Musiqa madaniyat


Yangi darsliklar asosida boshlang`ish sinf o’quvchilari uchun sifatli dars mashg`ulotlarini tashkil etish moduli va 1soatlik dars ishlanmasi



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə4/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

2.2. Yangi darsliklar asosida boshlang`ish sinf o’quvchilari uchun sifatli dars mashg`ulotlarini tashkil etish moduli va 1soatlik dars ishlanmasi.

O‘zbekistan Respublikasining ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonuni, ‘‘Kadrlar


tayyorlash milliy dasturi’’ talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarga ko‘ra, 2017–2018-yilida 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy etildi.
Musiqa predmetiga davlat ta’lim standartini joriy etilishi, milliy, musiqiy
merosimizdan foydalanishni hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u
yerdagi mahalliy xalq an’analari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek ta’lim standarti
o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va
vositalari muvozanatini aks ettiradi, o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati
va qiziqishini hisobga olgan holda (1–7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur
asosida darsliklar, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. Yetti yillik
musiqa o‘qitish davrida o‘quvchilarni go‘zallikni his eta oladigan, musiqaga mehr
va xavas bilan qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan
barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Yangi dastur
asosida musiqa madaniyati darslarini sifatli, pedagogik va metodik jihatdan yuqori
talab darajasida olib borish uchun o‘qituvchi, ijodkor, o‘z kasbini va o‘quvchilarni
sevuvchi, yaxshi cholg‘uchi, metodikani puxta o‘zlashtirgan inson bo‘lishi kerak.
Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib topishida fortepiano asbobi bilan
birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan ham foydalana olishi zarur.
Shuningdek o‘zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va hozirgi kun talablarini
kuzatib, o‘rganib borishi shart. Chunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy
maqsadi o‘quvchilarda «Musiqa
madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa o‘qituvchisi darslarga mavzularni tanlab,
rejalashtirishda ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan ham foydalanishi
kerak.
Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlangach (I–IV) sinf musiqa fani
bo‘yicha, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Chunki, boshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori qo‘yiladi va shakllanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondashib, yangi dastur
talablariga muvofiq dars o‘tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim yillik
taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab, har bir dars uchun reja – konspekt
tuziladi. Yarim yillik ish rejasi boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun alohida-alohida
tuziladi. Bunda o‘quvchilarni yoshi (sinfi), ovoz diapazoni, musiqaga qiziqishi va
qobiliyati, yil fasllari, bayramlar, yil, chorak dars mavzulari hisobga olinib, yangi
dasturdan foydalanib, dars strukturasi asosida tuziladi. Ba’zi qo‘shiqlarni tinglash
uchun asarlarni o‘qituvchi o‘quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo‘shiqlar bilan
dars rejasiga mos keladigan asarlarga o‘zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan
bir haftada bir soat o‘tiladi. O‘quv yili davomida esa quyidagi tartibda o‘tadi;
I chorak 9 soat.
II chorak 7 soat.
III chorak 10 soat.
IV chorak 8 soat.

Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə