Mundarija: kirish I bob. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyati va psixologik qarashlari



Yüklə 73,34 Kb.
səhifə2/12
tarix19.12.2023
ölçüsü73,34 Kb.
#152942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyati va psixologik qar-fayllar.org

Muommoni o’rganilganlik darajasi: Sudya va advokat ishtirokida so‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash. So‘roq qilishdan oldin so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni), tug‘ilgan joyi, millati, fuqaroligi, ish joyi, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi, doimiy yoki vaqtincha turar-joyi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlarning barchasi jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Har qanday holda ham surishtiruvchi, tergovchi yoki sud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 98-modda). Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hollarda so‘roq qilinuvchining shaxsiga bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aniqlanishi mumkin. Masalan, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasalligi bor-yo‘qligi, psixonevrologik va narkologik dispanserlar hisobida turish-turmasligi kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.
Jahon tajribasidan ma'lumki, ayrim davlatlarda tergov harakatlari uzoq masofadan turib videokonferensiya orqali ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligida videokonferensiya yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida uzoq masofadan turib tergov harakatlarini o‘tkazishni nazarda tutadigan qoida mavjud emas.


Kurs ishi maqsadi: Sudya,advokat va prokuror shaxsi bilan ishlashda psixologik yondashish,kaspiy faoliyat motivlarni shakillantirish.
Kurs ishini vazifasi: O’zlariga topshirilgan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashning tashkilotchilari bo’lgan tergovchi, tezkor xodim, axloq tuzatish muassasasi tarbiyachisi, profilaktika noziri va prokuror faoliyati o’zaro bog’liq holda olib boriladi, amalga oshiriladi. Bu faoliyat jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ishlab chiqish, huquqiy targ’ibot olib borish, jinoyatchi xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlar talabiga bo’ysundirish, jazoni o’tab qaytganlarni ijtimoiy moslashtirish (readaptatsiyalashtirish), huquqbuzarlikka moyilligi bor shaxslarni aniqlab, ularni qayta tarbiyalash maqsadida shaxsga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan psixologik choralar tizimini yaratish singari vazifalarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 73,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə