Mundarija Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


III.4 Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati mavzusini oʻqitishda PhET



Yüklə 243,33 Kb.
səhifə12/13
tarix22.03.2024
ölçüsü243,33 Kb.
#183813
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar

III.4 Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati mavzusini oʻqitishda PhET 

interactive simulations dasturidan foydalanish 
Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakatini oʻqitishda maxsus ishlangan 
maketdan foydalanish mumkin. Maket dastagi harakatga keltirilsa Yer va Oyning
Quyosh atrofidagi harakati yuzaga keladi. Lekin bu uskuna hamma oʻquv 
oʻrinlarida bor deb aytolmaymiz. Shunday boʻlsada dars jarayonida bu harkatni
o’quvchilarga verual tarzda namoyish qilish mumkin.
Buning uchun PhET ning rasmiy veb sayti orqali “gravity-and-orbits_en.jar”
simulatsiyasini yuklab olishimiz kerak yoki shu joyning oʻzida foydalanishimiz 
uchun ochishimiz kerak. Oʻquvchilarga simulyatsiyani yuklab olishni yoki veb
saytning oʻzida foydalanishni koʻrsatishimiz uchun bizga internet tarmogʻiga 
ulangan kompyuter kerak boʻladi. Hozirgi shart- sharoitlardan kelib chiqib
aytadigan boʻlsak, oʻquvchilarning bu boradagi koʻnikma va malakalarini 
shakillantirish birmuncha muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki hamma oʻquv
oʻrinlarida ham bunday imkoniyatlar tashkil qilingan deb ayta olmaymiz. Bunday 
holatda oʻqituvchilarning oʻzlaridan biroz faollik va jonkuyarlik talab qilinadi.
Simulyatsiyani yuklab olish uchun PhET veb saytiga kiramiz va simuyatsiya 


53
kategoriyalaridan 


“Physics”


boʻlimi tanlanadi. Bu boʻlimdan 

“motion”


ya’ni

harakat boʻlimi tanlanadi. Bu boʻlim ichida harakatga bogʻliq simulyatsiyalar


jamlangan. Ular ichidan gravity-and-orbits_en.jar simulyatsiyasi tanlanadi. 
Simulyatsiya yuklab olinib oquvchilarga namoyishga tayyorlanadi. Buning uchun
bizga kompyuter va proektor bilan taminlangan xona zarur boʻladi.
Simulyatsiya yangi mavzuni oʻtish jarayonida ma’ruza haqida qisqacha
ma’lumot berilgandan keyin namoyish qilinishi maqsadga muvofiq. Shunda biz 
ma’ruza jarayonini namoyish bilan uygʻunlikda olib borishimiz mumkin.
Oʻquvchilarda eshitish sezgi organi bilan koʻrish sezgi organlaridan birgalikda 
qabul qilinayotgan informatsiyalar xotirada chuqirroq saqlab qolinadi.
Simulyatsiya ochilganda ekranda quyidagi oyna ochiladi.
Koʻrib turganimizday markazda sariq rangda Quyosh tasvirlangan, uning
yonida esa yer sayyorasi tasvirlangan. Oʻng tomondagi uskunalar paneli orqali 
harakatning turli koʻrinishlarini koʻrishimiz mumkin. Bular:
1. Yerning Quyosh atrofidagi harakati. 
2. Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati.
3. Oyning Yer atrofidagi harakati. 
4. Sun’iy yoʻldoshning Yer atrofidagi harakati.


54
Bundan tashqari bu panelda gravitatsiyani yoqish yoki oʻchirish, gravitatsiya 


kuchining yoʻnalishini


koʻrsatish, tezlanishning yoʻnalishini koʻrsatish, 
traektoriya va koordinatani koʻrsatish tugmalari joylashtirilgan. Undan tashqari
Quyosh va Yerning hajmi(massasi)ni oʻzgartirish mimkin. Simulyatsiyada aylanish 
tezligini oshirish yoki koʻrinish maydonini kattalashtirish mumkin. Reset va Reset

all tugmalari orqali esa barcha oʻzgartirishlar va harakat jarayonini qaytadan


boshlashimiz mumkin. Tugmasi orqali harakatni boshlashimiz mumkin. Mavzu 
yuzasidagi harakat turini oʻquvchilarga namoyish qilish uchun 2-harakat turini
tanlab harakatni boshlash tugmasini bosaniz. Oy va Yerning traektoriyasini koʻrish 
uchun Path tugmasini yoqamiz. Bu holda ekranda quyidagi koʻrinish hosil
boʻladi. 
Oʻuvchilarga mavzu yuzasidan nazariy ma’lumotlarni berish bilan birgalikda
simulyatsiya namoyish qilinadi va buning orqasidan ularning koʻnikmalari 
shakillantiriladi. Gravitatsiya kuchi va tezlanishning yoʻnalishi yoqilib
oʻquvchilarga koʻrsatiladi. Gravitatsiyani oʻchirsak yoki Quyosh va Yer 
massalarini har xil tarzda oʻzgartirsak qanday holat yuz berishini koʻrsatiladi. Bu
esa oʻquvchilarda mavzu yuzasidagi qonun va qonuniyatlarni chuqur anglashda 
katta samara beradi.


55




Xulosa 
Bugungi kunda ta’lim sohasida ta’lim jarayonini interfaol tarzda tashkil qilish,
darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga boyitgan holda oʻqitish 
kerakligi bot-bot takidlanmoqda. Lekin shuni aytib oʻtish joizki, koʻp hollarda bu
faqat quruq gapligicha qolib ketmoqda. Dars jarayoni avvalgidek ananaviy tarzda 
oʻtkazilmoqda. Toʻgʻri har bir darsni pedagogik texnologiyalar, interfaol metodar
bilan oʻtish toʻgʻri kelmas. Bunda oʻquvchilar dars jarayonidagi «oʻyin» holatiga 
koʻnikib qolib, dars jarayonidagi ma’lumotlarni jiddiy qabul qilmasliklari mumkin.
Lekin texnologiyalar oʻz oʻrnida meyorida qoʻllanilsa ta’lim sifatini oshirishi 
shubhasiz.
Texnologiya birinchi navbatda oʻquvchilarni dars jarayoniga qiziqtira olishi va 
ikkinchi tarafdan bilimlarni osonroq egallashlariga yordam berishi kerak.
Shu jihatlarni hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishim orqali “PhET 
Interactive Simulations dasturi yordamida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi
harakati mavzusini oʻqitish”ni yoritib berdim.
Bitiruv malakaviy ishimni yoritishda zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalarini qoʻlladim. Bu, bugungi kunda biroz oʻquvchilar qiziqishlaridan 
chetda qolayotgan astronomiya sohasiga qiziqishlarini orttirishiga ishonaman.
Undan tashqari oʻquvchilarni axborot texnologiyalardan toʻgʻri foydalanishlariga 
undaydi deb oʻylayman.
Bitiruv malakaviy ishim orqali umumiy oʻrta ta’lim maktablari 9-sinflari uchun 
va akademik litsey talabalari uchun Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati
mavzusida namunaviy dars ishlanmalar taqdim qildim. Bu dars ishlanmalarni 
amalda dars jarayonida qoʻllashni taklif qilaman va bu darsning samarali oʻtishini
ta’minlaydi deb oʻylayman.





Yüklə 243,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə