Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


Hujayra membranasining tuzilish asoslari. Membrana lipidlari va oqsillari



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə7/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

3.1. Hujayra membranasining tuzilish asoslari. Membrana lipidlari va oqsillari.
Organizmlar hayot faoliyati jarayonlarini o‘rganishning qiyinligini tirik materiyaning funksional xossalarini aks ettiruvchi termodinamik va kinetik ko‘rsatkichlarning murakkabligigagina emas, tirik organizm barcha qismlarining tuzilish jihatdan juda yuksak va murakkab tuzilganligiga ham bog‘liqdir. Tirik organizmlarda barcha hayotiy (biokimyoviy va fiziologik) jarayonlar aynan hujayralarda kechishi ma’lum. Hujayralar atrof-muhit bilan modda va energiya almashib turadigan ochiq termodinamik funksiyadir. Hujayralarda ushbu jarayonlarning normal darajada borishini uni o‘rab turgan yupqa parda – membrana ta’minlab turadi. Membranalar juda yupqa tuzilgan bo‘lsada, hujayra hayot faoliyati uchun benihoya katta ahamiyatga egadir.
Shu sababdan, biologiya fanlari (biokimyo, sitologiya, biofizika, fiziologiya va boshq.) doirasida olib borilayotgan ko‘pgina izlanishlar birinchi navbatda membrananing kimyoviy tuzilishi va uning ishlash mexanizmini o‘rganishga qaratilgan. Hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo‘nalish – membranоlogiya shakllandi. Membranologiya biologik membranalar tuzilishi, molekulyar shakllanishi, membrana tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari, membrananing fizik-kimyoviy xossalari va ular faolligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug‘ullanadi.
Biologik membranalar faoliyati xilma-xil bo‘lib, shulardan biri – baryerlikdir. Membranalar hujayra ichki muhitini tashqi muhitdan ajratib qolmasdan, hujayra ichini, struktura va funksional alahidalashgan bo‘limlar –kompartmentlarga bo‘linishida ham ishtirok etadi. Hujayra organoidlari membranalari alohida-alohida tuzilishga va o‘ziga xos ishlash mexanizmiga egadir.

6-rasm. Biomembranalarning sxematik tuzilishi (Asrarov, Xushmatov 2006).
6-rasmda barcha hujayralarning membranalari uchun umumiy bo‘lgan tuzilish sxemasi keltirilgan. Unga ko‘ra membrananing tashqi va ichki tomonini periferik oqsillar o‘rab turadi. O‘rta qavatda 2 qator fosfolipid qatlam joylashgan. o‘tgan. Ular ion kanallarini hosil qiladi.
Ikkilangan lipid qatlami, lipidlarning monoqatlamidan shunday tashkil topadiki, ikkala qatlamning gidrofob “dumlari” ichki tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda gidrofob qismlardagi molekulalarning suv bilan bo‘ladigan eng kichik kontakti amalga oshiriladi (7-rasm).


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə