Mundarija Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 243,33 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü243,33 Kb.
#183813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar

Texnologiya – biror ishda, san'atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar
yig`indisi. (Izohli lug`at). 


Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati
metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel). 


Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya)
vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda 
ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).


Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta'limning shakllari, metodlari,
usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi 
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u
pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev). 


Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro
ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini 
qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish,
qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO). 


Pedagogik texnologiya turlari 
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim 
belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, 
tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik 
texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli,
xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, 
texnologiya,
amalaiy

fanlar,
kasb-hunarlar, 


maxsus ta’lim pedagogik
texnologiyalari mavjud. 


33
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga 


qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib


o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, 
u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida
keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. 
Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu
tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi. 



Yüklə 243,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə