Mundarija kirish I bob: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining maqsad, vazifalari, bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar



Yüklə 48,69 Kb.
səhifə1/6
tarix26.06.2023
ölçüsü48,69 Kb.
#118966
  1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish I bob 2- sinf ona tili va o qish savodxonligi


Mavzu: 2- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
M U N D A R I J A
KIRISH
I BOB: 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARINING MAQSAD, VAZIFALARI, BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARIGA QO`YILGAN ASOSIY TALABLAR
1.1. 2-sinf ona tili va o`qish darslarining maqsad va vazifalari
1.2. 2-sinf o`quvchilarining ona tili va o`qish fanidan bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar
II BOB. 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSIDA KOʻRGAZMALILIK ASOSIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
2.1. 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik ishlardan foydalanish yo`llari
2.2. Koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. (Didaktik o`yinlardan foydalanish jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalar)
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq xalq ta`limi sohasida tub islohotlar boshlab yuborildi. Zero, bundan buyon “Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va maorifni yuksaltirish, milliy o`yg`onish g`oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoladi”. O`tgan qisqa davr ichida “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish konsepsiyasi”, yangi mazmundagi darsliklar yaratildi.


Boshlang`ich sinf o`qituvchilari pedagogik texnologiya, axborot hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va o`z faoliyatlarida qo`llashga bo`lgan qiziqishlari kuchaydi, o`quvchilarning ijodiy ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish bosh maqsadga aylandi; o`qitishning eng samarali, ayniqsa, noan`anaviy, interfaol metod, vosita va usullarini tatbiq etishga bo`lgan intilishlari ortdi. Yangilanish borasidagi muvaffaqiyatlarni ko`rsatish, kamchiliklarni aniqlash, bajarilmayotgan ishlarni belgilash dolzarb muammoga aylandi. Mustaqil Respublikamizda komil inson tarbiyasi doimo Prezidentimizning diqqat e`tiborida bo`lib keldi. Jumladan, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi - deb ta`kidlaydi Prezidentimiz Sh. Mirzayev.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti “Tarixiy xotirasiz - kelajak yo`q” asarida komil inson tushunchasiga aniq ta`rif keltirganlar. “Komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq - atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan, bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz”.
Ta`lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib, ya`ni komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish qo`yildi. Ta`lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning tub mohiyati ta`lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.
Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. Mustaqillik - eng ulug`, eng aziz ne`mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oliy tushunchani yurakdan his qilish, anglab yashash - buyuk saodat. Mustaqillik - xalqimiz uchun erkin, baxtli va farovon, hech kimdan kam bo`lmagan hayot kechirish imkonini bergani, yurtdoshlarimizning barcha sohalarda o`z iste`dod va qoboliyatini to`la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratgani bilan qadrlidir. “Bugun mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o`tgan, oson kechmagan yo`limizni, amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan yutuq va marralarimizni sarhisob qilar ekanmiz, hech shubhasiz, xolisona bir xulosaga kelishimiz tabiiydir.
“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”, - deb ta`kidlaydi Prezidentimiz.

Yüklə 48,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə