Mundarija: Kirish I. bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi huquqiy bazaning yaratilishi


Mavzuning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 172,44 Kb.
səhifə3/8
tarix27.12.2023
ölçüsü172,44 Kb.
#163111
1   2   3   4   5   6   7   8
atrof muhit

Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mazkur mavzuni juda ko`plab olimlar o`rgangan. Masalan, Q.Usmonov2, R, Shamsutdinov3, R.Murtazayeva4, Bobojonova5, X. Yunusova6, S.G`aybullayeva7, R.Ubaydullayeva8, L.Levitin9 Akramov10, Jalilova11, G`ulomov12, Nig`matov13, Rafiqov14, To`xtayev15 kabi olimlar o`z asarlari orqali o`rganib tadqiq etishgan. Mazkur olimlar O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab-quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar haqidagi ahamiyatini o`rganilgan adabiyotlar va ilmiy ishlar asosida yoritib berish va xolislik va haqqoniylik asosida, adolatli va haqqoniy tarzda yoritib berish va tahlil qilishdir.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, to`rtta paragraf hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.


I.bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi ijtimoiy siyosiyjarayonlar tarixi.
I.1 O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi.
O’tmishda atrof-muhitga e’tiborsiz munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq foydalanish va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizining qurishi, cho’llanish, yer va suv resurslarining tanazzuli, o’simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, biologik xilmaxillikning qisqarishi, ko’p miqdordagi sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarning hosil bo’lishi kabi qator global va mintaqaviy ekologik muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu muammolar iqlim o’zgarishi sodir bo’layotgan sharoitlarda yanada yaqqolroq va kuchliroq namoyon bo’lib, zamonaviy O’zbekiston uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish va uni sog’lomlashtirish masalalarini yanada dolzarb qilib qo’ydi16.
Albatta, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, muammolarni bartaraf qilish va salbiy oqibatlarining oldini olish borasida jamiyatning turli qatlamlariga mansub fuqarolarning faol qatnashishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan milliy hamda chet el jamoat tashkilotlari va harakatlarining ijobiy tajribalarini o’zlashtirgan siyosiy kuch — partiya bunday muhim maqsad hamda vazifalarni bajarishga qodir ekanligini e’tirof etish zarur. Prezidentimizning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasidagi g’oyalar hamda mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yo’lidagi keyingi qadam sifatida mamlakat siyosiy maydonida yangi — O’zbekiston Ekologik partiyasi tashkil etildi. Ekologik par­tiyaning tuzilishi O’zbekiston tarixida alohida sahifa bo’lib, mamlakatda amalga oshirilayotgan strategiyaning yaqqol hosilasidir. Aholi bilan muloqotlar jarayonida partiyaning vujudga kelishi nafaqat ekologlar, balki keng jamoatchilikning ushalgan orzusi ekanligi e’tirof etilmoqda. Bu partiyaning tashkil etilishi yurtimizning jahon hamjamiyati oldidagi nufuzini, imijini oshirish uchun muhim omil bo’ldi. Bu mamlakatimizda ekologik masalalarga yuksak e’tibor qaratilayotganligining bir namunasi va xalqaro maydonda O’zbekistonning brendi bo’ldi, desak, aslo xato qilmaymiz. Ma’lumki, Ekoharakat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida kvota asosida deputatlik o’rinlariga ega edi. Kvotadan voz kechilishi O’zbekiston Ekologik par­tiyasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Kvotalash instituti bizning imkoniyatlarimizni ma’lum bir darajada chegaralab qo’ygan, mahalliy Kengashlarda deputatlarimiz yo’q edi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlarda ishtirok eta olmasdik. Bu esa o’z navbatida, vertikal tizimda ishlashga, mahalliy ekologik muammolarni o’z vakillarimiz orqali joylarda hal etish imkonini bermas edi. Bundan tashqari, Ekoharakatda boshqa siyosiy partiyalar singari barqaror moliyalashtirish manbasi va ro’yxatga olingan o’z elektorati yo’q edi. Shu ma’noda, O’zbekiston Ekologik partiyasining tashkil qilinishi va uning saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishi yuqorida ko’rsatilgan muammolarga yechim topishga xizmat qiladi. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo’naltirilgan davlat siyosatini ro’yobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo’lishiga erishishga ko’maklashishga qaratilgan. Aytish joizki, dunyoda ekologiya yo’nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda „ yashillar “nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g’oyalarini ilgari suradi. Mazkur partiyalarning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. O’zbekistonda ekologik partiyani tashkil etish hayotiy zaruratdir. Shu sababli 2019 yilning 8 yanvar kuni O’zbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdi bo’lib o’tdi. Taʼsis sʼezdida 2018 yilning 1-17 dekabr kunlari O’zbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar saylash bo’yicha o’tkazilgan konferensiyalarda ekologik siyosiy partiya tuzish bo’yicha tashabbuskorlar, ekologiya va sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, taʼlim muassasalari professor-o’qituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari orasidan muqobillik asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, yaʼni ommaviy axborot vositalari va umuman keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida" gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo’yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi. Bugungi kunda mamlakatda 4ta siyosiy partiya — O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, „Milliy tiklanish demokratik partiyasi, „Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda. Ularning safi yana bittaga kengaygani quvonarli hol. O’zbekiston Ekologik partiyasi siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda, hozirgi va kelgusi avlodlarga musaffo tabiatni, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini amalga oshirishda jamiyatning bor kuch-salohiyatini birlashtirishga va safarbar qilishga intiladi. Partiya elektorati atrof-muhitni va aholi sog’lig’ini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha demokratik jamiyatning tayanchi, sohadagi jadal islohotlarning mazmun-mohiyatini targ’ib etuvchi va amalga oshiruvchi asosiy kuch bo’lgan, siyosiy-ijtimoiy jihatdan eng faol, jonkuyar insonlardan iboratdir17. Ular atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan, yurtimiz va xalqimizning bugungi va kelajak taqdirini ona tabiat musaffoligisiz tasavvur etolmaydigan, jamiyatning barqaror rivojlanishi — tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda deb biladigan insonlardir. O’zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiyalarning qarashlari hamda maqsad va vazifalarini inkor etmagan holda, barcha siyosiy, mafkuraviy kuchlarni ona tabiatni asrab-avaylash, Vatanimizning tabiat ne’matlarini kelajak avlodlarga yetkazishdek buyuk g’oya atrofida birlashishga chaqiradi. Partiya o’z dasturiy vazifalarini, saylovoldi siyosiy pozitsiyasini amalga oshirishda, dasturiy maqsad va g’oyalarimizni qo’llab-quvvatlaydigan, faolligi bilan Vatanimiz manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish hamda aholining sog’lig’ini saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni tushunib yetgan, tashkilotchilik tajribasiga ega, bu borada mustaqil qaror qabul qila oladigan fuqarolarga tayanadi.
“Biz kelajak uchun javobgarmiz!” g’oyasi ostida hozirgi va kelgusi avlodning qulay atrof-muhitga ega bo’lish huquqlarini ta’minlash, ekologik barqarorlikka erishish, aholi salomatligini muhofaza qilish yo’lida jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda, uning barcha kuch-salohiyatini birlashtirish partiyamizning asosiy mafkurasidir18. Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, faoliyatni tashkil etish bo’yicha puxta o’ylangan chora-tadbirlarni qamrab olgan holda, partiyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tashkilotlari hamda 201 tuman va shaharda bo’limlari tashkil etildi va faoliyati yo’lga qo’yildi. Bugungi kunga kelib, boshlang’ich partiya tashkilotlari soni 1000 dan oshdi. Amalga oshirilgan targ’ibot-tashviqot ishlari natijasida partiya a’zolari soni 250 ming nafarga yaqinni tashkil etmoqda, shundan 95 ming nafardan ortig’i, ya’ni 39 foizi xotin-qizlardan iborat. Partiyamiz tomonidan yurtimizning barcha tuman va shaharlardagi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar inventarizatsiya qilinib, ularning to’liq ro’yxati shakl­lantirildi. Orolbo’yida o’rmonzorlar barpo etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish maqsadida partiya faollari tomonidan “Orolga madad” shiori ostida saksovul urug’larini yig’ish bo’yicha xayriya hasharlari tashkil etildi. Faoliyat davomida amaliy tadbirlarga, shu jumladan, daraxtlar ekish aksiyalari, ekologik hasharlar o’tkazishga jiddiy e’tibor qaratildi19. Xorazm viloyatining Bog’ot, Shovot, Yangiariq tumanlaridagi ta’lim muassasalariga soa­tiga 500 litr suvni tozalaydigan suv tozalash uskunalari o’rnatildi, ushbu hududlarda “Do’stlik bog’lari”ga asos solindi. O’zbekiston Ekologik partiyasi qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan bog’liq vaziyatni o’rganib chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida qalinligi 40 mikrondan kam polimer plyonkali paketlar (eksport uchun ishlab chiqarilgan, tutqichsiz ishlab chiqarilgan va ichki foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan tovarlarning ajralmas qismi bo’lgan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik parchalanadigan polimer materiallar bundan mustasno)ni ishlab chiqarish taqiqlangan. Biroq bugungi kunda bunday paketlarni ishlab chiqarish va undan foydalanish hamon davom etmoqda. Ushbu plastik paketlar parchalanishi uchun 200 yildan ko’proq vaqt talab etiladi20. Boz ustiga, chiqindi poligonlarida to’planib qolgan paketlar atrof-muhitga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Ekologik partiyasi hukumatga amaldagi polietilen paketlar o’rniga biologik parchalanadigan paketlardan foydalanish bo’yicha taklif bilan chiqdi. Partiyamiz “ECO PACK” MChJ mutaxassislarini jalb qilgan holda, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan biologik parchalanadigan muqobil paketlar namunalarini ishlab chiqdi. Ushbu paketlarga Buyuk Britaniya taniqli laboratoriyasining ijobiy sertifikati taqdim etildi. Oddiy sharoitda ushbu paketning biologik parchalanish davri taxminan 8 oyga tengdir. Bundan tash­qari, parchalanish jarayoni havo, quyosh nuri va tabiiy muhit ta’sirida boshlanadi. Parchalanishning yakuniy natijasi, bu o’simlik uchun o’g’itga aylanadigan biomassadir. Shulardan kelib chiqib, partiyamiz an’anaviy polietilen paketlarni sifat jihatidan kam bo’lmagan, turli o’lcham va qalinlikda tayyorlanishi mumkin bo’lgan, biologik parchalanadigan paketlarga almashtirishni taklif etmoqda. Taklif qilinadigan biologik parchalanadigan paketlarning narxi (ommaviy ishlab chiqarish sharoitida) 230 — 240 so’mdan oshmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda maishiy va qurilish chiqindilari muammosidan tashqari, sanoat chiqindisi bilan bog’liq muammo ham mavjud. Respublikamizda hozir kimyo sanoatida hosil bo’lgan fosfogips chiqindisi qariyb 80 mln. tonna, shu jumladan, Toshkent viloyatida 67 mln. tonna va Samarqand viloyatida 14 mln. tonnani tashkil etadi. O’zbekiston Ekologik partiyasining tashabbusi bilan O’zbekistonda birinchi marta 25 oktyabr kuni Nukus shahrida bo’lib o’tgan yuqori darajadagi Orol konferensiyasida “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Aral marathon” xalqaro ekologik marafoni o’tkazildi. Bu marafon O’zbekistonning 6 ta jo­yida, ya’ni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo’ynoqda 30 ming kishi ishtirokida bo’lib o’tdi. Marafonning asosiy maqsadi — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orolbo’yi mintaqasining ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilinishiga, Orol fojiasi, haqiqatan ham, global miqyosdagi muammo ekanligiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, aholi o’rtasida sog’­lom turmush tarzini keng tar­g’ib qilishdan iborat bo’ldi. Ekopartiya qoshida tashkil etilgan “Ishonch telefoni”ga kelib tushayotgan murojaatlar asosida sanoat korxonalarida jamoatchilik eshituvlarini o’tkazish tizimli yo’lga qo’yildi21. Bugungi kunga qadar 7 ta yirik sanoat korxonasida jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi. Bu eshituvlarni yuqori saviyada tashkil qilish va ularning samaradorligiga erishish, qolaversa, vaziyatni xolis baholash uchun korxonalarga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish amaliyoti joriy etildi. Jamoatchilik eshituvlari yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida ekologik holatni yaxshilash va korxonalar faoliyatining atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sirini kamaytirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo’yicha majmuaviy tadbirlarni o’z ichiga olgan tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli tashkilot va muassasalarga taqdim etildi. Bugungi kunda ularning nazorati amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 22 dekabr kuni bo’lib o’tadigan saylovlarga puxta tayyorgarlik ko’rish partiya tomonidan xalqimiz orasida obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muayyan tajriba to’plagan, siyosiy jarayonni anglab yetadigan, davlat va jamoat ishlarida faollik ko’rsatayotgan, partiyaning bilimli faollaridan Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlari amalga oshirildi. Bunda xotin-qizlar va yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. Nomzodlarni tanlashda partiya mafkurasi va dasturiy maqsadlarni targ’ib qila olish ko’nikmasining mavjudligi, keng dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlaydigan bo’lishi, o’z sohasini va partiya tashkilotlari ishini yaxshi bilishi, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mo­hiyatini anglashi va partiya a’zolariga yetkaza olishi, partiyaviy manfaatlarni himoya qila olish, g’oyaviy ishonchning mustahkamligi, o’ziga yuqori darajada talabchanlik va ishchanlik, tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlariga egalik, huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatining yaxshi shakllanganligi, vatanparvarlik va insoniylik xislatlarining ustuvorligi kabi jihatlariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, nomzodning lavozimga qanchalik mos kelishini, nazarda tutilayotgan lavozim uchun talab etiladigan bilim va kasbiy ko’nikmalari, xulqi, muomala layoqati ham diqqat markazimizda bo’ldi22. Partiyalarning har biri o’z yo’nalishi, jamiyatdagi muayyan ijtimoiy intilishlari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning manfaatlarini ifodalagan va himoya qilgan holda o’z dasturini ishlab chiqishi zarur.
O’zbekiston Ekologik partiyasi 2025 yilga qadar quyidagilarni amalga oshirishni rejalashtirgan:
— mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobar kamaytirish orqali atmosfera havosi sifat ko’rsatkichlarini belgilangan me’yorlar darajasiga keltirish va ularning aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish;
— respublikamizda yiliga atmosfera havosiga qariyb 2,5 mln. tonna ifloslantiruvchi turli moddalar tarqaladi. Shundan 63 foizi transport vositalari ulushiga to’g’ri keladi. Toshkent shahrida esa bu ko’rsatkich 80 foizdan yuqorini tashkil etadi.
Taklif sifatida kelgusi yildan boshlab mamlakatimizda ekologik maqbul hisoblangan elek­tromobillardan keng foydalanishni joriy etish, yoqilg’ining yuqori talablarga javob beradigan turlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishga erishish;
— iqtisodiyotning barcha tarmog’ida suvni tejaydigan, shu jumladan, tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga suv sarfini kamaytirishga erishish hamda sug’oriladigan yerlarning 25 foizigacha maydonida suv tejovchi samarali texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash;
— shahar va qishloq aholi punkt­larida sizot suvlari sathi ko’tarilishining oldini olish, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya ob’yekt­larini qurish hamda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilikning samarali nazoratini o’rnatish;
— Orolbo’yi hududiga Amudaryoning yuqori qismidan yiliga kamida 5-6 kub. km. hajmda suv yuborilishini ta’minlash hamda Orol dengizining qurigan tubida o’rmon-meliorativ ishlarini amalga oshirish yo’li bilan Orolbo’yini ekologik jihatdan sog’lomlashtirish hamda 1,5 mln. gektar yer maydonini o’rmon bilan qoplash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
— aholi, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning toza ichimlik suvi ta’minotini 85 foizgacha etkazishga erishish;
— oqova suvlarni tozalash inshootlari samaradorligi past bo’lgan hududlarda, jumladan, Ang­ren, Guliston, Samarqand, Jizzax, Urganch, Nukus, Andijon, Chirchiq va Toshkent shaharlaridagi hamda tuman markazlaridagi oqova suvlar23ni tozalash inshootlarining samaradorligini sanitariya normalari darajasiga yetkazish hamda oqova suv tarmoqlarini rivojlantirish;
— yer osti boyliklaridan, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va o’zboshimchalik bilan foydalanishning oldini olish hamda ularni muhofaza qilish ustidan samarali nazorat o’rnatish;
— barcha turdagi chiqindilardan oqilona foydalanishga erishish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash va takroriy foydalanish bo’yicha chora-tadbirlarni qabul qilish orqali ularni qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish, hosil bo’layotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash miqdorini 20 foizgacha yetkazish;
— shaharlarni va aholi yashash punktlarini kompleks rejalashtirish va rivojlantirish, Toshkent, Nukus, Buxoro va Termiz shaharlari atrofida “yashil qalqonlarni barpo etish hamda daraxtlarning kesilishiga e’lon qilingan moratoriy talablari bajarilishini qat’iy nazorat qilish, velosiped yo’lakchalarini barpo etish;
— biologik xilmaxillikni va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyalashtirishning barcha manbasi mablag’larining to’liq maqsadli sarflanishiga erishish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish24, shu jumladan, O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Turkmanistonga tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil qilish choralarini ko’rish;
— Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Sudochye ko’lini, Navoiy viloyatidagi Quyimazor va To’dako’l suv omborlarini xal­qaro ahamiyatga ega bo’lgan suvli-bot­qoq hududlar (Ramsar konvensiyasi) ro’yxatiga kiritishni ta’minlash hamda Qoraqalpog’is­ton Respublikasi va viloyatlarda yovvoyi hayvonlar va o’simliklar turlarini ko’paytirishga ixtisoslashtirilgan pitomniklar va ko’chatxonalarni barpo etish;
— mamlakat energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 10 foizgacha yetkazishda bevosita qatnashish;
— Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqishda ekotizimlarni saqlab qolish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash, tabiiy resurslarning qiymati hisobga olinishini ta’minlash;
— boshqaruvning barcha bosqichida ekologik masalalar yuzasidan qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning toza atrof-muhitga bo’lgan huquqini himoya qilishni ta’minlash;
— ekologiya sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan sohaga oid xalqaro norma va qoidalarga og’ishmay rioya etilishini ta’minlash hamda majmuaviy va to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan O’zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini qabul qilish;
— bunyod etilayotgan uylarning energiya va resurslarni tejaydigan “yashil qurilish” talablari bo’yicha qurilishiga erishish.
O’zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylash va fuqarolarimizning sog’lig’ini saqlashdek yuksak vazifalarni bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi25.

Yüklə 172,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə