Mundarija: Kirish I. bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi huquqiy bazaning yaratilishi



Yüklə 172,44 Kb.
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü172,44 Kb.
#163111
1   2   3   4   5   6   7   8
atrof muhit

Mavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishida davlatimiz hayotiga oid bo`lgan partiyalar va ularni tuzumi, sog`lom avlod uchun harakat va ularning harakati hamda yurtimiz siyosiy hayotidagi o`rni boshqa jarayonlar haqida yoritilishi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish zarurati avvalo, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlarining keng miqyosda amalga oshirilishini ifodalaydi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotning real sektori deganda, iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. Tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg’izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so’zsiz, O’zbekiston va Qozog’iston respublikalarida atrof - muhitga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsiz hudud ekanligi haqida ma’lumotlar berilishi dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsadi O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab-quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar haqidagi ahamiyatini o`rganilgan adabiyotlar va ilmiy ishlar asosida yoritib berish va xolislik va haqqoniylik asosida, adolatli va haqqoniy tarzda yoritib berish va tahlil qilishdir. Bundan tashqari ushbu kurs ishi bilan tanishuvchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi uchun kerakli ilmiy va badiiy ishlarni aniq va soda ravon tilda yetkazishdan iborat. Asosiy maqsadlaridan yana biri berilayotgan kitoblarni soda tushunarli tilda yetkazishdan iborat.
Mazkur ishning vazifalaridan biri ilmiylik, xolislik, haqqoniylik, adolatlilik va tarixiy haqiqatni buzmagan holda bayon etish, turli davrlarda turlicha yuritilgan siyosat va uning borish jarayonlarini tanitishda zamon ruhini to`la his ettira olishdan, ushbu kurs ishi bilan tanishayotgan kishida savol tug`ilmasligi uchun barcha ma’lumotlarni aniq va ravon yoritib bera olishdan iborat.
Mavzuning obyekti va predmeti: O`zbekistonning mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab-quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha ahamiyatini yoritishda turli davrda o`rganilgan va tadqiq etilgan ilmiy ishlar, ommabop nashrlar, ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalar va adabiyotlarni o`rganish tashkil etadi.

Yüklə 172,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə