Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


-rasm. Turli xil ionoforlarning kimyoviy tuzilishi



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə19/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Hujayradagi hayotiy jara

15-rasm. Turli xil ionoforlarning kimyoviy tuzilishi.



16-rasm. K+ ionining ionofori valinomitsinning kimyoviy tuzilishi.
4.3. Biologik faol moddalarning hujayra membranasi resepsiyasi faoliyatiga ta'siri.

Hujayra membranasi tashqi tomonida joylashgan oqsil molekulalarining maxsus konformatsiyasidan hosil bo‘ladigan ion kanallari orqali turli xil ionlar qat'iy tartibda, maxsus tanlovchanlik xususiyati asosida hujayra ichki muhitiga o‘tkaziladi yoki tashqariga chiqarib yuborilishi amalga oshadi. Shu bilan birga membrana tashqi qismida joylashgan oqsil molekulalari membrananing ichki va tashqi qavatlarida joylashgan ferment tizimlari, ion kanallari, biologik faol moddalar bilan tanlovchanlik asosida ta'sirlashadigan retseptor deb ataluvchi maxsus molekula tuzilmalarini tashkil etadi. Bu tuzilmalar faoliyati asosida hujayra tashqi muhit ta'sirotlarini qabul qiladi


Ma'lumki oqsil molekulasi bir necha funksional qismlardan iborat bo‘lib ularni domen (avtonom holat) deb ataladi. Membrana retseptorida 2 xil ichki va tashki domenlar bor. Kasal tarqatuvchi ayrim mikroorganizmlar bir domeni orqali retseptor bilan bog‘lansa, ikkinchi domen esa kasallikka sababchi bo’ladi.
Domenlar aksariyat avtonom xolatda faoliyat ko‘rsatadilar.
Retseptor oqsillarining hujayrada joylashishiga ko`ra gormonlar retseptsiyasi uchta asosiy turga bo`linadi:
1) Membranali (yuzaki) - oqsil - peptidli gormonlar va katexolaminlar retseptsiyasi.
2) Membrana– hujayra ichi - steroid va tireoid gormonlar retseptsiyasi
3) Sitozolli
Retseptsiyaning hujayra ichi turida gormonlar plazmatik membrana orqali hujayra ichiga oson o`tib, hujayra ichidagi retseptorlar bilan o`zaro bog`lanadi. Bu
turdagi gormon - retseptor komplekslarining aktseptor qismlari yadro xromatinida
joylashgan.
Retseptsiyaning membranali turiga ko`ra, hujayra ichiga qiyin o`tadigan va
hujayra yuzasi boylab ta`sir ko`rsatadigan gormonlar membrana retseptorlari bilan o`zaro bog`lanadi. Bu turdagi gormon - retseptor komplekslari uchun aktseptor qismlar plazmatik membranalarda joylashgan. Masalan, adenilatsiklaza fermenti siklik adenozinmonofosfat (sAMF) mediatorlari hosil bo`lishini, «sekinlashgan» Ca - kanallari gormon ta`siri vositachisi – Ca2+ kationlarini hujayra ichiga osonlashgan diffuziyasini; spetsifik peptidazalar - regulyatorli glikopeptidlar hosil bo`lishini ta`minlaydi. Ushbu sharoitda gormonlar effekti tezlikda namoyon bo`ladi. Shu usulda prostaglandinlar, kininlar, gistamin, atsetilxolin, serotonin, ba`zi hujayralarga glyukoza, aminokislotalar ta`sir ko`rsatadi. Yuqoridagilarning retseptorlari plazmatik membranada joylashgan bo`lsa, steroid gormonlarining hujayra ichi retseptorlari hujayraning eruvchan qismida (sitozolda), tireoid gormonlarining retseptorlari esa - yadro, mitoxondriyalar va sitozolda joylashgan. Insulin yoki STGni qisman plazmatik membrana orqali o`tishi va hujayra ichida ta`sir qilishini istisno qilib bo`lmaydi. Boshqa tomondan, steroid va tireoid gormonlarining erta effektlari sAMF vositasida namoyon bo`lishi mumkin.
Retseptor oqsillari tabiiy va sintetik gormonlar hamda ular antogonistlarining ma`lum bir guruhini ham bog`lash xususiyatiga ega. Masalan, estrogen retseptorlari biologik faol estrogenlar va antiestrogenlarni (kliorifen va b.) bog`lab, androgen va progestinlarni bog`lamaydi. Glyukagon retseptori glyukagon va uning ba`zi analoglarini bog`laydi, lekin adrenalin, insulin va boshqalarni bog`lamaydi.
Retseptor molekulalarini ma`lum turdagi gormonlar bilan tanlab ta`sir qilishi, hujayrani gormonal birikmalarni birlamchi tanishni ta`minlaydi. Retseptorlarning muhim belgisi – bog`lash hajmini chegaralanganligidir. Shunga ko`ra, bog`lash joylari kontsentratsiyasi kichik bo`lgan retseptorlar mos keluvchi gormonlar guruhi bilan oson to`yinadi. Har bir retseptor molekulasiga faqat bitta bog`lash joyi mos keladi (n=1). Retseptor molekulalari kontsentratsiyasi Hozirgi vaqtda membrana retseptorlarining ikkita asosiy tipi va ularga mos ravishda gormonal signalni o`tkazadigan va kuchaytiradigan ikkita asosiy hujayra ichi mediatorlari aniqlangan: 1) adenilattsiklaza sistemasi gormonal vositachi –sAMFni ishlab chiqaradi; 2) «sekinlashgan» Ca - kanallari identifikatsiya qilinmagan transmembrana oqsillarini, boshqa gormonal vositachi - Ca2+ ionlarini hujayra ichiga ko`p miqdorda kirishini ta`minlaydi. Bu yo`llar bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda yoki o`zaro yaqin bog`langan holatda bajarilishi mumkin. Gormonga bog`liq adenilattsiklaza fermenti turli gormonlar ta`sirini qabul qilsa, boshqa gormonlarning retseptorlari ko`plik shaklda va spetsifik bo`ladi.
Membranada joylashgan lipidlar, ayniqsa fosfolipidlar transmembranali o`zaro bog`lanishning asosiy guruhi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Lipidli komponentlarning tarkibi, yopishqoqligi, fazoviy holati (suyuq yoki qattiq kristallik), adenilattsiklaza sistemasining harakatchanligiga va oqsil komponentlarining xossalariga ta`sir qilishi mumkin. Transmembranali aloqa mexanizmi adenilattsiklaza fermentini faolllanishiga olib keladi. Bu ferment Mg2+ ishtirokida ATFni sAMFga aylantiradi. Bunda retseptor bilan bog`langan bitta gormon molekulasi 500 tagacha sAMF molekulalari hosil bo`lishiga yordam beradi.

Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə