Mundarija kirish i-bob. Davlat budjeti g’azna ijrosining ahamiyati, uning uziga hos hususiyatlari va tashkiliy elementlari



Yüklə 452,46 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü452,46 Kb.
#147418
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlat budjeti g‘azna

G’aznachilik boshlig’i – vazir o’rinbosari








2.2-rasm. G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining tashkiliy

tuzilishi3


2.2. G’aznachilikda shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va narxlar monitoringini olib borish tartibi
Ma’lumki, davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish;

  • byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;

  • davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar sifatini oshirish va ularni tayyorlash muddatlarini qisqartirish.

Moliyaviy nazorat, uning turlaridan biri bo’lgan byudjet nazoratining quyidagi shakllari mavjud:

  • dastlabki nazorat;

  • joriy nazorat;

  • yakuniy nazorat.

Dastlabki byudjet nazorati turli darajadagi byudjetlar loyhalarini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash, byudjet amaliyotiga taalluqli qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Nazoratning bu shakli xo’jalik operatsiyalarining byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va me’yoriy xujjatlar talablari buzilishining oldini oladi. Masalan, moliya organlari har byudjet yilining birinchi choragida barcha byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z vaqtida molyalashtiruvchi organga etkazilishi ustidan dastlabki nazoratni o’tkazadilar4.
Joriy nazorat pul bitimlarini, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish chog’ida, byudjet ajratmalarini va ssudalarini ajratish paytida, ajratilayotgan byudjet mablag’larning rejaviy ko’rsatkichlarga muvofiqligini aniqlashda amalga oshiriladi. Nazoratning bu shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ajratilgan va sarflanayotgan mablag’larning o’zlashtirib olinishining, suiste’mol qilish holatlarining oldini oladi, moliyaviy intizomga rioya qilishni, pullik hisobkitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda buxgalteriya hizmatlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. Yaxshi yo’lga qo’yilgan joriy nazorat moliyaviy resurslarni iqtisod qilish imkonini beradi.
So’nggi moliyaviy nazorat hisobot davri va byudjet yili tugagandan so’ng amalga oshiriladi. So’nggi nazorat hisobot yilida mablag’larning ishlatilishi, rejaviy ko’rsatkichlarning bajarilishi, daromad va xarajatlar smetasining bajarilishi, byudjet limitlari va normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni va yakuniy moliyaviy natijalarni tahlil va taftish qilish asosida o’tkaziladi. Ko’p hollarda so’nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy yil yoki davr uchun dastlabki nazoratga zamin yaratadi.
Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi bilan bir qatorda, g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni o’tkazish byudjet mablag’lari oluvchilari majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.
Majburiyat - bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so’zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni: mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, pul to’lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi5.
Byudjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu byudjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan byudjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:

  • majburiyatlarni qabul qilish asoslari;

  • majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar; - majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).

Byudjet mablag’lari oluvchi byudjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat byudjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi. Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi6.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;

  • taraflarning o’zaro manfaatdorligi;

  • shartnoma intizomiga rioya etish;

  • taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.

Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta
(shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan

Yüklə 452,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə