Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 187,14 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü187,14 Kb.
#140585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O ‘qish turlari
Boshlang‘ich ta ‘limda o‘qishning uch turidan foydalaniladi:

  1. Ovozli o‘qish.

  2. Ichda o‘qish.

  3. Shivirlab o‘qish.

Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o‘qish bo‘lib, undan ta ‘lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o‘qishning yakka, jo ‘r va rollarga bo‘lib o‘qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o‘qishning bir shaklidir.Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o‘qiladi. Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o‘qishdir. Malakali kitobxon o‘qishning har uch turini bilish zarur.Ovozli o‘qishning ham, ovozsiz ichda o‘qishning ham, shivirlab o‘qishning ham o‘z qo‘llanish o‘rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf o‘quvchilari ichda o‘qiganda kam so‘z o‘qiydi,so‘zning ma’nolarini tushunmay qoladi, o‘qiganlarining mazmunini to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qishni endi o‘rganayotgan o‘quvchilar o‘qilayotgan matnni tushunib borishlari nchun eshitish sezgisiga ham e ‘tibor qaratganlar. Ikkinchidan, 2-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o ‘qish jarayonida ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri o‘qish natijasida uning ma’nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1-2sinflarda ovozli va shivirlab o‘qishdan foydalaniladi.3-4-sinflarda ovozli o‘qish bilan birga ichda o‘qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o‘qish ancha samarali bo‘ladi, lekin bunda ichda o‘qish mexanik o‘qishga aylanmasligi kerak. Ichda o‘qish biror maqsadga yo‘naltirilishi, ya’ni quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o‘qitilishi lozim:
— She’rni ichingizda o‘qib, ifodali o‘qishga tayyorlaning.
— Ichda o‘qing, ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlab, lug‘at daftaringizga yozing.
Lug‘atdan foydalanib, ularning ma’nosini izohlashga harakat qiling.
— Hikoyani ichingizda o‘qib, uni qismlarga bo‘ling.
— Ichingizda o‘qib, ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qishga tayyorlaning.
— Ichingizda o‘qing. Tabiatning ko‘rinishi tasvirlangan o‘rinni toping.
Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o‘quvchilaming asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur.Ichda o‘qishda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘qishidagi kamchiliklami aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo‘yadi.
—Ichda o‘qishning afzalliklari quyidagilar:

  1. Bir vaqtning o‘zida butun sinf o‘quvchilari o‘qiydi.

  2. O‘quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari takomillashadi.

  3. O‘qituvchi har bir o‘quvchining mustaqil ishlash jarayonida o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi.

  4. Ichda o‘qishda ongli o‘qishga talab va e’tibor kuchayadi.

—Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar:
1.O‘qituvchi o‘quvchilaming xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘- nikmalarini aniqlay oladi

  1. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.

  2. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi.

  3. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e ‘tibor beriladi.

  4. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta

ahamiyatga ega.
Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, 0’qituvchi sinf jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilami darsga tayyorlash bosqichlarida o‘tkaziladi. Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1- 2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3-4-sinflarda ichda o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3-4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda chegara qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, ya’ni o‘qish to ‘g ‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur.

Yüklə 187,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə