Mundarija t/r



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə73/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Mundarija t r

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI


O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN GLOSSARIY


TOSHKENT - 2022
«O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI» FANIDAN GLOSSARIY
Avtonomiya (yunon.Autos – o‘zim, nomos- qonun), MUXTORIYAT –mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitutsiya bilan kafolatlangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi.
Avtoritarizm (lot.auktoritas - hokimiyat) – davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki etakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Avtoritarizm siyosiy hokimiyat shakli sifatida avtorkariya va diktatura bilan uyg‘unlashib ketadi. Atama Frankfurt maktabi vakillari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Avtoritarizm haqiqiy demokratiyaning yo‘qligini anglatadi.
Agrar siyosat- davlatning qishloq xo‘jalik sohasidagi faoliyati bo‘lib, u qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va h. rivojlantirish yo‘llari masalalarini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
Agrasanoat infratuzilmasi – bevosita qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar
Agrasanoat majmuasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazish bilan Shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar yaxlitligi.
ARXEOLOG- arxeologiya olimi, mutaxassisi.
Asr (arab. – davr, vaqt) – yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig‘i; mas., XX1asr 2001 yil 1-yanvardan 2100 yil 31-dekabrgacha davrni o‘z ichiga oladi.
BOBURIYLAR- Hindistonda 1526 yildan 1853 yilgacha hukmronlik qilgan sulola. Unga Temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan.
Bozor infratuzilmasi - tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berilishini ta’minlashga qaratilgan tarmoqlar va faoliyat sohalari yig‘indisidan iborat. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi mablag‘larning iqtisodiyotda aylanishining tezlaShuviga, yangidan yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini tezroq amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasi vujudga kelishi bilan bozor munosabatlarining rivojlanishi, jamiyatda bozor iktisodiyotining karor topishiga kulay sharoit vujudga keladi.

Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə