Mundarija kirish I. Bob. G’alla yetishtirishda mamlakatimiz va jahon tajribasi


 Boshoqli don yetishtirish, sotish va bug‘doy narxining shakllanishi bo‘yicha mazkur qaror bilan o‘rnatilgan tartibni



Yüklə 346,08 Kb.
səhifə6/20
tarix30.12.2023
ölçüsü346,08 Kb.
#165033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G\'alla yetishtirish Kurs loyiha Q.Bahrom

14. Boshoqli don yetishtirish, sotish va bug‘doy narxining shakllanishi bo‘yicha mazkur qaror bilan o‘rnatilgan tartibni Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hujjatlari bilan vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta ko‘rib chiqish qat’iyan man etilsin.
15. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
I.BOB. G’ALLA YETISHTIRISHDA MAMLAKATIMIZ VA JAHON TAJRIBASI
1.1. Mamlakatimizda va jahon mamlakatlarida g’alla yetishtirish ko’nikmalari
Mamlakatni oziq-ovqat bilan ta‘minlashning muhim rezervi qishloq xо’jaligi mahsulotlari, xom ashyo va oziq-ovqatning mintaqaviy fondlarini yaratishdir. О’simlikchilik mahsulotlarini xarid va yetkazib berish hajmi va rо’yxati xukumat tomonidan, mintaqaviy fondlar – О’zbekiston Respublikasi subyektlari ijroiya hokimiyati subyektlari tomonidan belgilanadi. Xarid va yetkazib berish hajmi yillik aniqlashtirish bilan besh yilga belgilanadi va davlat tomonidan kafolatlanadi.
Mamlakatimiz qishloq xо’jaligida о’tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlar g’alladan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy omili bо’lmoqda. Respublikamizning 2009 yilgi g’allachilik sohasida olib borgan ishlarning yakunini tahlil qiladigan bо’lsak, murakkab ob-havo sharoitida ham hosildorlik har yilgidan yuqori bо’lganligi dehqonlarimizning samarali mahnatlari natijasi hisoblanadi. Respublikamizda о’tgan yilda g’alla hosildorligi gektaridan о’rtacha 45,4 sentnerni, suvli yerlarda esa 51,2 sentnerni tashkil etdi. Yalpi yetishtirilgan don hosili 6 mln 650 ming tonnani tashkil etdi. Bu muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimovning mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq, aholimizni don va don maxsulotlari bilan ta‘minlash, о’z donimiz va о’z nonimizga ega bо’lishimiz, buning uchun g’alla mustaqilligiga erishishimiz kerakligi tо’g’risida oqilona yо’l о’riqlari, kо’rsatmalarini naqadar tо’g’ri ekanligini isbotidir. Bugungi kunda Respublikamiz g’alla yetishtirish va hosildorligi bо’yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi. G’alla dunyodagi barcha insonlarning asosiy oziq-ovqati hisoblanishini hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoda 220 mln gektardan ortiqroq maydonda g’alla ekiladi.
Yalpi don hosili esa 650 mln tonnani tashkil etadi. Respublika Prezidentining 2008 yil 6 oktabrida №3077 sonli ―Fermer xо’jaliklari tasaruffidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora tadbirlari bо’yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish tо’g’risida‖gi Farmoyishi qabul qilindi.Fermer xо’jaliklari yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni bilan mamlakatimizda fermerlik harakatini barqarorligini taminlash uchun mustahkam asos yaratildi.

Bugungi kunda respublikada fermer xо’jaliklarning ishlab chiqarishidagi salmog’ini kо’radigan bо’lsak quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Jadval ma‘lumotlariga kо’ra, fermer xо’jaliklarini respublika va Qashqadaryo viloyatidagi faoliyatini taqqoslama tahlilida, ularni qishloq xо’jalik yalpi mahsulotidagi ulushi, ekin maydonidagi ulushi, paxta va g’alla yetishtirishdagi ulushi respublika darajasidan yuqori bо’lgan. Qashqadaryo viloyatda fermer xо’jaliklarning qishloq xо’jalik ekin maydondagi ulushi 2006 yilda 79,2 foizdan, 2010 yilda 86,3 foizga oshishiga, paxta yetishtirishdagi ulushi 2006 yilda 95,5 foizdan, 2010 yilda 100 foizga oshishga, g’alla ishlab chiqarishdagi ulushi esa 2006 yilda 83,5 foizdan, 2010 yilda 88,8 foizga oshishiga olib kelmoqda (1-jadval). Bu esa, Qashqadaryoda fermer xо’jaliklarni barqaror rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Tahlil natijalaridan kо’rinib turubdiki, respublikamizda fermerlik harakatining qо’llab-quvvatlanishi о’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida jahon qishloq xо’jalik tajribasida sinalgan va hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar qishloq xо’jaligida samarali xо’jalik yuritish shakli sifatida о’zini oqlagan fermer xо’jaligining faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilmoqda.
О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi F-3077-son «Fermer xо’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini kо’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bо’yicha maxsus komissiya tashkil etish tо’g’risida»gi farmoyishi doirasida kо’rilgan tashkiliy choralar va amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2008 yilning 1 oktabriga qadar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 219976 ta fermer xо’jaligi yer uchastkalari maqbullashtirilib, 2009 yil 1 noyabriga qadar ularning umumiy soni 105033 tani, 2010 yilda ularning soni 80628 tashkil qildi va fermer xо’jaliklariga jami 5031187,2 gektar yer maydoni biriktirib berildi yoki bunda bitta fermer xо’jaligiga о’rta hisobda ilgarigi 2008 yilda 27,0 gektar, 2009 yilda 56,0 gektar, 2010 yilda 62,4 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda. Shundan paxtachilik va g’allachilik yо’nalishiga ixtisoslashgan fermer xо’jaliklari soni 41827 ta bо’lib, ularga 3534381,5 gektar yoki bitta fermer xо’jaligiga о’rtacha 84,5 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xо’jaliklari soni 4036 ta bо’lib, ularga 77087,6 gektar yoki bitta fermer xо’jaligiga о’rtacha 19,1 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda, bog’dorchik va uzumchilik yо’nalishiga ixtisoslashgan fermer xо’jaliklari soni 22159ta bо’lib, ularga 210510,5 gektar yoki bitta fermer xо’jaligiga о’rtacha 9,5 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda, chorvachilik yо’nalishiga ixtisoslashgan fermer xо’jaliklari soni 6099 ta bо’lib, ularga 989257,8 gektar yoki bitta fermer xо’jaligiga о’rtacha 162,2 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda, boshqa yо’nalishga ixtisoslashgan fermer xо’jaliklari soni 6597 ta bо’lib, ularga 82462,5 gektar yoki bitta fermer xо’jaligiga о’rtacha 12,5 gektar yer maydoni tо’g’ri kelmoqda va uzoq muddatga ijaraga berildi.
Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni tо’g’ri tanlash va joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bо’yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda. Seleksiya va urug’chilik ishlarini tо’g’ri yо’lga qо’yish maqsadida xorijiy ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug’doy navlari keltirilib, ular mahalliy sharoitimizda har tamonlama sinovdan о’tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bо’lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi. Bu navlar ichida Kroshka, Polovchanka, Krasnodarskaya-99, Kuma, Moskvich, Tanya, Yesaul, Fortuna, Vostorg, Pamyat, Selyanka kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg’oqchilikka va shо’rga chidamli hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4 О’zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Dо’stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug’doy navlari yaratilib Davlat nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bо’yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning 10 Saratov Yugo-Vostoka, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bо’lgan yangi navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xо’jaliklarida boshoqli don ekinlarini о’stirishda agrotexnik tadbirlarini bajarishning texnologik talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapdi.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnika tadbirlarini о’z vaqtida sifatli qilib о’tkazmasligidir. Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma‘dan о’g’itlar yetarli miqdorda va tо’g’ri nisbatlarda qо’llanilmasligi, g’allani sug’orishni о’z vaqtida va sifatli о’tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona о’tlarga qarshi о’z vaqtida choralar kо’rmaslik, g’alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan tо’la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda. Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qо’llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga tо’la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi. Umuman olganda g’alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qо’llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog’liq. Boshoqli don о’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta‘sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug’lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda ekish, ekilgan urug’likni bir tekisda undirib olish, bug’doy maysalari tо’la tuplangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni о’tkazish, sug’orish, ma‘dan va organik о’g’itlar bilan oziqlantirish, о’suv davrida ildizdan tashqari azotli о’g’itlar bilan oziqlantirish suspenziya sepish, begona о’tlar kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig’ib olishga bog’liq. Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda о’z vaqtida sifatli qilib о’tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi texnologik talablar: 1. Yerni ekishga tayyorlash A). Ochiq yer maydonlarini ekishga tayyorlash
• Fosforli va kaliyli mineral о’g’itlarning yillik meyorini yerni ekishga tayyorlashdan oldin solish
• Yerni shudgorlash (35-40 sm)
• Tekislash
• Mola bosish
• SHо’r yuvish
• Tо’liq karta hosil qilish
B). G‘о‘za qator orasiga bug‘doy ekish uchun yer tayyorlash
• G’о’za ekilgan maydon qirg’oqlarini 10-15 metr masofada g’о’zapoyadan tozalash
• Fosforli va kaliyli mineral о’g’itlarning yillik meyorini sepish
• Kultivatsiya yordamida g’о’za qator oraliqlarini 14-15 sm. chuqurlikda yumshatish
• Birinchi kultivatsiyani tо’liq mayda ishchi organlar bilan amalga oshirish
• Ikkinchi kultivatsiyani mayda ishchi organlar bilan birgalikda britvalar yordamida amalga oshirish
• Qator orasiga ishlov berilganda ishchi organlarni g’о’za о’simligidan 3-4 sm. masofada amalga oshirish
2.Nav tanlash Boshoqli don ekinlarida yuqori va sifatli don yetishtirishda navning о’rni katta. Eng yaxshi nav tanlash hisobida hosildorlikni gektaridan 5-10 sentnerga oshirish mumkin. Ertapishar navlar – Chillaki, Bobur, Mars-1, Andijon-4, Zamin-1, Kuma, Yesaul, Omad, Matonat, Selyanka. О‘rtapishar navlar – Kroshka, Tanya, Pamyat, Nota, Krasnodarskaya-99, Andijon2, Moskvich, Kupava, NikoniY. Kechpishar navlar – Polovchanka, Andijon-1, Durdona, Vostorg, Fortuna.
4. Ekish meyorlarini belgilash • Ekish meyori urug’ unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga olgan xolda belgilanadi • Ekish muddatiga qarab: Erta muddatlarda gektariga 4,0 mln unuvchan urug’ ya‘ni 200 kg. hisobida belgilanadi. О‘rta muddatlarda gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ ya‘ni 220 kg. hisobida belgilanadi. Kechki muddatlarda gektariga 5,0 mln unuvchan urug’ ya‘ni 240 kg. hisobida belgilanadi. • G’о’za qator orasiga ekishda urug’ sarfi 10-15 foizga oshirilad.

Yüklə 346,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə