Mundarija kirish I. Bob. G’alla yetishtirishda mamlakatimiz va jahon tajribasi


 Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning



Yüklə 346,08 Kb.
səhifə4/20
tarix30.12.2023
ölçüsü346,08 Kb.
#165033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G\'alla yetishtirish Kurs loyiha Q.Bahrom

6. Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning:
a) boshoqli don yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashga;
ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga;
bug‘doyni sotish jarayonlariga, shu jumladan, shartnomalar tuzishga, xo‘jaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ma’lum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga ;
b) g‘allachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida qat’iyan taqiqlanadi.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
2021 – 2022 yillarda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarini g‘allachilik klasteri tashkil etish taklifini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlariga sotish uchun baholash va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik shartida ochiq savdolarga qo‘yish;
O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga tegishli 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning soliq va Jamg‘arma oldidagi qarzdorligini (ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek, ob’ektni o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) ob’ektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish va to‘liq modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bunda, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda ob’ektlar “O‘zdonmahsulot” AKdagi davlat ulushi va “O‘zdonmahsulot” AKning don korxonalaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tadbirkorlik sub’ektlariga sotilgandan so‘ng“O‘zdonmahsulot” AKni belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar barcha tumanlar markaziy dehqon bozorlaridagi bug‘doy va boshqa asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini “on-line” tarzda kuzatish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushirsin.

Yüklə 346,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə