Mundarija: Kirish I. bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi huquqiy bazaning yaratilishi


II.bob. O’zbekistonda aholini sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi



Yüklə 172,44 Kb.
səhifə5/8
tarix27.12.2023
ölçüsü172,44 Kb.
#163111
1   2   3   4   5   6   7   8
atrof muhit

II.bob. O’zbekistonda aholini sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi.
2.1 O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki jismoniy madaniyat va sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptiradi. jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e’tibor qaratilishi, ayniqsa O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti LA.Karimovning 2015 yil 12 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi va shu farmonlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qaror bolalar sportiga ham tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste’dodli yoshlarni tarbiyalashda sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalarini o’rtaga tashlamoqda. Yosh avlodni har tomonlama, aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi26. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.O’zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy portni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilaring yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz sportini xalqaro nufuzini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va shaxsan Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan katta e’tibor qaratilishi, tegishli qaror, farmon va qonunlarni ishlab chiqilayotganligi va hayotga tadbiq etilayotganligi jismoniy madaniyat O’zbekiston tizimini taraqqiy etishiga zamin bo’lmoqda. Mustaqillik yillari tom ma’noda O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o’rin egallashga intilish yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o’rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidanyangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida jismoniy madaniyat va sport sohasi eng muhim o’rin egallaydi. Jismoniy madaniyat va sport ijtimoiy soha sifatida insonlarni jismonan, ma’nan va ruhan etuk, komil shaxs etib tarbiyalasa, iqtisodiy jihatdan esa ishlab chiqaruvchi sub’ektlar, ya’ni insonlarni salomatliklarini hamda yuqori ish qobiliyat-larini tiklash va mustahkamlash orqali mamlakatimizning ishlab chiqarishini hamda iqtisodiyotini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi27. Bizga tarixdan ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasi xar bir jamiyatda shu jamiyatning mafkurasiga xizmat qiladi hamda shu jamiyatning mafkurasi ta’siri ostida rivojlanib boradi. Davlatimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan barkamol avlod tarbiyasining asosiy omili sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasiga katta e’tibor berildi va davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarining biriga aylanib, bugungi kunda ham davlatimiz tomonidan ulkan islohatlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko’tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg’or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida"gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli qarori, ushbu sohada tub islohotlarni yangicha strategik yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirish uchun ayni muddao bo’ldi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida rivoj topmoqda. "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" gi Qonun, "O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi Qaror "Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish to’g’risida" gi Qarorlar va shu soxaga oid boshqa kontseptual xujjatlarning qabul qilinishi, ularning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilayotganligi hamda O’zbekiston Konstituttsiyasi "Ta’lim to’g’risida" gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da jismoniy tarbiya va sportga alohida urg’u berilishi yuqorida qayd etilgan fikrimizning ifodasidir. So’nggi yillarda o’zbek sporti o’zining yuksak natijalari bilan mamlakatimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab halqaro standar tlarga mos sport majmualari qad ko’tarayotganligi, yurtimizning turli hududlarida eng nufuzli halqaro musobaqalarning o’tkazib kelinayotganligi ushbu hujjatlarning amaliy natijasidir. Lekin, yuksak natijalarni qo’ldan bermaslik, malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash, to’g’ridan-to’g’ri yosh iste’dodli zahiralarni etishtirish bilan bog’liqdir28. Mustaqillik tufayli jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida rivoj topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 2017 yil, 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gir qarorida mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog’lomlikning asosi ekanini targ’ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o’z qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida"dagi va 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son «Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391sonli" Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilganligini inobatga olib sohasidagi islohotlarning eng muhim ahamiyatli tomoni shundaki, oliy ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning izchil joriy qilinishi natijasida ta’lim mazmunini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, uning xalqaro ta’limi mazmuni, ta’lim nazariyasi va amaliyoti bilan o’yg’unlashuvi jarayonini kuchaytirdi29. Shu nuqtai nazardan, Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi" Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlar va tajribalarning tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim amaliyotida samarali qo’llash natijasida professor-o’qituvchilarimiz o’zining bilimlarini, ma’lumotlarini, axborotlar boyligini talabalarga etkazibgina qolmay, balki xorijdagi kasbdoshlari bilan o’z sohasida muloqotda bo’lishi, ilmiy hamkorlik qilishi, o’quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishi uchun qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlarning egasi bo’ladi va ma’lum axborotlarni egallashga talabalarning o’zlarini yo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. O’qitishning an’anaviy texnologiyasidan, axborot -kommunikatsiya texnologiyasi shu bilan farqlanadiki, an’anaviy texnologiyada bilimlar, ma’lumotlar, axborotlar professoro’qituvchilarimiz tomonidan bayon etilsa, axborot - kommunikatsiya texnologiyada talabalar o’zlari bunga yo’naltirib, o’qituvchi xolislikka erishadi. Oqibat - natijada talabalarda fan va texnologiyalarga qiziqish oshadi, ijtimoiy - ma’naviy ehtiyoj qondiriladi, mustaqil va mantiqiy fikrga ega bo’ladi natijada talabalarning o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayoni jadallashadi hamda sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi30. O’quv - tarbiya jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalar unumli foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligi va sifatini yaxshilash, o’quv jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishish, talabalarning o’quv faoliyati yakunida o’quv materiallarini o’zlashtirish samaradorligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevnig 2018 yil 9 martdan "O’zbekiston sportchilarini 2020 yildaTokio (Yaponiya)shahrida bo’lib o’tadigan XXXIIyozgi Olimpiya va XVI Paraolimpiya o’yinlaritayyorgarlik ko’rish to’g’risidagi PQ №2821-sonli (1) qarori,2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturiasosida 2017 yil 3 iyundagi PQ №3031sonli, "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi"(2) qarori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, bolalar va o’smirlarni yillik hamda ko’p yillik tayyorgarlik mashg’ulotlariga saralash asosida iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularni tor ixtisoslik bo’yicha yo’naltirish masalalariga e’tibor qaratilgan bo’lib, yurtimizda yuqori malakali sportchilarning ustivor vazifalarini ushbu farmonlarda belgilab berilgan. Albatta, ertangi kunimiz bugungi yoshlarimizni aqlan komol topganligi jismoniy va psixologik hamda funktsional tayyorgarliginingyuqori darajada shakllanganligi bilan bog’liqdir.Bu esa ertangi kunga zahira sportchilarini tayyorlashni dolzarb masalalaridan sanaladi.Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun hamda ularni salomatligini mustahkamlash borasidagi qonunchilik tizimining yaratilishi va bu orqali faoliyatlar ko’lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e’tiborida bo’lib kelmoqda31. Jumladan O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 5 sentyabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qonuni, 2017 yil, 3 iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 3031-sonli Qaroi, 2020 yil, 24 yanvardagi "Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 5924-sonli Farmoni mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashishida muhim omil bo’lmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga keng imkoniyat yaratmoqda. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat ia sport sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev katta e’tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo’lib xizmat qilmoqda. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog’lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgap keng ko’lamli amaliy harakatlar o’z samarasini bera boshladi. Ma’lumki, mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimi 1991 yilgacha sobiq Ittifoq bo’yicha amal qilgan hukmron tizimning bir qismi bo’lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o’z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo’lmagan32. Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o’yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e’tibor mahalliy aholi o’rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo’jako’rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo’lga qo’yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo’yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O’zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi: -jamiyat a’zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a’zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg’ulotlarining moddiy-texnik ta’minlanganligi va ular ni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat a’zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo’lishi kerakligi talabini qo’ymoqda. Har bir millat, elat o’zining paxlavonlari, jismonan barkamol o’g’lonlari bilan faxrlanishgan33. O’z farzandlarini xalq og’zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go’ro’g’li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo’lishlarini orzu qilganlar. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish xususiyatlari. Sovetlar davrida jismoniy tarbiya va sport tizimi. Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash. Mehnat va o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport. Sport inshootlarini qurish. Respublika va Butunittifoq spartakiadalari. O’zbekiston sportchilarining xalqaro ushrashuvlari. Yangi sovetlar Ittifoqi davlati tuzilgandan so’ng davlatni mustahkamlash maqsadida harbiy-jismoniy tayyorgarlik ishlari kuchaytirildi. Bunda eski mutaxassislardan foydalanish va yangi kadrlar tayyorlash ishlari tez amalga oshirildi. Buning yana bir sababi shundaki, 1918-yil fuqarolar urushi boshlandi. Shu sababdan, 1918-yilning aprelidan boshlab harbiy majburiy ta’lim (Vsevobuch) e’lon qilindi. Unda faqat harbiy tayyorgarlikkina emas, balki jismonan sog’lom aholini majburiy ravishda o’qitish amalga oshirildi. 1919 yil aprelda jismoniy tarbiya, sport va chaqiriqqa tayyorgarlik bo’yicha I Umumrossiya syezdi (qurultoy) o’tkazildi. 1920 yil avgustda davr talablari asosida Vsevobuch tarkibida Jismoniy tarbiya oliy kengashi (VSFK) ta’sis etildi. Uning raisi etib N. I. Podvoyskiy (1880-1948) tayinlandi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishida uning xizmatlari kattadir. 1918 yil Moskvada va 1919 yil Petrogradda jismoniy tarbiya institutlari tashkil etildi. Shu yillarda maktablarda jismoniy tarbiyani tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 1918 yilda sport klublarida 38 ming kishi a’zo bo’lib, ular sport turlari bilan shug’ullanishgan. 1920 yilga kelib esa ularning soni 143,5 mingga yetadi. Undan tashqari 1,5 mln. kishi harbiy chaqiriq mashg’ulotlarida shug’ullangan.
Rossiya Xalqaro Olimpiya qo’mitasi a’zosi sifatida Olimpiya o’yinlarida qatnashib kelgan edi. Ko’p joylarda «Olimp», «Olimpiya», «Olimpiyachi» kabi sport klublari vujudga kelgan edi. Lekin inqilobdan keyin siyosiy voqealar va davlat tizimi o’zgarishi tufayli XOQ tarkibidan chiqarildi. Fuqarolar urushining tugashi tufayli Vsevobuch tarkibidagi Jismoniy tarbiya oliy kengashi ham 1921 yilda tugaydi. Uning o’rniga yoshlar ittifoqi (komsomol) va kasaba uyushmalari ittifoqi jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qila boshladi34. Shu tufayli yoshlar ittifoqi «Chumoli» («Muravey»), «Spartak», «Yoshlar fioti» kabi sport jamiyatlarini tuzadi. Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan Butunrossiya Markaziy ijroiya qo’mitasi (VSFK) 1923 yil 27 iyunda «Jis­moniy tarbiya va Oliy Kengash»ni tuzishga qaror qabul qildi. Oliy kengashga sog’liqni saqlash komissari I.A.Semashko (1874-1899) tayinlandi. Kengashning zimmasiga ilmiy, o’quv va tashkiliy faoliyatlarni muvofiqlashtirib olib borish yuklatildi. Shu yili «Dinamo» jamiyati ham tashkil etildi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishda turli-tuman usullardan foydalanish zaruriyati vujudga keldi. Bu sohada partiya va hukumatning maxsus qarorlari (1925, 1929 va h.k.) ham qabul qilindi. Shu qarorlar asosida mavjud bo’lgan sport to’garaklari o’rniga sport seksiyalarini (sho’ba) tashkil etish tavsiya etildi. Lekin bu tajribalar hayotda juda sekin amalga oshirildi. 1928 yil avgustda Umumittifoq I spartakiadasi Moskvada o’tkazildi. Unda barcha ittifoqchi respublikalar va ba’zi bir chet mamlakatlarning sportchilari ishtirok etdi. 7225 qatnashchi orasida 600 dan ortiq inglizlar, argentinalik, germaniyalik, norvegiyalik, urugvaylik, finlyandiyalik, fransiyalik, chexiyalik sportchilar bor edi. Ikki hafta davomida yengil atletika, gimnastika, kurash, o’q otish, gorodki, eshkak eshish va boshqa sport turlari bo’yicha musobaqalar davom etdi. Umumiy yakunlar bo’yicha spartakiadada Rossiya - bi­rinchi, Ukraina - ikkinchi, Belorussiya - uchinchi, O’zbekiston - to’rtinchi, Kavkazorti - beshinchi va Turkmaniston - oltinchi o’rinni egallashdi.
1929-yildan boshlab «Umumittifoq jismoniy tarbiya ikki haftaligi» kasaba uyushmalari tomonidan o’tkazila boshladi va bunda qishloq sportchilarining ham ishtiroki amalga oshirildi. Partiya va hukumatning 1929-yil 23-sentabr hamda 1930 yil 1aprel qarorlariga asosan mamlakatda jismoniy tar­biya va sport ishlariga rahbarlik qilish tartiblari kuchaytirildi35. Markaziy Ijroiya qo’mita (MIQ) tarkibida Butunittifoq jis­moniy tarbiya kengashi tashkil etildi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi (1936) bilan bu kengash «Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport bo’yicha qo’mita»ga aylantirildi.1930 yildagi anjumanga asosan klublar tizimidan jis­moniy tarbiya ishlab chiqarishga yo’naltirildi. Yangi ishchilar sport klublari o’rniga jismoniy tarbiya jamoalari (kollektivi fizkulturi) tuzila boshladi. Bunda «Наг bir jismoniy tarbiyachi ilg’or, har bir ilg’or - jismoniy tarbiyachi» shiori keng tarqaldi.1935-1936 yillarda ko’ngilli sport jamiyatlari tashkil etila boshlandi. «Dinamo» (1923), «Spartak», «Lokomotiv», «Krasnoye Znamena» (1935) jamiyatlarining ilg’or tajribalariga tayanib, Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi qaroriga asosan 64 ta ko’ngilli sport jamiyatlari (DSO) vu­judga keldi.30-yillardagi jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining muhim tomonlaridan biri siyosiy va davlatni himoya qilish tarafiga qaratilganligi bilan ajralib turadi.1930 yil Butunittifoq yoshlar tashkilotining (komsomol) tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan «SSSR mehnat va mudofaasiga tayyor» (GTO) jismoniy tarbiya majmui tashkil etildi. 1931 yilda jismoniy madaniyat Oliy ken­gashi GTO majmuining I bosqichi va 1933-yilda II bosqichini tasdiqladi. 1934 yilda esa BGTO («Bud gotov k trudu i oborone») majmui bolalar uchun ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu uch bosqichli jismoniy madaniyat majmuida asosan, barkamollik va salomatlik yo’nalishlari mujassamlanib, sovet jismoniy tarbiya tizimining asosini tashkil etdi. Shu sababdan, barcha joylarda bu majmuaning talablari hamda me’yorlarini bajarishga bo’lgan qiziqish, intilish kuchaytirildi.1940 yilda bu majmua yangidan qabul qilindi. Bunda majburiy va tanlov tartibiga imkoniyat berildi. Majburiy turlarga: gimnastika mashqlari, to’siqlarni oshib o’tish, suzish, chang’i sporti, yugurish, o’q otish, gigiyenik bilimlar asosini va jismoniy tarbiya tizimini bilish talab qilib qo’yildi. Tanlab olish turlarida 7 guruh mashqlar tavsiya etildi. Bunda kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik, botirlik va qat’iylik kabi sifatlarni, himoya va hujum, uloqtirish hamda otish usullarini rivojlantimvchi mashqlar ko’zda tutildi. 1929 yilda xalq komissarligi maktab­larda 2 soatlik jismoniy tarbiya darslarini joriy etgan edi. Shu bilan birga bolalar sport maktablarini tashkil etish haqida qaror qabul qilgan edi. «Dinamo», «Spartak» sport jamiyatlari tarkibida sport maktablari tashkil qilingan.1937 yilda 200 dan ortiq bolalar sport maktablari mavjud edi36. Maktab o’qituvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalarining umumittifoq sport musobaqalari tashkil qilindi. Sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asoslari tobora rivoj topa boshladi. 1925, 1927, 1929 yillarda o’tkazilgan Butunittifoq ilmiy anjumanlarning xulosalari shuni ko’rsatdiki, jismoniy tarbiya tizimini ilmiy asoslashni yanada takomillashtirish kerak edi37. Aksariyat ko’pchilik olimlaming diqqat-e’tibori hamon shug’ullanuvchilar ustidan tibbiy nazorat o’tkazib borishni yanada yaxshilashga qaratildi. Sportchilarning mushaklari rivojlanishi, yurak, o’pka va boshqa a’zolarining funksiyalari ustida bir qator olimlar tomonidan katta tadqiqot­lar o’tkazishdi. GTO (MMT) jismoniy madaniyat majmui va sport turlarining tayanch, sog’lomlashtirish va tarbiyaviy jarayonlarini hal etishga qaratilgan tadqiqotlar ham paydo bo’ldi. Havaskorlik jismoniy tarbiya harakatida Butunittifoq ko’rik-tanlovlar o’tkazib borildi. Bunda markaziy shaharlar, sport jamiyatlari, sport klublari, jismoniy madaniyat jamoalari kengashlarining ilg’or tajribalarini ommalashtirish an’anaga aylandi. «Dinamo», «Spartak» va boshqa sport jamiyatlari juda katta tadbirlar o’tkazib, g’oliblikni qo’lga kiritdi, shu asosda hukumatning medal va yorliqlariga sazovor bo’ldi. 1932 yilda Butunittifoq kasaba uyushmalarining I spartakiadasi o’tkazilib, unda 3850 kishi qatnashdi. 1935-1937 yillarda yagona Butunittifoq sport tasnifi ish­lab chiqildi va hayotga tatbiq etildi, bu esa sport maktabining asosiga aylandi. Shu sababdan, u yoshlarning sport tayyorgarligini oshirishning yagona tamoyili bo’lib xizmat qila bosh­ladi. Keyinchalik bu tasnif qayta ishlab chiqilib, u ancha takomillashtirildi va o’z ichiga 34 sport turini oldi.1937 yilda birinchi marotaba jismoniy tarbiya xodimlarining Butunittifoq namoyishi o’tkazildi. U har to’rt yilda o’tkazishga mo’ljallandi. 1939-yil 27 mayda «Xizmat ko’rsatgan sport ustasi» unvoni ta’sis etildi. 1939-yildan boshlab hukumat qarori asosida Butunittifoq jismoniy tarbiya xodimlari kunini o’tkazish odatga aylandi. 1940 yilda bu bayramga bag’ishlab o’tkazilgan tantanalarda mamlakatdagi 62 ming jismoniy madaniyat jamoasida 5.3 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanayotganligi aytib o’tilgan. Bu davrda 6 ta institut va 25 ta texnikum jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda faoliyat ko’rsatdi. Shuningdek, 378 stadion, 70 mingdan ortiq katta va kichik sport zallari qurildi. 30-yillarning qatag’oni (repressiya) sportni ham chetda qoldirmadi. Sport rahbarlari, yirik pedagog-olimlar begunoh jazolandi. Ular orasida Butunittifoq jismoniy madaniyat ken­gashi raisi A.K.Antipov, Butunittifoq jismoniy madaniyat va sport qo’mitasi raisi I.I.Xarchenko, Qizil sport internatsionalining Sovet sho’basi (seksiya) raisi M.S.Kedrov, Markaziy jismoniy tarbiya institutining rektori A.A.Zigmund va boshqalar bor edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi 10 yillik davrda sovet sportchilarining xalqaro miqyosidagi obro’-e’tibori ancha oshdi. Sportchilarning yuqori natijalari va ommaviy sport tadbirlari jahonga tarqala boshladi. Bu esa sport tashkilotlarining xalqaro aloqalarini ta’minladi va ularni rivojlantirishga katta xizmat qildi. Ittifoq sportchilari urush va fashizmga qarshi kuchlarni boshqarishda o’ziga xos faoliyat ko’rsatdilar, 1934 yilda Parijda bo’lib o’tgan fashizmga qarshi sportchilar slyotida, 1937 yilda Antiverpenda o’tkazilgan III xalqaro ishchilar Olimpiadasida ishtirok etdilar. Ittifoq sporti xalqaro ishchilar sport harakatining oldingi safida dadil bordi. Sobiq Ittifoq hukumati va sport tashkilotlari chet mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik va do’stlik faoliyatlariga ma’lum darajada e’tibor berib bordi. 1938-1940 yillarda mamlakatga 250 dan ortiq chet el sportchilari tashrif buyurishdi. O’z navbatida esa ittifoq sportchilaridan 175 nafar kishi chet mamlakatlarda bo’ldi38.
O’sha davrda sovet mamlakati chet mamlakatlar bilan turli sabablarga ko’ra mustahkam aloqada emas edi va bu sportga salbiy ta’sir ko’rsatardi. Shu sabab­dan, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ), Xalqaro sport uyushmalari va chet mamlakatlarning burjuaziya tashkilotlari ularni o’zlariga dushman deb bilishdi. Bu esa reaksion (sotsialistik tuzum dushmanlari) kuch sifatida tushunilar edi. Shu kabi sabablarga ko’ra, sovetlar mamlakatiga xorijiy davlatlarning deyarli hech biri xayrixohlik bilan qaramas edi. Xulosa qilib aytganda, sobiq sovetlar mamlakati 1917-1941 yillar davomida jismoniy tarbiya va sportni yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish masalalariga doir juda ko’p muhim tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi. Sovet sportini jahonga tanitish maqsadida 1928 yilda o’tkazilgan I Butunittifoq spartakiadasi shular jumlasidan edi. Uning an’analarini kasaba uyushmalari tashkilotlari keyinchalik davom ettirdi. Ilg’or tajribalar va sinov-tekshirishlar asosida sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. XX asrning 30-40-yillar davomida sovet sportchilari chet mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar bog’lashga urindi. Yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirish va jismonan barkamollikni ta’minlash yo’lida «Mehnat va mudofaaga tayyor» (GTO) jismoniy madaniyat majmui ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O’zbekistonda sportning rivojlanishi quyidagi ommaviy sport tadbirlari orqali amalga osiralgan: 1920 va 1921 yillarda Toshkent shahrida I hamda II O’rta Osiyo olimpiadasi bo’lib o’tdi. 1924 yilda Butunturkiston Olimpiadasi o’tkazildi. U Sharq jismoniy tarbiyachilarining bayramiga aylandi. Ushbu olimpiadada Sirdaryo, Farg’ona, Turkiston, Samarqand va boshqa viloyatlarning terma jamoalari ishtirok etdi. 1927 yil sentabrda va 1928-yil iyul oyida respublikamizning jismoniy tarbiya tashkilolari birinchi hamda II Butuno’zbek spartakiadasini o’tkazdi. Bu musobaqalar o’zbek sportchilari uchun 1928-yilda Moskvada bo’lib o’tadigan Butunittifoq spartakiadasiga asosiy tayyorgarlik bo’lib xizmat qildi. 1933 yilda Toshkentda III Butuno’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada respublikaning 8 ta shaharlaridan terma jamoalar ishtirok etdi. 1934 yilda O’ta Osiyo respublikalari va Qozog’iston milliy davlatlarga ajralishining 10 yilligi munosabati bilan I O’rta Osiyo spartakiadasi o’tkazildi39. 1934-yildan boshlab respublika kolxoz-sovxozlari spartakiadalari o’tkazila boshlandi. 1935-yilda respublikada Toshkent shahar oliy o’quv yurtlari va tehnikumlari spatakiadasi; Respulika bolalar spartakiadasi; I Butuno’zbek ayollar jismoniy tarbiya bayrami o’tkazildi.1935-yilda Toshkent shahrida O’zbek davlat jismoniy tarbiya tehnikumini ochish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1936 yil sentabr oyida Toshkentda IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi, qatnashchilarni O’zbekiston KP Mkning sobiq Birinchi kotibi A. Ikromov tabrikladi. 1938 yilda Butunittifoq jismoniy tarbiya paradida respublikamiz vakillari qismdan iborat «O’zbek xalqining suv, yuqori paxta hosili uchun kurashi» inssterofkasini namoyish qildi. 1939-yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq paradida O’zbekiston jismoniy tarbiyachilari gullab yashnayotgan bog’ ko’rinishida chiqish uyushtirdilar.1940-yildagi paradda O’zbekiston jismoniy tarbiyachilarining mavzusi qilib yana paxta-o’zbek xalqining asosiy boyligi tanlab olindi.1936-1937 yillarda bolalar-o’smirlar sport maktablari (BO’SM) ochildi. 1943-yilda to’qqiz yillik tanaffuzdan so’ng Olma-Ota shaxrida O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari II spartakiadasi o’tkazildi. 1944 yil sentabrda Toshkentda Orta Osiyo va Qozog’iston Respublikalarining III spartakiadasi o’tkazildi. 1945 yilning 30 sentabridan 10 oktabrigacha IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. Ushbu spartakiada parad bilan ichilib, unda 5 mingta jismoniy tarbiyachi qatnashdi. 1945 yilning 7 oktabridan 14 oktabrigacha Frunze (Bishkek) shahrida O’rta Osiyo va qozog’iston Respublikalarining IV spartakiadasi bo’lib o’tdi. Birinchi o’rinni egallagan respublikamiz jamoasi Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. 1946 yilda respublikamiz vakillari Butunittifoq jismoniy tarbiyachilar paradida qatnashdi. 1948 yilda V Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. 1948 yil 10-15 oktabrda Dushanba shahrida komsomolning 30 yilligiga bag’ishlangan O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining V spartakiadasi bo’lib o’tdi. O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining VI spartakiadasi 1950 yilda Olma-Otada, VII spartakiadasi 1952 yilda Ashxobodda, VIII spartakiada 1954 -yilda Toshkentda, IX spartakiada 1957 yilda Frunzeda (Bishkek) o’tkazildi40. 1934-1957 yillar ichida O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining spartakiadasi to’qqiz marta o’tkazildi. 1951-1956 yillarda sport jamiyatiarining birinchiliklari, tarmoq spartakiadalari va turli xil sport musobaqalarida sport jamiyatiarining tashkilotchilik ishlari sezila boshladi. 1951 yil Samarqand, Xo’jayli, Kosonsoy, Termiz va Angren shaharlarida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtlari tashkil etildi. Ular boshlang’ich va yetti yillik (o’sha davrda) maktablar uchun jismoniy tarbiya o’qituvchilarini tayyorlashda yangidan ish boshladi. 1952 yil Toshkent DPI tarkibidagi (1949 y.) jismoniy tarbiya fakulteti mustaqil bo’ldi. 1954-yil Farg’ona, 1956-yil Nukus DPIda ham jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi. 1955 yil sentabr-oktabr oylarida O’zbek Davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, iqtidorli sportchilarni talabalikka ilk bor qabul qildi41. 1956 yil O’zbekiston sport tarixida salmoqli o’rinni egallaydi. Ya’ni shu yili yozda «Paxtakor» sport majmui qurilib bitkazildi va unda O’zbekiston sportchilarining eng katta bayrami bo’lib o’tdi. Bu tantana 1956 yilga SSSR xalqlarining 1-spartakiadasiga ko’rik-sinov tajribasini o’tadi. 1956 yildan boshlab, respublikamiz sportchilari sobiq Ittifoq xalqlarining hamma spartakiadalarida ishtirok eta boshlagan. I Ittifoq xalqlari spartakiadasi 1956 yilda; II-1959 y; III-1963 y;IV-1967 y; V-1971 y; VI-1975 y;VI-1979 y; VIII-1983 y; IX-1987 yilda o’tkazilgan. Hamma spartakiadalarning final qismi Moskva shahrida bo’lib o’tgan. Urushdan keyingi yillarda tarmoqli jismoniy madaniyat va sport jamiyatlari tiklanib, ular o’z faoliyatlarini sportning ommaviyligini amalga oshirishga harakat qildi. Oliy o’quv yurtlarida «Nauka» («Fan»), O’rta maxsus o’quv yurtlari va mayda ishlab chiqarish korxonalarida (fabrika, savdo shahobchalari va h.k.) «Iskra» («Alanga»), «Lokomotiv», «Dinamo», «Paxtakor» kabi respublika va viloyatlarning sport jamiyatlari faol ish olib borishdi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda respublika va viloyatlardagi «Dinamo», «Spartak», «Paxtakor», «Fan», «Alanga» va boshqa sport jamiyatlari yangi usullar bilan faoliyat ko’rsatdi. Bunda yoshlarni sport unvonlari va darajalarini olishga bo’lgan qiziqishlari, yangi sport kiyimlari bilan ta’minlash, nishonlar (emblema) bilan sport maydonlariga chiqishga havas uyg’otish ustuvor edi. Butunittifoq jismoniy madaniyatchilar namoyishiga tayyorgarlikda davlat va sport jamiyatlarining katta mas’uliyati zarur edi. Shu sababdan, unga maxsus tayyorgarlik ishlari 1-2 yil davom etar edi. Eng so’nggi (1954 y.) namoyishga tayyorlanish va unda qatnashish juda qiziqarli hamda muvaffaqiyatli bo’lgan edi. Namoyishga 300 dan ortiq yigit va qizlar ishtirok etdi. Ular orasida Samarqandlik M.Haqberdiyeva va jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining talabalari A.Abduhakimov, D.Sharopov, N.Rahimovlar ham bor edi. Sobiq Ittifoq davrida O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Sport jamiyatlarining markazlashgan rahbarlik faoliyatlari (1957, 1987) sportga rahbarlik qilishning davlat jamoatchilik (1959-1968) usullari birmuncha markazlashtirildi va takomillashtirildi. Sport bilan shug’ullanuvchilarning ko’payishi, mutaxassislar tayyorlashning yangi yo’lga qo’yilishi (1966 y. qaror asosida), sport inshootlarining qurilish ko’lami oshishi ancha ortdi. O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishning asosiy shakli, davlat va jamoat shakli hisoblanadi42. Jisminiy tarbiyani boshqarishning davlat shakliy davlat organlari, O’zbekiston Respublikasi Davblat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, jismoniy tarbiya hamda sportning rivojlanishiga bevosita rahbarlik qiladigan vazirliklar, idoralar va komitetlar orqali amalga oshiriladi. Bu Xalq ta’limi vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan ishlar va maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, muzeylar, kollejlardagi jismoniy tarbiya darslari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o’quv yurtlari hamda o’rta maxsus bilim yurtlari o’quv rejasidagi jismoniy tarbiya. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va davolash-profilaktika muassasalaridagi jismoniy tarbiya, Milliy mudofaa vazirligi tomonidan armiya va shaxsiy tarkib hamda harbiy bilim yurtlari tinglovchilarining jismoniy tayyorgarligidir. Davlat shaklidagi boshqarishning o’ziga xos hususiyati bu davlat dasturlari va har tomonlama jismoniy rivojlanish vazifalarini ta’minlash, jismoniy mashqlar, gigiyena, o’z-o’zini nazorat qilish asoslari bo’yicha nazariy bilimlarni shakllantirish maqsadida turli jismoniy mashlar bilan majburiy mashg’ulotlarning mavjudligi hisoblanadi, ya’ni davlat tasarrufidagi organlarning maxsus tizimi orqali sog’liqni mustahkamlash hamda yoshlarni mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash kabi umum davlat vazifalarini hal etish amalga oshiriladi. Respublikada jismoniy tarbiya harakatini boshqarish davlat tizimining hozirgi zamondagi rivojlanganlik darajasining huquqiy doirasi hajmini hisobga olgan holda quyidagi boshqaruv organlari tasnifini yaratishga imkon beradi: Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish bo’yicha maxsus huquqiy vakolatli organlar (Davlat sport qo’mitasi tizimi). Umumiy vakolatli organlari – o’z tarmoqlarida jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiradigan idoraviy tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, komitetlar. Davlatni boshqarishning demokratik asoslarini rivojlantirish boshqarishdagi jamoatchilikni rivojlantirish bilan bevosita bog’liq. Jamiyat rivojlanishida yuzaga kelgan tarihiy vaziyat jamoatchilikning JT va Sni boshqarishda qatnashishi uchun aniq imkoniyatlar yaratdi, bu jismoniy tarbiya harakatini boshqarishda mustaqil boshqarish shaklini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday tarzda boshqarishning jamoatchilik shakli paydo bo’ldi, u hozirgi zamonda ham muhim ahamiyatga ega. JT va S jamoatchilik, mustaqillik shklida ishlarni tashkil qilish shunday tavsiflanadiki, u rahbar organlarning saylanishliligi, mustaqil faoliyat ko’rsatishi, ixtiyoriyligi asosida olib boriladi, bu o’z navbatida ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlari faoliyati kasaba uyushmalari, KSJ va boshqa jamoa tashkilotlari tomonidan bevosita boshqarilib turiladi. Mustaqillik shakllarining funksiyalari keng va har tomonlamadir43. Bu yuqori darajada sport takomillashuvini ta’minlash, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, mehnat hamda dam olishni to’g’ri tashkil qilish, sog’liqni mustahkamlash va ijodiy umrboqiylikni saqlash, turli yoshdagi aholini mashg’ulotlarga jalb qilish va hokazodir. Havaskorlik tashkilotlarida o’quv, tqrbiyaviy, sport ishlari tavsiya hususiyatiga aga bo’lgan namunaviy dasturlar va nizomlar asosida olib boriladi. Ularning faoliyati demokratizm, tashabbuskorlik va jamoatchilikni keng jalb qilish asosida tashkil etiladi. Xalqaro federatsiyalar bilan ish yuzasidan aloqalarni o’rnatish va va uni boshqarish maqsadida respublika federatsiyalari hamda joylarda tegishli tashkilotlar tashkil qilingan. Sport turlari bo’yicha federtsiyalar jamoatchilik organlari hisoblanadi, tegishli sport turlarini rivojlantirishda boshqarmalar, bo’limlar va boshqa bo’linmalarga yordam ko’rsatadi, shuningdek, sport turlari bo’yicha viloyat federatsiyalari hamda sport jamiyatlari seksiyalari va idoralari faoliyatini yo’naltirib turadi.


Yüklə 172,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə