Мундaрижa


SAIDAHMAD SIDDIQIY (1864-1927)



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə17/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

SAIDAHMAD SIDDIQIY (1864-1927) ham 1903 yilda Samarqandning Holvoyi qishlog’ida dehqon va hunarmandlarning bolalari uchun yangi usuldagi maktab ochdi. Yangi uslub maktabining o’qish-o’qitish uslubini xalq orasida yanada kengroq yoyish maqsadida Saidahmad Siddiqiy 1914 yilda o’zi ochgan maktab qoshida ko’rgazmali qurollar, darslik, jurnal va gazetalar sotadigan «Zarafshon» nomida do’kon ochgan.
Saidahmad Siddiqiyning tashabbusi bilan katta yoshdagi kishilar uchun birinchi marta kechki maktab tashkil qilinib, o’zi esa o’zbek, tojik va rus tillarida dars berardi.
Saidahmad Siddiqiyning ma’rifatparvarlik qarashlarida eski maktablarni isloh qilish, yangi usul maktablarini ko’proq ochish, xalqni savodxon qilish kabi olijanob g’oyalar ilgari surildi. U o’z xalqining baxt-saodatini ilm-ma’rifatda deb tushunadi va Turkiston xalqlariga shunday deb murojaat qiladi:
«...Bu erda o’sib, unishingiz mumkin. Men, bu ne’mat qadrini bilingiz, deyman. Bolalaringizni maktabga beringiz. Maktab tufayli ular o’z maqsadlariga erishadilar.
Madrasalarni isloh etishga chora izlansin. Bu gapni har bir kishi qulog’iga so’ylang.
Maktablar sonini ko’paytirib, xaloyiqni ilm-fan bilan bahramand etsinlar...»64.
S.Siddiqiy 1911-1914 yillarda Samarqand viloyatining Poyariq tumanida va Chelak qishlog’ida yangi usul maktabi ochib, bu maktablarda faqat mahalliy millat bolalari – o’zbek va tojiklarnigina emas, balki rus bolalarni ham o’qitgan. Masalan, Chelak qishlog’ida S. Siddiqiy tomonidan ochilgan maktabda o’qigan, Samarqand davlat tibbiyot instituti topografik jarrohlik kafedrasining sobiq mudiri, professor Georgiy Nikolaevich Aleksandrov o’z xotiralarida shunday deb yozadi:
«...Otam meni Chelak qishlog’ida kambag’al dehqon bolalari uchun Saidahmad Siddiqiy tomonidan tashkil qilingan maktabga o’qishga bergandi. Biz maktabda 10—12 boladan iborat edik. O’quvchilar orasida o’zbek, tojik va o’ruslar bor edi. U bolalarni o’rus tili va adabiyotidan, shuningdek, o’zbek tili va adabiyotidan o’qitar edi. U yumshoq tabiatli kishi bo’lib, bolalarni juda sevardi va hamma vaqt kulib turardi. Lekin uning kulgilari ham bizga ma’yus bo’lib tuyular va uning nimadandir rozi emasligi yaqqol sezilardi.
U usta muallim edi, bu mening xotiramda juda yaxshi saqlangan. Uning o’qitish uslublari eskicha maktablarda bo’lgan o’qitish uslublaridan tamoman farq qilar edi. Bizlar erga to’shalgan sholchaga o’tirib olib, dars tinglardik, muallif doskaga harf, so’zva gaplar yozib, bizga tushuntirardi, biz zsa daftarlarimizga yozib olar edik.
Qog’oz va daftarlarni mening otam topib kelar edi. Keyinchalik otam qaerdandir grifel taxta (toshtaxta) topib keldi. Bizning har birimiz shu taxtada har xil mashqlarni bajarar edik.
Muallimimiz darslarni qat’iy jadval asosida o’tkazar edi: bir kun o’rus tili, arifmstika, jo’g’rofiya, tarix, tabiiyot fanlaridan dars o’tkazsa, ikkinchi kuni bu darslarning o’tish o’rnini navbat bilan almashtirardi. U bizga o’zbek tilini ham o’rgatar edi. Men undan o’zbek tilini (grammatikasini) va arab yozuvini yaxshi o’rgandim, hozir ham arab yozuvida yoza olaman. Tabiat darsi bo’yicha u bizlarni Bulung’ur daryosi yoqa-lariga olib borar, tabiat manzarasi, har xil qushlarni ko’rsatar edi. Hozir ham men ko’p qushlarning nomini bilaman, bular menga o’sha davrdan, undan esdalik bo’lib qolgan. Jo’g’rofiya bo’yicha u bizga dunyodagi har xil mamlakatlar, ko’llarni ko’rsatar, globus bilan tanishtirar edi. U globusga jild (chexol) yopib, uni juda ehtiyot bilan saqlar edi. Xullas, u bilimlarimizning asosini yaratgan.
Saidjon aka (biz hammamiz uni hurmat bilan shunday atar edik) dars vaqtida o’qish uchun o’ruscha matnlar berar, keyin esa o’quvchilardan bu matnni o’zbek tiliga tarjima qilishni talab qilar edi. Uyga vazifa bermasdi.
Hozir ham eslayman: u o’quvchilarning nutqini o’stirishga alohida e’tibor berardi. Nutqni yuksaltirish, mashg’ulot o’tkazish uchun o’quvchilarni darsdan keyin olib qolardi. Darsdan keyin qolib, bolalar bilan o’rus tilida suhbat va mashg’ulot o’tkazishni hamisha u mendan iltimos qilardi.
U ota-onalar bilan yaxshi aloqada bo’lardi va juda kamtarin edi. Agar ota-onalar u bilan uchrashgan vaqtlarida ta’zim qilguday bo’lsa, bunday qilish yaramasligini tushuntirib, ularga tanbeh berardi. U ota-onalarga qo’lidan kelgancha yordam berardi. Dars vaqtida kambag’al bolalarning og’ir ahvolini ko’rib muallimimizning achinganini, afsuslanganini, hatto ko’zlariga yosh kelganini hozir ham xotirlayman.
Uning shunday ajoyib fazilatini alohida qayd qilish kerakki, u bolalardan tozalikka rioya qilishni talab qilar, dars oldidan qo’llarimizni yuvishga majbur etar, darsda diqqat bilan o’tirishni talab qilar edi. Yana shu narsa ham qimmatliki, u o’quvchilarga jismoniy jazo bermas, balki o’quvchilarni o’z oldiga chaqirib olib, xilma-xil tarbiyaviy usullarni ustalik bilan qo’llagan holda do’stona suhbat o’tkazardi...»65.

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə