Mundarija kirish I bob. Ijtimoiy rivojlanishni ishlab chiqarish jarayonining tuzulishi


Ishlab chiqarish fanining mazmuni



Yüklə 107,24 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü107,24 Kb.
#133957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IQTISODIY RIVOJLANISH NAZARIYALARI kurs ishi





Ishlab chiqarish fanining mazmuni


  • 1. Nazariy bilimlar, obyektning tavsifi, ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi.

  • 2. Ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ulardan foydalanishning ilmiy asoslari.

  • 3. Xo‘jalikni boshqarish funksiyasi.

  • 4. Boshqarishning tashkiliy shakllari va texnologiyasi.

Ishlab chiqarish menejmentining vazifalari:
Xalqning moddiy va ma’naviy darajasini yanada oshirish, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish asosida, shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mehnat unumdorligini, odamlarning ijtimoiy va mehnat faoliyatini oshirish — ijtimoiy strategiyasining oliy maqsadidir.
Ishlab chiqarish vazifalarini aytib o‘tish mumkin:

  • 1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada oshirish, aholining turli-tuman yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va buning uchun kerakli rezervlarni yaratish.

  • 2. ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmuni, asosiy

va yordamchi ishlab chiqarish, sanoat korxonalarining infrastrukturasini, mehnat va unga haq to‘lashning nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish;

  • 3. iqtisodiy islohot sharoitida korxonalarda boshqarishni, ayniqsa iqtisodiy boshqarishni, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash muammolarini yechishni o‘rganish.

  • 4.mamlakatni yetarli darajada ichki oziq-ovqat va furajli resurslar bilan ta’minlash, boshqa mamlakatlardan keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ya’ni importni kamaytirib borib, oxiri umuman tugatish, eksportni vaqti bilan kengaytirish.

  • 5. Qishloq xo‘jalik, unga xizmat ko‘rsatuvchi ishlov berish sanoati tarmoqlari, tayyorlov majmuyi, saqlash, transportirovka va savdoning harakati birligini ta’minlab, ularni umumiy maqsadga — aholini yuqori sifatli va turli-tuman mahsulotlar bilan ishonchli va o‘z vaqtida ta’minlashga bo‘ysundirish.

  • 6. korxonalarda ishlab chiqarish tizimining o‘zgarishi shakllari va yo‘llari, ishlab chiqarishi faoliyatining maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari va baholash mezonlarini o‘rganish.

  • 7. mahsulot tannarxini kamaytirish.

  • 8. xomashyo, material, yoqilg‘i va energiyani tejash.

  • 9. mehnat samaradorligini oshirish.

  • 10. asbob-uskunalardan foydalanish va ularni takomillashtirish maqsadida texnik-tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va mavjud rezervlarni aniqlash yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun menejer — iqtisodchi ishlab chiqarish menejmenti nazariyasini yaxshi bilishi, kerakli miqdordagi yuqori iqtisodiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi kerak.

Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishning uchta elementi aloqasi bilan tavsiflanadi: mehnat predmetlari, mehnat qurollari va ishchi kuchi yoki mehnatning o‘zi. Agar bu elementlarning nisbati o‘zgarsa, jarayonning natijasi ham o‘zgaradi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish amaliyoti, o‘z predmeti, obyekti va uslubiga ega bo‘lgan «ishlab chiqarish menejmenti» fanida aks etadi. Bu fanning predmeti — xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va turlari, kam mehnat, moddiy va pul resurslari sarfagan holda, yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beruvchi ish uslublarini ishlab chiqish hisoblanadi. «ishlab chiqarish menejmenti» fanining obyekti bu oziq-ovqat sanoati korxonasidir.


    1. Yüklə 107,24 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə