Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə2/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

Ishning vazifalari.

  • biomembranalar tuzilishiga oid zamonaviy ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish;

  • biomembranalardagi transport jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish;

  • hujayraviy jarayonlarni kechishida biomembranalarning roli va ularga turli biologik faol moddalar ta’siri haqidagi ilmiy ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish;

Ishning ilmiy yangiligi. Hujayradagi sodir bo‘ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishida biomembranalarning roli va ahamiyati haqida o’zbek tilidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘lami kengaydi.
Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ish davomida to’plangan ma’lumotlar asosida talabalarga odam va hayvonlar fiziologiyasi, biofizika hamda biotexnologiya fanlaridan o‘tiladigan o’quv mashg’ulotlari jarayonida foydalanish mumkin. Shuningdek, to‘plangan ilmiy ma'lumotlar internet tarmog’i va so’nggi yillarda himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyalaridan olingan bo’lib, katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega.
Natijalarning e'lon qilinganligi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy natijalari bo‘yicha 2014-2015 yillarda universitetda o‘tkazilgan “Fan, taraqqiyot va yoshlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada 2 ta tezis e'lon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi va strukturasi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 4 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Ish 57 sahifada bayon etilgan. Unda 1 ta jadval va 14 ta rasm keltirilgan.
I BOB. HUJAYRADAGI HAYOTIY JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
Tirik organizmlar xilma-xil bo'lishiga qaramay, ularning barchasi hujayraviy tuzilishga ega hamda o'xshash kimyoviy elementlar va moddalardan iborat. Yirik sut emizuvchi hayvon kit ham, mayda chivin ham hujayralardan tuzilgan. Hujayra tiriklikning barcha xossalarini o'zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.
Organizm bilan tashqi muhit o'rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo'lib turadi. Ba'zi bir moddalar organizm tomonidan o'zlashtirilsa, boshqa moddalar, aksincha, tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. Bunda murakkab jarayonlar kuzatilib, natijada oddiy moddalardan murakkab moddalar hosil bo'ladi, ular o'z navbatida organizmning tana tuzilishi uchun sarflanadi.
Yoki murakkab moddalar oddiy moddalarga parchalanishi mumkin, bunda organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan energiya ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o'sishi va ishlashini ta'minlaydi.
Barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Oziqlanish tashqi muhitdan ozuqa moddalarni o'zlashtirishdir. Ozuqa barcha tirik organizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o'sishi va boshqa ko'pgina jarayonlar omili bo'lib, moddalar va energiya manbayi hisoblanadi.
Tirik organizmlar o'z hayot faoliyatini saqlab turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo'ladi. Energiya nafas olish jarayonida ozuqa mod­dalardan ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to'planishi mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanib, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o'sadi va rivojlanadi. O'sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o'zlashtirish hisobiga amalga oshadi.
Organizmlar tashqi muhitdagi va o'zida kuzatiladigan barcha o'zgarish- larga ham sezgir bo'ladi. Buning uchun yashil o'simliklarning quyosh nuri ta'siriga bo'lgan munosabatini ko'rsatib o'tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo'zg'aluvchanlik xususiyati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar o'zini oizi idora etish xususiyatiga ham ega bo'lib, u organizmni o'zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma'lum bir me'yorda ushlab turish, ya'ni gomeostaz bilan bog'liq. Bunda tashqi muhitdan qandaydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o'zining ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha moddalarni zaxira sifatida saqlashga o'tkazishi mumkin. Bunday jarayonlar esa turli yo'llar bilan, ya'ni nerv, endokrin va boshqa ba'zi bir idora etuvchi tizimlarning faoliyati natijasida amalga oshiriladi.
Tabiiyki, tashqi muhitdan hujayralar ichiga zarur moddalar qanday qilib kirishi mumkin, degan savol tug’iladi. Hujayralar qobig’i va sitoplazma o’zi orqali hamma moddalarni ham o’tkazavermaydi. Masalan, tuproqdan hujayralar ichiga suv va unda erigan moddalar kiradi.
O’simliklar hujayrasi ichiga tashqaridan kirgan turli eritmalar qayta ishlanib, hayotiy zarur moddalarga aylanadi. Shunday qilib, hujayralar ichiga tashqaridan turli moddalar kiradi. Bu hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biridir.
Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o’sishi va bo’linishidir. Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo’lib, o’sgan sari yiriklasha boradi (1-rasm). Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma’lum o’lchamgacha o’sadi. O’sish jarayonida o’simliklarning ayrim hujayralari shaklini o’zgartirmagani holda, ko’pchilik hujayralar shaklini ma’lum darajada o’zgartiradi.


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə