Mundarija: kirish I bob. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyati va psixologik qarashlari



Yüklə 73,34 Kb.
səhifə3/12
tarix19.12.2023
ölçüsü73,34 Kb.
#152942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyati va psixologik qar-fayllar.org

Kurs ishining nazariy ahamyati: tadqiqot natijasida sudya,advokat va prokurorning xatti-xarakatlari va kasbiy xususiyatlari bilan bog’liq nazariy bilimlar bilan boyitildi va psixologik qanday nazariy bilimlar bilan ishlash qaysi metodlardan foydalanish o’rganildi.
Kurs ishining amaliy ahamyati: Sudya,advokat va prokurorning xatti-xarakatlari va kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqgan holda qanday amaliy ishlar olib borish kerakligi tog’risida yoritlidi. Ayiblanuvchi shaxs bilan manaviy marifiy ishlar olib borish ishlari, gumondor shaxsda kechayotgan holat bilan psixolagik yondashish, unga amaliy yordam ko’rsatish amaliy yoritildi.
Kurs ishida qo’llangan metodlar: kuzatish,suhbat va Teylorning “bezovtalanishni aniqlash” metodikasi.
Kurs ishining predmeti: Sudya,advokat va prokurorning kasbiy-psixologik xarakteristikasi,ulardagi psixologik o’zgarishlar va ish faoliyatlaridagi yondashuvlarining kechishi.
Kurs ishining ob’ekti: Bag’dod tumani advokaturasi.Sudya va advokatning ish faoliyati.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 2 bob nazariy va amaliy qism, xulosa , tavsiya, ilova va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB. SUDYA, PROKUROR VA ADVOKATLAR FAOLIYATI VA PSIXOLOGIK QARASHLARI
1.1.Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatidagi mukammallik, bilimdonlik, kasbiy mahorat, ko’nikma va sezgirlik tomonlari.
Yurist, huquqshunos mehnatining yuksak samaradorligida shaxs sifatidagi fazilatlarning ushbu kasb talablariga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslik faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko’zga tashlanadigan insoniy sifatlarni kompleks, majmuaviy tarzda aks ettiruvchi huquqshunoslik professiogrammalarini yaratish ushbu faoliyat psixologik tahlilining asosiy talablaridan biridir.
Professiogramma quyidagi jihatlarni qamrab olishi lozim:
  1. Ijtimoiy faoliyat.


  2. Surishtiruv faoliyati.


  3. Rekonstruktiv faoliyat.


  4. Kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati.


  5. Tashkiliy faoliyat.


  6. Dalillash faoliyati.


Surishtiruv faoliyati kasb-korga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan ilk ma’lumotlarni yig’ishni bildiradi. Tergovchi, tezkor xodim, sudya professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir.


Rekonstruktiv faoliyat - jinoiy ish bo’yicha jami to’plangan ma’lumotlar joriy va yakuniy tahlili bo’lib, uning sintezi va maxsus bilimlarga tayangan holda farazlarni ilgari surish. Ishni rejalashtirish ham rekonstruktiv faoliyatning natijasi hisoblanadi.
Kommunikativ (aloqaga kirish) faoliyati muomala jarayonida zarur ma’lumotni olishni anglatadi. Bu faoliyat ayniqsa, tergov mobaynida, advokatlar, tezkor xodimlar, mehnat-axloq tuzatish muassasalari xodimlari ishida katta ahamiyat kasb etadi.
Tashkiliy faoliyat ishchi versiya (taxmin) va rejalarni amalga oshirish chog’idagi irodaviy xatti-harakatlardan iboratdir. U muayyan professional masalani hal etish uchun o’zini va odamlarni safarbar etish singari ikkita omilga bo’linadi.
Dalillash faoliyati ish bo’yicha olingan barcha ma’lumotlarni qonunda ko’zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon (qaror, protokol, hukm va hokazo tarzda) etishni bildiradi.
Huquqshunos kasbining professiogrammasini tahlil qilishni tergovchi kasbidan boshlash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz, chunki tergovchi professiogrammasi umuman huquqshunoslik faoliyati uchun mushtarak bo’lgan psixik qonuniyatlarni to’laroq aks ettirish imkonini beradi.
Tergovchi tergov xatti-harakatlarining tashkilotchisi bo’lib, mas’uliyatli qarorlarni qabul qiladi, ular bajarilishiga erishadi, shu tariqa ko’plab kishilar faoliyatining muvofiqlashtiruvchisi vazifasini o’taydi.
Amaliy ish undan hamisha diqqat-e’tiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi. Tergovchi faoliyatining rekonstruktiv jihati ma’lumotlarni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda ko’zga tashlanadi. Tergovchi ayni chog’da juda ko’p narsalarni: jinoyat protsessual kodeksi, jinoyat kodeksi, kriminalistika va psixologiya, buxgalteriya hisobi, ballistika va boshqa bilimlarni chuqur egallagan bo’lishi zarur. U har tomonlama bilimdon bo’lishi bilan birga, ma’naviy-axloqiy qiyofa, madaniyat borasida ham boshqalarga o’rnak bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir. Tergovchi o’zida aniq, ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashi kerak. Bu o’z ishiga qiziqishning mezonlaridan biridir. Bunday qiziqish bo’lmagan taqdirda, diqqatni tarbiyalashga qaratilgan barcha urinishlar zoe ketaveradi.
Kriminalistik kuzatuvchanlik (voqea yuz bergan sharoitni ko’zdan kechirishda) sharoitni rejali, maqsadli, o’ylangan tarzda idrok etish demakdir. Psixologiyada bunday idrok yuqorida ta’kidlanganidek, kuzatish deb yuritiladi. U barcha hissiyot organlarining aktiv faoliyatini taqozo etadi. Kuzatish imkon qadar samarali bo’lishi uchun voqea haqida umumiy taassurot hosil qilish, voqea joyini ko’zdan kechirish muhim ahamiyatga ega. Dastlabki ma’lumot asosida ko’pincha ziddiyatli xarakterga ega, keyinchalik tasdiqlanmasligi ham mumkin bo’lgan taxminlar tuzilishi ehtimoli mavjud, biroq shunday bo’lsa-da, bu tergovchiga harakat rejasini tuzib olishga, voqeaning xayoliy modelini tiklashga imkon beradi.
Zarur axborot kelib tushishini tashkil qilish, uni to’g’ri tizimlashtirish va tahlil qilish, keraklilarini ajratib olish malakasi tergovchiga xos bo’lishi zarur.
Kuzatuvchanlik har qanday tergov harakatida, u xoh voqea yuz bergan joyni ko’zdan kechirish yoki guvohni tergov qilish bo’lsin, zarur holatlarni ilg’ab olishda qo’l keladi.
Jinoyatni fosh etish va haqiqatni bilishda faktlarni shunchaki qayd etishning o’zi kamlik qiladi. Faktlardan dalil sifatida foydalanish uchun esa ularni to’g’ri izohlash, vujudga kelish sabablarini aniqlash, tergov qilinayotgan voqeaga aloqadorligini isbotlash kerak. To’g’ri dalillash voqealararo bog’liqlikni aniq belgilash demakdir, noto’g’ri dalillash esa haqiqatdan yiroq aloqadorlikni ishga tirkashni keltirib chiqaradi. Dalillashga noqobillik odatda faktlarning o’zaro mos kelishini sezmaslik va ko’ra olmaslikda namoyon bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, tergovchining kuzatuvchanligi huquqshunoslik faoliyatining asosiy mezonlaridan biridir.
Bunday kuzatuvchanlikni o’tkir mushohada hosilasi deb atash mumkin, zero mazkur fazilat tergovchiga ish davomida juda ham asqotadi. Psixologik kuzatish inson xulq-atvori, xatti-harakatlarini oldindan ko’ra bilishni ham nazarda tutib, tergovchi zarur paytlarda kuzatilayotgan kishini boshqarish imkoniga ega bo’ladi. Kuzatuvchanlik tabiiy qobiliyat bo’lmay, turmush tajribasida shakllanadi, professional faoliyat mobaynida takomillashadi hamda kundalik mashq qilib turishni taqozo etadi.
Tergovchi faoliyatida kommunikativ soha (muomalaga kirishuvchanlik) ham asosiylaridan bo’lib hisoblanadi, chunki tergovchi o’ta mushkul vaziyatlarda muloqot olib borishi tufayli avvalo, suhbatdosh qobiliyatiga ega bo’lmog’i darkor. So’roq jarayoniga ikki kishining suhbati va bir-biriga ta’sir o’tkazishi tarzida yondashilganda, ular faoliyatini huquqiy muvofiqlashtirish shartidan kelib chiqib, har bir suhbatdoshning rollariga xos xususiyatlarni aniqlab olish lozim. Tergovchi va so’roq qilinayotgan shaxsning bir-birlarini tushunishi, anglashi ular o’rtasidagi psixologik munosabat qay darajada ekanligiga bog’liq. Tergov harakatlarida himoyachining ishtiroki tergovchi uchun muayyan qiyinchilik tug’dirish bilan birga tergovchi va so’roq qilinayotgan shaxs o’rtasidagi psixologik kontakt (aloqa) o’rnatilishiga xalaqit berishi mumkin. Shunga o’xshash holatlar mutaxassisning professional, psixologik jihatdan mukammal tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishini talab etadi.
Dalillash faoliyatining mohiyati tergovchi uchun izlab topilgan ma’lumotlarni yangi, yozma shaklda bayon etishdan iboratdir. Tergovchi dastlabki ma’lumotlarni tintuv, so’roq, yuzlashtirish, shuningdek hujjatlarni tahlil qilish jarayonida to’playdi. Jami ma’lumotlar tahlil qilinib, saralab olingandan keyin tergovchi qonunda ko’zda tutilgan tartibda qaror, protokollar va hokazo shakllarda maxsus yozma matn tuzadi. Umuman olganda, tergovchi guvoh, jabrlanuvchi yoki gumonlanuvchining ko’rsatmalarini kompyuter (mashinka) yozuvi, audio va video yozuv, ba’zan stenografiya usulida qayd etadi. Bu usullar tergovchi faoliyati samaradorligini oshirib, ayni chog’da undan so’roq, voqea joyini ko’zdan kechirishdagi noqulay ob-havo hamda boshqa sharoitlarda (yomg’ir, shamol, qattiq sovuq va h.k.) maxsus texnik vositalarni qo’llash ko’nikmalarini ham talab etadi.
Tergovchi ishi samaradorligi, madaniyati ko’rsatkichi ish kunining o’ziga va birovga taalluqli biror soati behuda o’tkazilmaganligi bilan o’lchanadi. Tergovchi ishining xususiyatlari horg’inlik, ruhiy zo’riqish, charchoqni bartaraf etishda dam olishning o’ziga xos maromini talab etadi. Tergovchining faol dam olishi, ya’ni ochiq havoda sayr qilishi, tomorqada ishlashi, sayohatga, baliq oviga chiqishi, sog’lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Jinoyat protsessual kodeksining shartlariga ko’ra, tergovda birgalikda ishtirok etayotgan shaxslar o’rtasida tergovchi etakchi bo’lib hisoblanadi. U surishtiruv organlari vakolatiga kiradigan topshiriqlar berish huquqiga ega. U jinoiy ishni tergov qilishda o’zaro hamkorlikni, maqsad va yo’nalishlarni belgilab beradi. Tergovchi voqea joyini ko’zdan kechirishda qatnashayotganlarni boshqarishi, ularning xatti-harakatlarini muvofiqlashtirishi, shart-sharoitni baholashi, xullas o’zining qaror qabul qilish malakalari, qobiliyatini namoyon etishi zarur. Tergov ishi mutaxassisda quyidagi sifatlar bo’lishi maqsadga muvofiq:
  1. Jinoiy ishni lozim, kerakli tartibda, maqsadga muvofiq tarzda tergov qilish, tizimli tarzda olib borish uchun faoliyatni uyushtira bilish, tinimsiz izlanish, qat’iyatlilik zarur.


  2. Jinoiy ish tergovi jarayonida unga rahbarlik qilish uchun mas’uliyat, talabchanlik, topqirlik, sir saqlay bilish talab etiladi.


  3. Hamkasblar va rahbariyat bilan munosabatda o’zini tuta bilish, o’ziga tanqidiy nuqtai nazarda qarash, intizomlilik hamda qadrini bilish muhimdir.


Tasavvur kabi fikrlash ham tergovning boshidan oxirigacha davom etadigan jarayondir. Har qanday fikrlash ikki zarur shartni: bilish va bilimni faoliyatda qo’llashni taqozo etadi. Qonunni yaxshi bilish, biroq uni amaliyotda qo’llay olmaslik, kriminalistikadan boxabar bo’lish, biroq jinoyatchini tergov qila olmaslik ehtimoli ham mavjud. Turli faoliyatlarning uyg’unlashuvi va fikrlash, mulohaza yuritish orqali jinoyat, qonunbuzarlikning sabablarini topish hamda isbotlash mumkin. Kriminalistik taxminni tergov ishi mobaynida tekshirish psixologik jihatdan ancha qiyin. Bunday tekshirishda «o’zini tasdiqlash mexanizmi» ishga tushib ketishi mumkin. Buning natijasida sub’ekt faqat o’zi ilgari surgan versiyani tasdiqlovchi ma’lumotlarni haqqoniy deb hisoblaydi, bu taxminga zid ma’lumotlar esa soxta deb qabul qilinadi.


Ish bo’yicha farazni tanlash va baholashga «o’zini tasdiqlash mexanizmi» bilan birga psixologik inversiya ham ta’sir o’tkazadi, bu ta’sir oqibatida tergovchi versiyalardan birini maqsadga muvofiq deb topadi. Psixologik inversiya masalani echish jarayonida muayyan bir metod yoki obrazga moyillik demakdir.
Tergovchi shaxsi murakkab va serqirradir. Tergovchining muayyan ijtimoiy rolni egallaganligi, ishida ko’pincha emotsional tazyiqlarga uchrashi, ba’zan unga turli-tuman salbiy hissiyotlar-hayiqish, achinish, qo’rquv, nafrat, g’azab ta’sir etib turishi undan muayyan jismoniy va psixologik, irodaviy zo’r berishni talab qiladi. O’z xizmat burchi taqozosiga ko’ra u bunday hissiyotlarni jilovlashi, engishi lozim. Yuqoridagi emotsiyalar ta’sirida vujudga keladigan asabiylashishni bartaraf etish uchun ijobiy taassurotlar zarur. O’z mehnatidan qoniqish, jamiyat va odamlarga foydasi tegayotganligini anglash hissi shu jumladandir.
Qariyb har bir ish yuzasidan tergovchi bir paytning o’zida sodir etilgan jinoyatning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlovchi kriminolog va sotsiolog funktsiyalarini bajaradi. Shu bilan birga u jinoyat sodir etgan shaxsga tarbiyaviy ta’sir o’tkazuvchi pedagog sifatida ish ko’radi.
Sudyaning faoliyati esa nihoyatda murakkab, turfa xil bo’lib, ushbu kasb sohiblaridan maxsus fazilatlar va malakani talab qiladi. Uning kasbga oid faoliyati qonun bilan aniq va ravshan belgilab qo’yilgan. Sudya farmon berish vakolatlariga ega, ularni davlat nomidan qo’llaydi, bu esa o’z xatti-harakatlari uchun yuksak professional mas’uliyat hissini talab qiladi. Sud ishlari hajmi va mohiyatiga ko’ra rang-barangdir. Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlik, bilimdonlikni, xilma-xil vaziyatlarda to’g’ri qaror chiqara bilishni taqozo etadi.
Sudyaning asosiy vazifasi dalillarni chuqur va har tomonlama o’rganish hamda tegishli qonunchilik me’yorlari doirasida muayyan ish bo’yicha adolatli sud hukmi yoki qarorini chiqarishdan iboratdir.
Sudyalar jamoatchilik fikriga quyidagicha ta’sir o’tkazadilar:
  1. Fuqarolarda huquqiy ongni shakllantiradilar.


  2. Jinoiy ishni ko’rib chiqish jarayonida jazoning muqarrarligiga oid ijtimoiy- psixologik tushunchani rivojlantiradilar.


  3. Sud jarayonining yuqori saviyada o’tishi jinoyatchi va uning sheriklariga nisbatan axloqiy, ma’naviy qoralash muhitini yaratadi.


  4. Sud jarayoni jamoatchilikda jinoyatni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlarni bilish xohishini vujudga keltiradi.





Yüklə 73,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə