Mundarija kirish


Menejment tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni



Yüklə 8,36 Mb.
səhifə5/8
tarix15.06.2022
ölçüsü8,36 Mb.
#89489
1   2   3   4   5   6   7   8
birinchi kurs amaliyot 10.06.2022

2.5. Menejment tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli modernizatsiyalash jarayonlarida barcha ichki bozorning hozirgi holatining yuqori dinamikasi, sharoitlarning o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi va korxonalardan muvaffaqiyatli boshqarish, qolaversa, korxona potensiallarini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan boshqaruv tushunchalarini qo’llashni talab qiladi. Ushbu boshqaruv tushunchasi maenejmentni o’z ichiga oladi, bu korxona boshqaruviga kompleks ravishda yondoshishni ta’minlaydi.

Menejment faoliyatini tahlil qilish - iqtisodiy, statistik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalangan holda tovar bozori va korxona faoliyatini baholash, tushuntirish, modellashtirish va prognozlash hisoblanadi. To’g’ri tahlil usulini tanlash juda muhim va jiddiy vazifadir, uning asosida korxonaning menejment faoliyatini boshqarish bo’yicha barcha keyingi strategik qarorlar qabul qilinadi.
2.6. Hududlarda aholining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish
Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o'yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O'zbekistonning obro'-etibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o'quvchi va talaba-yoshlar o'rtasida uch bosqichdan iborat "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o'yinlari ommalashib borayotgani, ayniqsa, etiborlidir. 

SHu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyat va istedodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə