Mundarija kirish. I bob o`yinning tavsifi va mohiyati va jahonda basketbolning rivojlanish


Basketbolning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə3/8
tarix29.05.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#114028
1   2   3   4   5   6   7   8
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport

Basketbolning rivojlanish bosqichlari



  1. bosqich. 1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funkstiya vazifalar belgilab beriladi.

  2. bosqich. 1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy basketbol federastiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir – musobaqalar o’tkaziladi.

  3. bosqich. 1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federastiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.

  4. bosqich. 1948-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda butun dunyoda basketbol o’yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport maxoratining o’sishi ham ana shu davrga to’g’ri keladi. To’pni bir qo’l bilan otish qoidasi paydo bo’ladi, raqibning xujumiga qarshi o’zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab priyomlar paydo bo’ladi. Mini- basketbol o’yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.

  5. bosqich. 1986-1990 yillarda milliy Federastiyalar soni ortadi. Milliy profistional basketbol uyushmalari (XBA) paydo bo’ladi. Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o’yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik metodikasi takomillashtiriladi

Chambar halqalarni (1936 yil sentyabr oyida) doira shaklida temir halqalar bilan texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan halqalar almashtirilishi to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va elkadan bir qo’llab har harakat vaqtida ham turgan joyidan halqaga tushirish imkonini berdi (to’pni uzatish va olib yurish texnikasi yaxshilandi).


1937 yildan boshlab terma jamoalar o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika musobaqalari o’tkazila boshladi, sport jamiyatlari jamoalari g’oliblari o’zaro shahar, viloyat birinchiligi o’tkaza boshladilar. G’olib chiqqan jamoaga “chempion” unvoni berilib, ularga Butunmamlakat musobaqalarda O’zbekiston tarafini himoya qilish huquqi ham beriladigan bo’ldi.
1939 yil yanvaridan boshlab yangi qoidalar joriy etila boshlandi: zahirada o’yinchilarga ega bo’lishga ruxsat berildi. “O’yinchiga sof vaqt ajratish” qoidasi joriy etildi, “uch sekund” qoidasi mavjud edi. Man shu punktning joriy etilishi bilan o’yin ancha dinamik xarakter kasb etadi. Bunga yana qoidalarning to’pni to’xtamasdan doira chizig’idan to’g’ridan-to’g’ri to’pni halqaga tushirilgan hollarda (o’yinni har safar markazdan boshlamasdan) o’yinni to’xtatmasdan to’pni o’yinga kiritishga ruxsat beradigan boshqa bir punkt ham o’yin dinamikasini oshirdi. Ilgari bir o’yinchi tomonidan shaxsan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xatolarning soni 4 xato bilan chegaralanib quyildi, jarima to’pini tashlash huquqi aziyat chekkan o’yinchining o’ziga beriladigan bo’ldi. O’sha qoidalar bo’yicha basketbol halqasining aniq o’lchovlari ham belgilab qo’yildi (diametri 45 sm, to’pning og’irligi 600-650 gr) hamda barcha basketbol maydonchalari uchun yagona o’lchovlar 26 x 14 m tarzida belgilab qo’yildi. 1939 yilning qish davri mobaynida ko’rgazmali hakamlik o’yinlari o’tkazildi.
Ulug’ Vatan urushi boshlanishi bilan O’zbekiston jismoniy tarbiya tashkilotlari o’z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy o’quv punktlari tuzildi.
1943 yilga kelib jismoniy tarbiya – ommaviy ishlar, shu jumladan, basketbol ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu yili basketbol bo’yicha shahar birinchiliklari bo’lib o’tadi. Shahar birinchiligidan keyin Respublika birinchiligi uchun
musobaqalar tashkil etilib unda “Dinamo” (Toshkent) jamoasining o’yinchilari ayollar o’rtasida chempion bo’ladilar. Markaziy armiya klubi (Toshkent) jamoasi erkaklar o’rtasida chempion bo’ladi.
1944 yili avgust oyida Tbilisida basketbol bo’yicha XI mamlakat birinchiligi o’yinlarining bayrog’i ko’tarildi. Bu erda DKA O’zbekiston ayollar jamoasi ishtirok etadi. Lekin u muvaffaqiyatli chiqa olmaydi va to’qqizinchi o’rinni egallaydi.
1945 yilda Respublika spartakiadasi o’tkaziladi. U tamom bo’lganidan keyin O’zbekiston jamoalari Frunze shahrida o’tkazilgan O’rta Osiyo va Qozog’iston spartakiadasida ishtirok etadilar. Unda O’zbekiston sportchilari basketbol bo’yicha va sportning boshqa turlari bo’yicha birinchi o’rinni egallab g’olib chiqadilar.
1946 yilda O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport ishlari komiteti Toshkent shahrida sport bo’yicha birinchi instruktorlar maktabini ochadi.
1947 yilda o’yin qoidalariga o’zgarishlar kiritiladi. Protokollarga 12 kishini kiritishga ruxsat beriladi. Musobaqalarning shiddat bilan o’tkazilishi har bir o’yinga ikkitadan hakam tayinlash zaruriyatini tug’diradi.
1947 yilda Butun mamlakatparadi o’tkazilganidan keyin O’zbekiston basketbol bo’yicha birinchiligi uyushtirildi. Unda 8 ta erkaklar jamoasi uch guruhdagi Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etib, V o’rinni egallaydi.
1948 yilda aprel oyining oxirlarida O’rta Osiyo rstpublikalari poytaxtlaridan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunda O’zbekiston ayollar jamoasi barcha tengdoshlaridan g’olib chiqib I- o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoasi esa faqat Olma-ota shahar jamoasiga yutkazib II- o’rinni oladi.
1949 yil yoz davrida O’zbekiston terma jamoalari mamlakat birinchiligi uchun o’tkazilgan o’yinlarda qatnashdilar. Unda erkaklar XVIII o’rinni, ayollar esa XX o’rinni oldilar.
1950 yilda Frunze shahrida basketbol bo’yicha O’rta Osiyo rstpublikalarining III- an’anaviy musobaqalari o’tkaziladi. Unda o’zbek basketbolchilari g’olib chiqadilar.
1951 yilda o’smirlar o’rtasida O’rta Osiyo chempionati birinchi marta
o’tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar I- o’rinni egallaydilar.
Respublikamiizning terma jamoasi Xarkov shahrida o’tkazilgan Mamlakat terma jamoalari o’rtasida o’tkazilgan o’yinlarda qatnashib, VII o’rinni egallaydi.
O’sha kezlarda matbuotda tez-tez metodik mazmundagi maqolalar paydo bo’la boshlaydi. 1958 yilning birinchi yanvardan boshlab basketbol bo’yicha yangi qoidalar, yangi sport klassifikastiyasi amal qila boshlaydi. Yangi sport klassifikastiyasidagi yosh talablari sport natijalarini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Huddi shu yili o’smirlar jamoalari o’rtasida, O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari poytaxt terma jamoalari o’rtasida an’anaviy musobaqalar bo’lib o’tadi. Shuningdek, musobaqa o’tkazish soxasida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi: endi musobaqalar ikki yosh guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan bo’ladi. Shu bilan bizning yigit-qizlarimiz Dnepropetroovsk shahrida bo’lib o’tgan Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etadilar. Hamda qizlar IX o’rinni, yigitlar XI o’rinni egallaydilar.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’sha kezlarda ko’pchilik jamoalarning tarkibi yosh o’yinchilar hisobiga kengaytirildi va yangilandi, ko’pchilik jamoalarning texnik tayyorgarlik darajasi yuksaldi. Chunonchi, erkaklar jamoalarining o’yinchilari Toshkent shahridagi eng yaxshi basketbolchilarning o’yin taktikasini mohirlik bilan qo’llab boshladilar. “Tez yorib o’tish” usuli bo’yicha o’ynab raqibning yo’lini to’sish metodlari qo’llanib raqib o’chiti yonida markaziy o’yinchini chalg’itish kombinasiyalari qo’llanilib o’ynalganida o’yinchini shaxsiy himoyalash yo’llaridan ham tez-tez foydalaniladigan bo’ldi.
1955 yil – bu sobiq mamlakat xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik yili bo’ldi. Bir yili ichida 10 ta sport masteri, 348 ta razryadchi sportchilar tayyorlandi. Huddi shu yili Jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi. Shu yili yana Toshkent shahar Oliy o’quv yurtlari birinchiligi uchun musobaqalar o’tkazildi. Uning g’oliblari Butunmamlakat talabalar o’yinida ishtirok etadilar.
1956 yilning avgust oyida Moskvada sobiq mamlakat xalqlarning Spartakiadasi ochildi, unda o’zbek basketbolchilari V o’rinni egalladilar.
1958 yilda basketbol bo’yicha XXI va O’zbekiston o’rtasida birinchi marta
halqaro uchrashuv o’tkazildi. Unda mehmonlar g’olib chiqdilar.
1959 yilda X O’zekiston spratakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakiada tamom bo’lganidan keyin Respublika terma jamoasi Moskva, Leningrad, Tallin, Riga shaharlarida safarda bo’ldi. Bu shaharlarda o’zining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun terma jamoamiz mamlakatning eng kuchli jamoalari bilan bo’lgan uchrashuvlarda katta tajriba to’pladi.
1964 yildan boshlab o’zbek basketbolchilari “A” klassi bo’yicha oliy liga jamoalari bilan baravor mamlakat chempionatida ishtirok etib g’olib jamoalar jadvalida 10-12 o’rinni egalladi.
1970 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrda o’zbek basketbolchilarining “Universitet” erkaklar jamoasi “SKIF” xotin-qizlar jamoasi Butunmamlakat turnirlarida, mamlakat chempionatlarida, “Burevestnik” O’zbekiston sharafini himoya qiladi. O’yinchilarimiz orasidan ko’pgina mashhur basketbolchilar etishib chiqdi. R.Salimova, A.Jarmuxamedova, E.Tornikidu shular jumlasidan bo’lib, ular mamlakat terma jamoasining a’zolari edilar.
1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’ldi. Halqaro maydonda o’zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992 yil yanvarida O’zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta tashkil etiladi, huddi shu yili O’zbekiston Halqaro Olimpia Qo’mitasi (XOQ) ga a’zo bo’lib kiradi. O’zbekiston basketbolchilari shundan keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996 yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz Pokistonda o’tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995 yilda Seul shahrida o’tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o’rinni egallaydi. 1996 yilda AQShda Armiya klublari o’rtasida musobaqalar o’tkaziladi. Bu erda bizning miliy jamoamiz SSKA (MXSK) VII o’rinni egalladi. 1997 yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o’rtasida Halqaro turnir o’tkazildi. Bu erda o’zbek basketbolchilari uch g’alabaga erishib, yarim final o’yinlarida Rossiya jamoasiga yutkazib quydilar va umumiy hisobda III o’rinni egalladilar.
O’zbekiston Respublikasini o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng 3 ta halqaro toifadagi 12 ta milliy toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va
ayollar jamoalari o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika Kubogi va birinchiligi o’tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g’alaba qozonib shohsupaning yuqorisiga ko’tarilgan. 1991-1995 yillar oralig’ida ayollar jamoalari o’rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g’olib bo’lgan bo’lsa, 1996 yildan hozirgi kungacha Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Har yili g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa o’yinchilaridan 20 dar ortiq o’yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda.



Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə