Mundarija Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


III.2 Fizika fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik va axborot



Yüklə 243,33 Kb.
səhifə9/13
tarix22.03.2024
ölçüsü243,33 Kb.
#183813
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar

III.2 Fizika fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik va axborot 

texnologiyalarini qoʻllash 
Bugungi kunda ta’lim tizimining ta’labi ta’lim jarayonini zamonaviy axborot 
va pedagogik texnologiyalar bilan bogʻlagan holda tashkil qilishdadir. XXI asr
axborot texnologiyalari asri deb tan olingani barchamizga ma’lum. Axborot 
texnologiyalari, texnika vositalari shu darajada rivojlanib ketganki, u
hayotimizning har-bir sohasiga kirib kelmoqda. Bunday texnologiyalarni deyarli 
barcha sohada qoʻllashimiz mumkin.
O'qituvchi o'quvchi (talaba)larni juftliklarga ajratadi
Har bir juftlikka mavzuga doir o'quv materialining 5 (6, 7, 8, 9)ga
ajratilgan qismlari joylashtirilgan konvert berilib, ular orasidan tayanch 
tushunchalarni ajratish vazifasi topshiriladi
Juftliklar topshiriqni tamomlaganlaridan so‘ng, o'qituvchi o‘quvchi 
(talaba)larni 6 nafardan iborat a'zosi bo‘lgan guruhga ajratadi
Guruhdagi har bir juftlik o‘z yechimini qolgan ikkita guruh a'zolariga 
tushuntirib beradi
Guruh ichidagi juftlik lar o‘z ishlari bilan sheriklarini tanishtirib
bo'lgach, guruh yagona fikr(xulosa)ga keladi
Har bir guruh o‘z xulosasi bilan boshqa guruhlarni tanishtiradi
M ashg‘ulot yakunida guruhlar bir-birlarining ishlariga baho beradi
O‘qituvchi jamoa fikrin i umumlashtirib, mash g'ulotni yakunlaydi


43
Shulardan biri albattda ta’lim sohasidir. Bugungi kunga kelib ta’lim sohasi iloji 


boricha
axborot

texnologiyalari
bilan

taminlanib


kelmoqda. 
Bunday
texnologiyalarga albatda kompyuter xonalari, internet tizimi, elektron doskalar, 
taqdimot namoyish qilish uchun moʻljallangan proeksion apparatlar va boshqalarni
misol tariqasida aytishimiz mumkin. Bu axborot texnologiyalari ta’lim sifatini 
oshirish va shu bilan bir qatorda oʻquvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan
tanishish, ularni ishlatishni oʻrganishlariga yordam beradi. Zamon bilan hamnafas 
boʻlishga intilish esa oʻz navbatida dunyoqarashning shakillanishiga olib keladi.
Fizika fanini oʻqitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash birinchi 
navbatda fizikaviy bilimlarni chuqurroq egallashda qoʻl keladi. Bilamizki fizika
darsidagi koʻplab mavzular aynan tajribalar oʻtkazilishiga borib taqaladi. Bugungi 
sharoitlardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak bunday tajribalarni har bir darsda
amalga oshirish buyoqda tursin, loboratoriya darslarinini ham yuz foizda otkazish 
biroz qiyinroq ma’saladir. Bunday sharoitda bizga aynan axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish qoʻl keladi.
Axborot texnologiyalari rivojlanga bu davrda deyarli barcha fizik
tajribalarning elektron versiyalari ishlab chiqilgan. Bu tajribalarni oʻquvchilarga 
namoyish qilishimiz mavzuni chuqurroq anglab yetishlarida yordam boʻladi.
Tajribalarni namoyish qilishimiz uchun kompyuter texnologiyalari, proeksion 
apparatlar va internet termogʻiga ulangan oʻquv xonalarini tashkil qilishiz kerak
boʻladi. 
Zamonaviy axborot tenologiyalari bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va interfaol metodlarning dars jarayonida qoʻllanilishi ta’lim sifatini 
oshirishda muhum rol egallaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nafaqat
bilimlarni oson egallashga yordam beradi, balki yoshlarni komil inson qilib 
tarbiyalashda ham katta turtki boʻladi. Bugungi kunda ta’lim sohasida pedagogik
texnologiyalarni qoʻllashdan asosiy maqsad ham shudir. 
Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya gʻoyalarini maktab amaliyotiga
olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Istiqbolga yoʻnalgan bu zalvorli
vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni,


44
ta’lim jarayoni qobigʻida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va


ishga tushirishni, XXI asr maktabining tabiati va mohiyatiga, xalqimizning


milliy mintalitetiga, oʻquvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim 
tizimini asoslashni taqozo qiladi.
Ilm fan axborotlarining hozirgi davr oʻsish tezligi va hajmi ularni
oʻtgan 15-20-yildagi holatidan keskin farq qiladi. Shu bois talab
zamonaviy talablarga koʻproq moslashgan shaxsga yoʻnaltirilgan texnologi­ 
yalarini yaratishni taqozo qiladi.
Pedagogik texnologiyada ta’limning davriyligi markaziy muammolardan 
biridir. Fizika ta’limi davrlarini oʻrganish, ularni ajratish oʻlchovlarini aniqlash,
oldingi davrdan keyingisini farq qilish, oʻquv ishlari davrlarini qat'iy 
chegaralash, shubhasiz, qator yutuqlarga olib keladi: har bir davr uchun yaroqli
ta’lim vositalarini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi; davrdan davrga oʻtgan 
sari oʻrganilgan va endi oʻrganiladigan bilimlar oʻrtasidagi aloqadorlikni
ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratiladi; u yoki bu o ‘quv materialini toʻliq 
oʻzlashtirish uchun zaruriy takrorlash chegarasi aniqlanadi; ta’limning oqilona
harakati uchun shart-sharoit tayyorlanadi. Oʻz navbatida fizika ta’limi davriyligi 
toʻrtta davirdan iborat boʻladi.

Yüklə 243,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə