Mundarija t/r


YOV- 1. Urush, jang holatidagi qarshi tomon, dushman; 2. Qarama-qarshi maqsaddagi kishi; dushman, g‘anim; raqib. YOSH BUXOROLIKLAR



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə77/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Mundarija t r

YOV- 1. Urush, jang holatidagi qarshi tomon, dushman; 2. Qarama-qarshi maqsaddagi kishi; dushman, g‘anim; raqib.
YOSH BUXOROLIKLAR- Buxoro jadidlarining so‘l oqimidan tashkil topgan partiya bo‘lib, taraqqiyparvar va mahalliy burjuaziya vakillaridan tashkil topgan. YOsh buxoroliklar dastlab mavjud feodal tuzumga qarshi demokratik islohotlar o‘tkazish tarafdori bo‘lganlar. YOsh buxoroliklar amir hokimiyatiga qarshi kurashda muayyan tajriba orttirib, o‘zbek va tojik tillarida jurnal tashkil etganlar.
YOSH XIVALIKLAR- Xiva jadidlarining so‘l oqimidan tashkil topgan partiya (1917). O‘z safida savdogarlar, mayda dindorlar va xon xizmatida bo‘lgan ayrim amaldorlarni birlashtirgan. Uning ilg‘or qismi feodal aristokratiya hokimiyatini cheklaydigan va islohotlar o‘tkazish, ommani ma’rifatli qilish tarafdori bo‘lgan. Umuman, yosh xivaliklarning maqsadi xon hokimiyatini cheklab, konstitutsiyali monarxiyaga o‘tish, amaldorlarga oylik tayinlash tartibini ojoriy etish «shariat bo‘yicha tenglik», ya’ni burjuaziyaning huquqlarini hukmron sinf bo‘lgan feodallar bilan tenglashtirish edi.
YORDAMCHI TARIX FANLARI –tarixiy manbalarning ma’lum bir tulari yoki ularning alohida shakllari va tarkibini o‘rganiuvchi fanlar (geneologiya, geraldika, diplomatika, tarixiy metrologiya, numizmatika, paleografiya, sfragistika, xronologiya, epigrafika va b.).
JADID-jadidchilik tarafdori, jadidchilik harakatining qatnashchisi. Usuli jadid eski maktabdagi tartib va o‘qitish usullari o‘rniga jadidlar joriy qilgan yangi tartib va ta’lim-tarbiya usulini joriy qilgan; bu usul jumladan, xat-savod chiqarishda hijl tizimi o‘rniga tovush tizimini kiritgan.
JADID MAKTABLARI - eski musulmon diniy maktablarini isloh qilib, yangicha usulda ta’lim bergan va jadidchilik g‘oyalarini ilgari surgan maktablar. Bu maktablarda diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilimlar ham o‘qitilar edi. Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, so‘ng Farg‘ona vodiysida, Toshkentda mahalliy o‘zbek boylarining paxta zavodlari qoshida ochilgan.

Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə