlidir.
Har qanday muammoni yechish uning nazariy asoslarini o‘rganishdan boshlanadi. Muammoning nazariy asoslari deganda, shu sohadagi mavjud tushunchalar, qonunlarni yaxshi bilib olish nazarda tutiladi. Muayyan ilm qaysi ob’ektiv borliqni o‘rganishni, uning asosiy maqsadi, vazifalari nimadan iboratligini hamda shu sohadagi qonuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini yaxshi bilgan bo‘lishi zarur. Hozirgi paytda tayyor bilimlarni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi o‘quvchi-yoshlarlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, o‘z kasbi bilimlarini rivojlantirish orqali mustaqil kasb tanlash, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonida yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, malakali pedagog kadrlar faoliyatiga bog‘liqdir. Shu bois, amalga oshirilayotgan ta’limiy islohatlar kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqkan holda qayta qurishni nazarda tutadi. Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shaxs xulq-atvori va odatlarining shakllanish muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson va boshqalar izlanishlarida ushbu masala yuzasidan tadqiqot olibborib fan psixologiyasini rivojlanishiga katta xissa qo‘shganlar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek kishining fe’l-atvori hammadan ko‘ra ko‘proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo‘lgan sifatlar-mustahkam o‘rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi.
D.A.Farber (1991) fikricha, 7 yoshga kelib intellektual rivojlanish bosqichlarida o‘zgarishlar yuzaga keladi, abstrakt tafakkur va faoliyatning mustaqil regulyatsiyasi yetilishi uchun sharoitlar yuzaga keladi. 6-7 yoshli bolalar miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalarining funksional yetilish tezligi sustligi bois maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar, maktabdagi doimiy yuklamalar ularning markaziy nerv sistemalari kompensator mexanizmlarida uzilishlarga hamda o‘qishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘luvchi maktabga moslashuvning qiyinligi ularning diqqatini bir joyga to‘plash qiyinchiligini tug‘diradi. Shuning uchun ularning diqqati beqaror bo‘ladi. Inson tarbiyasi, shaxs sifatida shakllanishining o‘ziga xos jihatlari masalalari bo‘yicha sharq allomalarining fikrlari ham axamiyatga egadir.Jumladan, Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib konunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yullari, fiziologik jarayonlar xakida ancha muxim ma’lumotlar bor. Uning «odob xakida» risolasi xam inson shaxsini shakllantirish tugrisidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Kutadgu bilig» asaridagi bosh masalalardan biri - komil insonni tarbiyalashdir.
Davoniy uzining «Axlokiy Jaloliy» asarida inson uzining akliy kobiliyati va iste’dodini tarbiyalashi kerakligi, buning uchun bilimlarni egallashi lozimligini ta’kidlaydi.
A.Navoiyning barcha asarlarida yetuk, barkamol insonning axloki, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati tugrisida kimmatli fikrlar yuritilgan.
Yukoridagi allomalardan tashkari Bobur, Farogiy, Majlisiy, Nodira, Uvaysiy, Mukimiy, Xamza, Avloniylarning yoshlar tarbiyasiga axlok-odob, f’l-atvor, oilaviy xayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir karashlari turli janrlardagi asarlarida bayon etilgan. Xozirgi kunda inson shaxsini tadkik kilishga xar xil nuktai nazardan yondoshadigan bir kator nazariyalar (ta’limotlar) mavjud: a) biogenetik, b) sotsigenetik, v) psixogenetik, g) kognitivistik, d) psixo-analitik, ye) bixevioristik.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘prok biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy - sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda to‘tgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan xolda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Shaxs tarbiyasining psixologik xususiyatlari.
Shaxs ma’lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Xar bir tarixiy davrda shaxsning uziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy-iktisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog‘lik holda tashkil topadi, shakllanadi. Bolaning psixik rivojlanishi masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy masalasi (muammosi) xisoblanadi. Bu muammoni tugri xal etish yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida tarakkiy etishiga ham, yosh avlodni zamon ruxida tarbiyalashda ham ahamiyati kattadir. Bola psixikasining tarakkiyoti xakida gapirishdan oldin tarakkiyotning tub moxiyatini tushunib olishi kerak.
«Rivojlanish» deganda biz «usish», «tarakkiy etish» suzlaridan foydalanamiz. o‘sish- bu mikdor jihatidan ortish, ulg‘ayishdir;
Taraqqiyot - esa fakat miqdor jihatdan emas, sifat jihatdan ham o‘zgarishdir. Taraqqiyot qanday qilib, ya’ni qanday omillar ta’siri ostida yuzaga keladi?-bu masala eng muxim masaladir. Inson psixik taraqqiyotida qanday omillar - genetik (yoki orttirilgan omillar yetakchiligi muammosidir.
Xulq-atvor shakllanishida tarbiyaning roli katta.Yani bunda tarbiya orqali bolada turli xarkatlar, xarkter ko‘rinishlari,o‘ziga xos munosabatlar, va shaxslararo munosabatlarda o‘ziga xos yondashishlar shakllanadi. Bu ularning olada olgan tarbiyasi bilan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tasirida o‘z aksini topadi. Bu bir tomondan, bolaning o‘z ota-onalaridan meros sifatida o‘zlashtirilgan sifatlari, ikkinchi-tomondan, tashki muxit ta’sirini ham kamsitib bo‘lmaydi Bu muammolar ustida bosh kotirgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piaje, S.Rubinshteyn, A.Leontev ikkala omil rolini ham inkor kilmagan xolda ijtimoiy muxitning yetakchi ta’siri xakidagi fikrni baravar yoklaganlar. Chunki tugri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi uzaro munosabatlarning xarakteri, shaxs mulokotda buladigan ijtimoiy guruxlar u tanlagan kasb va kasbdoshlari muxiti kabi ijtimoiy omillar shaxsining rivojlanishi, uning uz-uzini anglash va uzgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual tarakkiyotida katta ahamiyatga ega.
Bolaning psixik tarakkiyotida ta’lim-tarbiya xal kiluvchi rol uynaydi. Xozirgi kunda ta’lim-tarbiya bilan tarakkiyotning uzaro munosabati masalasida bir kancha ta’limotlar mavjud:

  1. Ta’lim-tarbiya va tarakkiyot jarayonlari bir-biridan mustakil.

  2. Ta’lim-tarbiya ayni patda tarakkiyotdir.

  3. Ta’lim-tarbiya va tarakkiyot boshka-boshka jarayonlar bulsada bir-biriga ta’sir etadi.

Xar bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, kizikishi va kobiliyati, akliy rivojlanganlik darajasi, extiyoji va mexnat faoliyatiga munosabati bilan farklanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlar rivojlanib ma’lumot bir boskichga yetsagina mukammal, kamol topgan inson deyiladi.
Shaxsning ijtimoiy vokelikka, mexnatga, kishilarga jamiyatga bo‘lgan munosabati turlicha. Uning faollik darajasi va axlok-odob borasilagi yetukligi ham turlichadir
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetiq, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyondalari ifodalagan yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 35,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə