Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


-rasm. Hujayra ion kanallarini tadqiq qilishda qo’llaniladigan Patch clamp uslubi



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə5/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

3-rasm. Hujayra ion kanallarini tadqiq qilishda qo’llaniladigan Patch clamp uslubi





4-rasm. Rak hujayrasining bo’linishi. Skanirlovchi fluoresent mikroskopdan foydalanilgan holda olingan tasvir.

Fluoressensiya biologik va tibbiy tadqiqodlarda keng qo‘llanilmoqda. Biofizika, molekulyar va hujayra biologiyalarining ko‘pgina yo‘nalishlari aynan fluoressensiyaning yangi usulari evaziga yuzaga keldi va rivojlandi. Fluoresent markerlari kiritilgan maxsus usullar va bir qancha yorug’lik filtrlaridan foydalanish bir vaqtning o’zida bir nechta obyektlarni kuzatish imkonini beradi Masalan, biofiziklar uchun fluoressensiya biologik makromolekulalar – nuklein kislotalar va oqsillarning tarkibi, dinamikasi va funksiyalarini hamda biomembranalar tarkibini tadqiq qilishda tezkor va sezgir metod hisoblanadi[1,2,3,5].


III BOB. BIOMEMBRANALARNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ma'lumki, barcha tirik hujayralarning ichki muhiti tashqi muhitdan membrana orqali ajralib turadi. Shuningdek, hujayra organellalari, komponentlari (hujayra ichki qismlari) ham membrana bilan qoplangan. Membrana so‘zi lotincha membrana - yupqa parda degan ma'noni beradi. Hujayra membranasi lipidlarning 3 ta sinf vakillaridavn tashkil topgan bo‘lib, ular: fosfolipidlar, glikolipidlar va xolesteroldir.
Fosfolipidlar va glikolipidlar gidrofil “bosh”ga birikkan ikkita uzun uglevodorodli gidrofob “dum”lardan tashkil topgan.
Xolesterol lipidlarning gidrofob dumlari o‘rtasida erkin bo‘shliqni egallab, ularning egilishiga yo‘l qo‘ymaydi va membranaga qattiqlik beradi. Shuning uchun xolesterol kam miqdordagi membrana qiyshiq, ko‘pmiqdordagisi esa ancha qattiq va ta'sirchan bo‘ladi. Shuningdek, xolesterol hujayradan hujayraga qutbli molekulalarning mos ravishda o‘tkazilishida “to‘xtatuvchi” bo‘lib xizmat qiladi.
Membranalarning eng muhim qismini, uning turli-tuman xususiyatlariga javob beruvchi va uni qo‘zg‘atuvchi oqsillar tashkil etadi. Ularning tarkibi va joylashuvi har xil membranalarda turlicha bo‘ladi. Oqsillar bilan yonma-yon tarkibida to‘yingan yog‘ kislotalar bo‘lgan annulyar lipidlar joylashgan bo‘lib, ular ancha tartibli, kam harakatli bo‘ladi va membranadan oqsillar bilan birgalikda ajratib olinadi. Membrana oqsillari annulyar lipidlarsiz ishlamaydi.
Hujayra memranasi assimetrik bo‘ladi, ya'ni qavatlar lipid tarkibi jihatdan farq qilib, tashqi tomonida mos ravishda fosfatidilinozitol, fosfatidilxolin, sfingomielinы va glikolipidlar, uning ichki tomonida -fosfatidilserin, fosfatidiletanolamin va fosfatidilinozitollar bo‘ladi. Alohida molekulaning bir qatlamdan ikkinchisiga (flip-flop) o‘tishi qiyin, biroq plazmatik membrananing skramblaz va flippaz oqsillar yordamida taxminan 6 oyda bir marotoba spontan sodir bo‘lib turadi. Agar tashqi qavatda fosfatidilserin paydo bo‘lsa, hujayrani yo‘q qilish zarurati to‘g‘risida makrofaglar uchun signal yuzaga keladi[38].
Membranali organellalar alohida yopiq yoki bir-birining sitoplazma qismlari bilan bog‘langan gialoplazmadan membranalar bilan ajratilgan. Bir membranali organellalarga endoplazmatik to‘r, Golji apparati, lizasoma, vakuola va peroksisomalar kirsa, qo‘sh membranalilarga yadro, mitoxondriya va plastidalar kiradi. Turli xil organellalarning membrana tuzilishi lipid tarkibi va membrana oqsillari bo‘yicha farq qiladi.
Membrana lipidlari 14-22 ta uglerod atomlaridan iborat zanjir bo‘lib, fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar molekulasi ikki qismdan tashkil topgan: bosh qismi (qutblangan gidrofil) va dum qismi (gidrofob). Fosfolipidning bosh qismi fosfor kislotasi qoldig‘i, gidrofob dum qismi uglevodorodlar qoldig‘idan tashkil topgan. Lipid molekulalari hujayra membranasida qalinligi 3,5-4,0 nm bo‘lib, ikki qavat hosil qilib joylashadi.
Biomembranalar tarkibiga kiruvchi oqsillar xilma - xil bo‘lib, ularning molekulyar massasining qiymati o‘rtacha 10 - 240 kD hisoblanadi. Oqsillar membranada lipid molekulalari matriksida joylashish o‘rniga ko‘ra integral va periferik oqsillarga bo‘linadi. Membrananing lipid qismiga kam bog‘langan bo‘lib, membrana chekkasida joylashgan oqsillar periferik oqsillar deyiladi. Lipidga bog‘lanib, membranani ichki qismiga yorib kirgan oqsillar esa integral oqsillar deb nomlanadi. Membrana oqsillari fermentativ, modda va ionlar tashilishi, regulyatorlik va strukturaviy tuzilish kabi funksiyalarni ta'minlaydi.
Membranada oqsil molekulalari uglevodlar bilan birikib glikoproteidlarni yoki lipidlar bilan birikib, lipoproteidlarni hosil qiladi. Oqsillar hujayra quruq massasining 10-15 % ni, lipidlar 25-75 % ni tashkil qiladi.
Har qanday membrananing asosini ikkilangan lipid katlami (aytarli darajada fosfolipidlar) tashkil etadi.
Membranani hosil qiluvchi lipid molekulalari, amfipatik birikmalar hisoblanadi, ya'ni ikkita turli xildagi funksional qismdan: kutblangan «boshcha» va nokutbiy gidrofob «dum»dan iborat [6].


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə