Mundarija kirish



Yüklə 8,36 Mb.
səhifə2/8
tarix15.06.2022
ölçüsü8,36 Mb.
#89489
1   2   3   4   5   6   7   8
birinchi kurs amaliyot 10.06.2022

2.Umumiy qoidalar
O’quv-tanishuv amaliyoti obekti va muddati
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sportni rivojlantirish bo‘limlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport federatsiya va assotsiatsiyalarida va sport klublariga tashrif buyurib, u yerdagi muassasalar ish faoliyatining maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishish, har bir talabani qiziqtirgan sohasi bo‘yicha kelajakda ilmiy-uslubiy ishlar olib borishidagi dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishni ko‘zda tutdi. 2021-2022 o‘quv yili o‘quv rejasida bajarilishi lozim bo‘lgan 1-kurs tanishuv amaliyoti 2022-yilda 23-maydan 4-iyungacha davom etishi rejalashtirildi.
Tanishuv amaliyotining mazmuni va tarkibi
Tanishuv amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshirildi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondashishi zarur etib belgilandi. Shuningdek, “Talabaning kalendar ish rejasi” aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilishi lozimligi takidlandi.
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-bosqich kunduzgi 5230200-“Menejment” (jismoniy tarbiya va sport menejmenti) ta’lim yo‘nalishi talabalarining tanishuv amaliyotini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori va universitet rektorining 2022-yil 11-apreldagi “1-bosqich kunduzgi ta’lim talabalari tanishuv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 197-TI/CH-sonli buyruq ijrosini ta’minlash hamda 2021-2022-o‘quv yili ishchi o‘quv rejasiga muvofiq universitetni 5230200-“Menejment” (sport) yo‘nalishlari 2021-2022 o‘quv yili o‘quv rejasida bajarilishi lozim bo‘lgan 1-kurs tanishuv amaliyoti 2022-yilda 23-maydan 4-iyungacha davom etadi. Universitetning tegishli mutasaddilari tomonidan tashkil etildi.



Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə