Mundarija kirish I. Bob. G’alla yetishtirishda mamlakatimiz va jahon tajribasi


 Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda



Yüklə 346,08 Kb.
səhifə5/20
tarix30.12.2023
ölçüsü346,08 Kb.
#165033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G\'alla yetishtirish Kurs loyiha Q.Bahrom

10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yerlarni, shu jumladan, boshoqli donning ekilishi, uning rivojlanishini uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida kuzatish va monitoringini yuritish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushirsin;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining vegetativ holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida kuzatilishini yo‘lga qo‘ysin;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer axborot tizimi” portalida qishloq xo‘jaligi ekinlarining joylashtirilishi, shu jumladan, takroriy va to‘qsonbosti usulida yetishtirilayotgan ekinlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi elektron bazani shakllantirsin.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda zararkunandalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli kuzatuvni tashkil etsin, xo‘jaliklar tomonidan ekinlarni himoya qilish ishlari o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olsin.
Favqulodda holatlarda ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan ekinlarni himoya qilish ta’minlansin.
12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ekinlarni joylashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning xo‘jaliklar tomonidan bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda g‘alla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini joriy etish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasini”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Yüklə 346,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə