Mundarija t/r


(5)O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə111/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Mundarija t r

3 (5)O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI


O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN BAHOLASH MEZONLARI
TOSHKENT- 2022

O‘zbekistonning eng yangi tarixi”fanidan talabalarning bilimini baholash mezoni


2022-2023 o‘quv yili
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish bir semestr davom etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turi fanlar bo‘yicha ushbu fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi.
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.


Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə