Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


-rasm. Hujayralarning o’sishi va bo’linishi



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə3/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

1-rasm. Hujayralarning o’sishi va bo’linishi
Hujayralarning qobig’i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko’proq joy egallaydi.
Bu belgi yosh va qari hujayralarni ajratish imkonini beradi. Vaqt o’tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag’iz butunlay yo’qolib, ularning o’rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo’ladi.

2-rasm. Hujayraning bo’linishi: 1 - ona hujayra bo’linguncha; 2 - bo’linish oldidan hujayra mag’izi yiriklashadi; 3 - mag’izi ikkiga ajralgan hujayra; 4 - yosh hujayralar. Ular sitoplazmadagi to’siq orqali ajralib turadi.
Hujayralar bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Shuni ham aytish kerakki, hamma hujayralar ham bo’linavermaydi. Faqat o’sish nuqtasidagi hujayralargina bo’linadi. Hujayralarning bo’linishida mag’iz katta rol o’ynaydi. Qari hujayralardan yosh hujayralar yuzaga kelguncha ularda juda katta va murakkab biologik o’zgarishlar sodir bo’ladi, ya’ni mag’zi yiriklashib, oldingi shaklini va qobig’ini yo’qotadi (2-rasm).
Bo’linadigan hujayralarda dastlab mag’iz yiriklashadi, so’ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to’siq paydo bo’lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo’linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o’tadi. Hosil bo’lgan yosh hujayralar o’zidagi oziq moddalar hisobiga o’sishda davom etadi. Ular ona hujayra o’lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo’linadi. Shunday qilib, o’sish hujayralarning bo’linib ko’payishi va o’sishi hisobiga boradi.
Tirik hujayraning qobig’i murakkab tuzilishga ega, u bir moddani osongina o’tkazsa, boshqasiga to’sqinlik qiladi. Hujayra qobig’idagi yarim o’tkazuvchanlik hususiyati u nobud bo’lguncha saqlanib turadi. Demak, qobiq hujayraning butunligini saqlash bilan bir qatorda moddalaming tashqaridan kirishini tartibga solib turadi hamda ortiqcha moddalarni tashqariga chiqaradi.
Hujayraning kimyoviy tarkibini, uning ichki tuzilishini chuqur o‘rganish biologiyaning rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hujayrada to‘xtovsiz kechib turadigan hayotiy jarayonlarning asosi, modda va energiya almashinuvi bo‘lsa ham, ularning tashkil topishi, idora qilinishi, bunda ayrim komponentlar va organellalarning ishtiroki katta ahamiyat kasb etadi.
Hujayra elementar tirik sistema. U mustaqil yashash, o‘zidan ko‘payish va rivojlanish qobiliyatiga ega. Hujayra tarkibidagi komponentlar o‘z funksiyalarini ma'lum darajada mustaqil ravishda bajarib tursa ham, hujayra faoliyatida ular minglab reaksiyalarni bexato kechishida to‘la uyg‘unlikda ishtirok etadi.
Organizm, ya'ni ochiq sistema uchun tashqi muhit o‘rtasida modda, energiya va axborot almashishi xarakterli xususiyatdir. Moddalar almashinuvi ularning biologik tizimlar ichiga tashilishi bilan bevosita shartlangandir.
Organizmni tashkil etgan barcha moddalar limfa va qon oqimi bilan yetkaziladi, ular to‘qima va organlar o‘rtasidagi almashinuvni ta'minlab sezilarli bo‘shliq hosil qiladi. Qon va to‘qima o‘rtasidagi almashinuv vaqtida modda qon-tomir devoridan o‘tkaziladi. Hujayra ichida esa to‘xtovsiz ravishda organella membranalari orqali moddalar tashilishi amalga oshib turadi. Organizmda moddalar tashilishining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, biologik membranalarning molekulyar tuzilmalarining turli xil buzilishlari bilan bog‘liq og‘ir kasalliklarning namoyon bo‘lishi yuqorida keltirib o‘tildi.
Hujayrada organik birikmalar yonganda oxirgi mahsuloti sifatida CO2 va H2O hosil bo‘ladi. Yonganda ko‘p moddalarning angidridlari hosil bo‘ladi, Fosforlan uning angidridi, oltingurtdan angidridi hosil bo‘ladi. Oksidlanish ayniqsa nafas olish jarayonida oxirgi maxsulot CO2 va H2O hosil bo’ladi. Aytib o’tilgan nafas olish zanjiri mitoxondriyalarning membranalarida sodir bo’ladi va bu biomembranalarning nechog’li ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib beradi. Birgina mitoxondriya membranalarida joylashgan fermentlar tomonidan amalga oshiriladigan biokimyoviy reaktsiyalar cheksizdir. Buning natijasida hujayra uchun energiya hosil bo’lish jarayoni amalga oshirilib turiladi. Hujayrada organik birikmalarning oksidlanishi vodorod atomining ajralishi bilan sodir bo‘ladi. Bu jarayon Palladii tomonidan aniqlangan. Bunday jarayonlarni degidrogenazalar amalga oshiradi. Ajralgan vodorod to‘g‘ri kislorodga bormay balki oraliq moddalar orqali o‘tgandan so‘ng kislorodga beriladi. Elektron va protonlar tashilishda NAD, FAD, KoQ, sitoxromlar ishtirok etadi.
Umuman olganda hujayrada amalga oshadigan barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlar uning asosiy komponentlaridan biri-biomembranalar faoliyati bilan uzviy bog’liqdir.


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə