Musiqa madaniyat


Jami bir yilda 34-35 soat dars o‘tiladi



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə5/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

Jami bir yilda 34-35 soat dars o‘tiladi.
Shuningdek, har bir o‘quv yilida 12-14 ta qo‘shiq o‘rgatiladi, shunga qarab,
musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12-14 ta asarlar tinglanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosan, bir ovozli qo‘shiqlari sof unisonda kuylash
malakalarini puxta o‘zlashtiradi va ayrim hollarda ko‘p ovozlikka o‘tishga
tayyorgarlik ko‘riladi.
Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor
qo‘shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o‘quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan
bo‘lib, ikki ovozli qo‘shiqlarni kuylash, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Shunga ko‘ra oddiydan murakkabga prinsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi.
Boshlangich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo‘ladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
4. Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish.
5. Bolalar cholg‘u asboblardan jo‘r bo‘lish.
O‘rta (V–VII) sinflarda esa dars faoliyati birmuncha kamayadi. Chunki,
o‘rta sinf o‘quvchilari ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Dars mazmuni
chuqurlashib, o‘quvchilar bilim va malakalarini kengayishiga xizmat qiladi.
Musiqa darsi uchta faoliyat asosida olib boriladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan, musiqiy qobiliyatlari
rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari haqida bilimga ega
bo‘ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. O‘rta sinfdagi
o‘quvchilar uchun (V – VII sinf) musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki
ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo‘shiqlar, musiqa savodi va musiqa
tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lib, dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. Chorak
mavzulari, yil mavzulariga bo‘ysunadi. Dars samaradorligini oshirishda
o‘quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir.
Qo‘shiq kuylash bilan birga, ularga ko‘proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy
faoliyatiga ko‘proq jalb etish va odilona baholash lozim bo‘ladi. Shunday qilib,
musiqa darslari yangi dastur asosida rejalashtirilib, o‘quvchilarni milliy
musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uygotishi lozim.


Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etishning asosiy shakli dars
(o‘quv mashg‘uloti) bo‘lib hisoblanadi. Dars ta’limtarbiya jarayonining mantiqiy
tugallangan yaxlit, aniq vaqt bilan chegaralgan qismidir. Har bir dars faoliyati
uning asosiy elementlari hisoblanadi. Darsning mavzusi, dars maqsadi, darsning
turi, darsni jihozlash, darsni borishi, darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Zamonaviy dars shunday darski deb yozadi J.F.Yo‘ldoshev – unda
o‘qituvchi ta’lim oluvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib,
uning aqliy potensialini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi ta’lim oluvchi esa
o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ma’naviy barkamollik kabi
odimlaydi.
O‘qituvchilar darsga tayyorgarlik qilish jarayonida darsga qo‘yilgan
talablarni bilishlari zarur. Ular quyidagilar:
1. O‘qituvchining kiyinish madaniyati, nutqi, o‘zini tutishi, bolalarni sevish
orqali sahxsiy namuna ko‘rsata olishi.
2. O‘qituvchi darsning mavzusiga qarab darsning maqsadini aniq belgilab,
ta’lim oluvchilarni maqsad sari yetaklashi lozim.
3. Har bir darsda ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni to‘g‘ri
qo‘yilishi kerak.
4. Ta’lim oluvchilarni tayyorgarlik darajasiga qarab dars metod usullarini
to‘g‘ri tanlashi lozim.
5. Darsda sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya qilish zarur.
6. Har bir o‘qituvchi o‘zi o‘qitayotgan fanining nazariy asoslari bo‘yicha
yetarli ta’limotga ega bo‘lishlari kerak.
7. Yuqori kasbiy tayyorgarlikka (musiqa fani bo‘yicha) ega bo‘lishi va
mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi kerak
8. Zamonaviy pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarni qo‘llagan
holda ta’lim jarayonini tashkil etadigan bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi lozim. O‘qituvchi dars (musiqa) berayotgan fan bo‘yicha me’yoriy
hujjatlari puxta bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar ta’lim sohasi
va barcha fan o‘qituvchilarimiz oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu
vazifalarni amalga oshirish, har bir o‘qituvchidan, tarbiyachidan umumiy va
professional omilkorlikni doimiy ravishda oshirib borishni, mustaqil faoliyat
yurg‘izib tashabbuskorlik talab etadi.
Bu borada pedagogik texnologiyaning milliy modulini ta’lim-tarbiya
jarayonini tatbiq etish yo‘lida o‘quv fanlari, mashg‘ulotlarning loyihalarini
tuzishda modulli o‘qitish nazariy hujjatdan asoslangan bo‘lib uni ta’lim jarayoniga
tatbiq etish mexanizmini yaratish dolzarb masaladir. Modul ta’limning asosida
o‘tgan XX asrning yarmida ta’lim tizimida qo‘llaniladigan dasturlangan o‘qitish
jarayonlari yotadi.
Modul” so‘zining asl ma’nosi “Model” lotincha – o‘lchov degan
ma’nolarni bildiradi. Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy
bo‘laklarini ifoda etadi.
Modul – bu o‘quv axborotining mantiqiy ajratilgan bir qismi bo‘lib, u bir
butun va tugallangan mazmun hamda o‘zlashtirish nazoratidan iborat. Har bir
modul o‘zaro bog‘liq bo‘lib, maqsadga mos ravishda muntazam olib boriladi.
Modul ta’lim oluvchilarning umumiy maqsad doirasida ongli ishlashga imkoniyat
yaratadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi
sifatida ta’lim jarayonida tobora kengroq qo‘llanilmoqda. Modulli ta’limni asosiy
maqsadi ta’lim oluvchilar tomonidan aniq o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni
o‘zlashtirib ko‘nikmalarga aylantirish. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki ta’limda deyarli
barcha fanlarga mosulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash ijobiy samari beradi.
Modul texnologiyasini asosiy vazifasi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.
Modulli o‘qitish texnologiyasini musiqa va boshqa fanlarga joriy etish negizida
pedagogik tafakkurni rivojlantirish, o‘qitishning innovatsion usullarini va
pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zalashtirish yotadi, chunki ular o‘qitish sifati
va samaradorligini oshiradi. Modulli o‘qitishning asosiy vazifalardan yana biri
uzviy bog‘langan fanlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Modulli o‘qiishning
yana bir vazifasi tugallangan axborotlar blogini talabalar ongiga singdirish. Bu
o‘quv dasturini to‘la, qisqa yoki chuqurlashtirib o‘qitish tabaqalashtirish imkonini
yaratadi. Talabalar kurs ishlari, mustaqil ishlar bitiruv malakaviy ishlarni bajarish
jarayonida muammolarni yechishda modulli texnologiyalardan foydalanib
kafolatlangan natijalarga erishadi.
Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi – ta’lim jarayonini yuksak
mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi fan,
ta’limot demakdir. Ta’lim texnologiyasi, bu ta’lim maqsadiga erishishning ilmiy
asoslangan va kafolatlangan natijalarga erishish uchun avalladan loyihalashtirilgan
ta’lim jaryonini tarkibiy qismlarining mukammal ishlaydigan tizimidir.
Pedagogik texnologiya esa axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda
o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan kompyuter, turli xil texnika
vositalardan foydalanish demakdir. Pedagogik texnologiyasining – eng asosiy
negizidir bu o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan
natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya.
Pedagogika so‘zi – grekcha “paydos” – bola “ago” – yetaklash so‘zlaridan
olingan bo‘lib, insonlarga ta’lim-tarbiya berishni o‘rgatuvchi fandir.
Metodika fani esa insonlarga ta’lim-tarbiya berish usullarini yo‘llarini
predmetlarini o‘qishning qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir. Umuman olganda
pedagogika bilan metodika biri-biridan ajralmas tushunchadir .
O‘zbekistan Respublikasining ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonuni, ‘‘Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi’’ talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarga ko‘ra, 2017–2018-yilida 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy etildi.
Musiqa predmetiga davlat ta’lim standartini joriy etilishi, milliy, musiqiy
merosimizdan foydalanishni hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u
yerdagi mahalliy xalq an’analari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek ta’lim standarti
o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va
vositalari muvozanatini aks ettiradi, o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati
va qiziqishini hisobga olgan holda (1–7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur
asosida darsliklar, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. Yetti yillik
musiqa o‘qitish davrida o‘quvchilarni go‘zallikni his eta oladigan, musiqaga mehr
va xavas bilan qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan
barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Yangi dastur
asosida musiqa madaniyati darslarini sifatli, pedagogik va metodik jihatdan yuqori
talab darajasida olib borish uchun o‘qituvchi, ijodkor, o‘z kasbini va o‘quvchilarni
sevuvchi, yaxshi cholg‘uchi, metodikani puxta o‘zlashtirgan inson bo‘lishi kerak.
Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib topishida fortepiano asbobi bilan
birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan ham foydalana olishi zarur.
Shuningdek o‘zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va hozirgi kun talablarini
kuzatib, o‘rganib borishi shart. Chunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy
maqsadi o‘quvchilarda «Musiqa madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa o‘qituvchisi darslarga mavzularni tanlab, rejalashtirishda ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan ham foydalanishi kerak.
Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlangach (I–IV) sinf musiqa fani
bo‘yicha, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Chunki, boshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori qo‘yiladi va shakllanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondashib, yangi dastur
talablariga muvofiq dars o‘tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim yillik
taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab, har bir dars uchun reja – konspekt
tuziladi. Yarim yillik ish rejasi boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun alohida-alohida
tuziladi. Bunda o‘quvchilarni yoshi (sinfi), ovoz diapazoni, musiqaga qiziqishi va
qobiliyati, yil fasllari, bayramlar, yil, chorak dars mavzulari hisobga olinib, yangi
dasturdan foydalanib, dars strukturasi asosida tuziladi. Ba’zi qo‘shiqlarni tinglash
uchun asarlarni o‘qituvchi o‘quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo‘shiqlar bilan
dars rejasiga mos keladigan asarlarga o‘zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan
bir haftada bir soat o‘tiladi. O‘quv yili davomida esa quyidagi tartibda o‘tadi;
I chorak 9 soat.
II chorak 7 soat.
III chorak 10 soat.
IV chorak 8 soat.
Jami bir yilda 34-35 soat dars o‘tiladi.
Shuningdek, har bir o‘quv yilida 12-14 ta qo‘shiq o‘rgatiladi, shunga qarab,
musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12-14 ta asarlar tinglanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosan, bir ovozli qo‘shiqlari sof unisonda kuylash
malakalarini puxta o‘zlashtiradi va ayrim hollarda ko‘p ovozlikka o‘tishga
tayyorgarlik ko‘riladi.
Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor
qo‘shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o‘quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan
bo‘lib, ikki ovozli qo‘shiqlarni kuylash, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Shunga ko‘ra oddiydan murakkabga prinsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi.
Boshlangich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo‘ladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
4. Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish.
5. Bolalar cholg‘u asboblardan jo‘r bo‘lish.
O‘rta (V–VII) sinflarda esa dars faoliyati birmuncha kamayadi. Chunki,
o‘rta sinf o‘quvchilari ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Dars mazmuni
chuqurlashib, o‘quvchilar bilim va malakalarini kengayishiga xizmat qiladi.
Musiqa darsi uchta faoliyat asosida olib boriladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan, musiqiy qobiliyatlari
rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari haqida bilimga ega
bo‘ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. O‘rta sinfdagi
o‘quvchilar uchun (V – VII sinf) musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki
ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo‘shiqlar, musiqa savodi va musiqa
tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lib, dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. Chorak
mavzulari, yil mavzulariga bo‘ysunadi. Dars samaradorligini oshirishda
o‘quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir.
Qo‘shiq kuylash bilan birga, ularga ko‘proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy
faoliyatiga ko‘proq jalb etish va odilona baholash lozim bo‘ladi. Shunday qilib,
musiqa darslari yangi dastur asosida rejalashtirilib, o‘quvchilarni milliy
musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uygotishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda
maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madaniyati darslarining
ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini orzu-istaklarini o‘ziga xos badiiy
tilda ifoda etadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar
bog‘chalarida, oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali
tanish bo‘ladilar. Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlarni
tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi.
Chunki
bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e’tibor uncha to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, ular
ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar.
Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik xarakterga ko‘ra
ma’lum darajada xotirasi, nutqi, diqqati-e’tibori, ovoz apparatlari to‘liq
rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik, kuchsiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra bolalarni
musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda,
o‘qituvchi ochiq, samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti-harakatlari bilan
erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirish yo‘li
bilan ularni musiqaviy o‘quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini
sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra ularni uch differensional
guruhga bo‘lish lozim.
I guruhga – iqtidorli, musiqiy o‘quvi, musiqiy qobiliyati rivojlangan
bolalar kiradi;
II guruhga – musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o‘qituvchi
ovoziga tayangan holda tushadigan bolalar;
III guruhga – sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o‘quvi
bo‘sh bolalar kiradi.62
Musiqa madaniyati darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarni quyidagicha
o‘tkazishi lozim.
Birinchi guruh bolalarni orqa qatorga, ikkinchi guruh bolalarni oldingi
qatorga, uchinchi guruh bolalarni esa o‘rta qatorga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy
o‘quvi o‘sadi va shakllanadi. Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish, ularni har
bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy
faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust
bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi.
Musiqa darsidagi faoliyat turlari tez-tez almashib turishi, o‘quvchilarni
zerikmaslikni, toliqmaslikni, shu bilan irga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi.
Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqaga
qiziqish uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida
ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning
boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
1. O‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o‘quvini rivojlantirish.
2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish.
3. Kuylash malakalarini o‘stirish.
4. Musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash.
Ma’lumki, musiqa – hayot va davr aksidir. Shuning uchun ham boshlang‘ich
sinflarda musiqa darslarini dasturining bosh mavzusi «Musiqa va hayot»dir.
Boshlang‘ich sinfda musiqa madaniyati darslarini bolalarning hayotiy tajribalariga
tayangan holda olib borish badiiy ta’lim beruvchi vosita sifatida muhim
ahamiyatga
ega. Zeroki, dasturda kuylash va tinglash uchun tavsiya etiladigan qo‘shiqlar va
musiqiy asarlar baxtli bolalik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, tabiatga
muhabbat haqidagi asarlardan iboratdir. Birinchi sinfda bolalar musiqaning
xarakteri, obrazlari orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq63
(konkret) tushunchalarga aylanadi. Shuningdek, birinchi sinfda o‘quv yili boshida
ilk bor olingan bilimlar notagacha bo‘lgan davr deb ataladi.
Musiqiy faoliyatlarining birinchi turlariga doir vazifalar ish mazmunini
tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar ashula aytish, musiqa tinglash, musiqa savodi,
raqs elementlarini bajarish, musiqali o‘yinlar, qadam tashlash, bolalar cholg‘u
asboblarida jo‘r bo‘lish musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol
o‘ynaydi. Birinchi sinfda xor bo‘lib qo‘shiq kuylash jamoa faoliyati sifatida
o‘quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab
psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv hujayralari faol
qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni faolligini ta’minlaydi, ko‘krak
qismi tovush hosil qiluvchi a’zolarni artikulatsiya va nafas organlarini
faollashtiradi hamda o‘quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq o‘rgatish uchun avval shu qo‘shiq
tinglanadi, so‘ng qo‘shiq o‘rgatish metodi asosida o‘rgatiladi.
Qo‘shiq o‘rgatish metodi quyidagicha:
1. Qo‘shiq haqida o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari
haqida, asarning tarixiy yoki tarbiyaviy ahamiyati haqida qisqa hikoya qilish, shu
asarga doir qiziqarli hayotiy suhbat o‘tkazish va rasmlar ko‘rsatish).
2. Qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan to‘liq ijro etib berilishi.
3. Qo‘shiqni musiqiy xarakteri, uning ifoda vositalari, shakli, janrini
o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash.
4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish.
5. Qo‘shiqni ijro sifatlari ustida ishlash (nafas, sof intonatsiya, talaffuz,
dinamik belgilar asosida ifodali kuylash).
6. Taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o‘tkazish (savol-javob)
ko‘rgazmali materiallar asosida.
Bunga misol qilib darslikdagi quyidagi asarlarni aytishimiz mumkin:
D.Omonullaeva musiqasi, «Buvijonim» N.Ro‘zimuhammedov she’ri; «Baxti
erkatoy» T.Toshmatov musiqasi, T.Ilxomov she’ri; «Diloromning qo‘shig‘i»64
D.Omonullayeva musiqasi, N.Muhammad she’ri; «Nisholda», D.Omonullayeva
musiqasi, R.Tolipov she’ri.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni ovoz diapazonini aniqlash va
kengaytirishga aloqida e’tibor berish lozim. Birinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz
diapazoni (DO1 – Lya1), keyinchalik esa ularni ovoz diapazoni kengayib, o‘quv
yili oxirlarida (DO1 – D02)gacha ham bo‘lishi mumkin. Qo‘shiqlarni
o‘quvchilarga musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o‘quvi, xotirasiga, talaffuziga
ahamiyat beriladi.
Qo‘shiqlarning differensional guruhlarga bo‘lib o‘rgatish dars
samaradorligini oshiradi. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilarni qiziqishini
va musiqiy qobiliyatini yanada o‘stirish uchun o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘lib
o‘tkazish lozim.
Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomondan jarangdorovozlarni
eshitib, ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar.
Bu yoshdagi o‘quvchilarni ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega
bo‘ladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasini so‘z o‘rtasida
olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof
intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish
tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi1, fa1, sol1,) boshlab,
yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish qo‘shiq kuylash
samaradorligini oshiradi.
Musiqa tinglash darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat
turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani
idrok etib kiradilar. Qo‘shiq aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib, so‘ng o‘rganib
kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab, uning badiiy ifodasini raqs
harakatlari bilan tasvirlaydilar. Musiqa tinglashga doir asarlar shakl va janr
jihatidan
xilma-xil bo‘lmog‘i lozim. Aynan musiqa tinglash vositasida bolalar turli o‘zbek
xalq cholg‘u sozlari, o‘zbek xalq musiqasidan namunalar («Chertmak», «Dutor
bayoti», «Alla», «Dilxiroj») kabi asarlar bilan bolalar kompozitorlari va65
bastakorlar hayoti va ijodi, milliy musiqamiz an’analari kuy va qo‘shiqlar bilan
tanishadilar. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomondan jarangdor
ovozlarni eshitib, ularga taqlid qilib, chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat
qiladilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z diqqat-e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga
qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa
madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish, chapak chalish, qadam
tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur.
Ayniqsa bolalar musiqiy cholg‘u asboblari (doiracha, bubencha, shiqildoq,
marakassa, uchburchak, rumba, barabancha)da jo‘r bo‘1ish va ritmik raqs
harakatlarini bajarish, bolalarni faollashtiradi va dars qiziqarli, mazmunli o‘tadi.
Kuylar ohangini o‘quvchilarning xotirasida chuqur o‘rnashib qolishi uchun
ular bilan birga kuylash tavsiya etiladi. Shuni esdan chiqarmaslikki kerakki,
musiqa asarlarini yaxshi esda saqlab qolish uchun kamida 2-3 marta eshittirish, har
gal kuyning yangi qirralari bilan tanishtirib boriladi, musiqa tinglashni esa sodda
so‘zli asarlardan boshlab asta-sekin murakkablashtirib borishi lozim. Darsning har
beshta faoliyati bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda darsning mazmunini bir butun
bo‘lishini ta’minlash lozim. Darsning chorak yil mavzulari bir-biri bilan izchil
bog‘lanib, bir-birini to‘ldirish kerak.
1-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : “OLTIN KUZ”
Darsning mavzusi: “Oltin kuz”.
1. Qo‘shiq: “Kuz”, N. Ro‘zimuhammedov she’ri, S. Abramova musiqasi.
2. Musiqa savodi: skripka yoki sol kaliti bilan tanishtirish.
3. Musiqa tinglash: «Jonon» o‘zbek xalq kuyi.
4. Bolalar cholg‘u asbobida jo‘r bo‘lish: «Kuz» qo‘shig‘iga mos bolalar
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish.
5. Musiqali ritmik harakatlar bajarish: «Yurish marshi» F. Nazarov
musiqasi.
Darsning maqsadi:
1. Tarbiyaviy: Qo‘shiq orqali tabiatga, ona-Vatanga, mehnatga muhabbat
tuyg‘usini tarbiyalash.
2. Ta’limiy: Notalarni nomlarini aniqlashga yordam beradigan belgi “Sol”
kaliti bilan tanishtirish.
3. Rivojlantiruvchi: Marsh musiqasiga va qo‘shig‘iga mos ritmik
harakatlarni bajarib o‘quvchilarni ritm tuyg‘usini rivojlantirish.
Darsning turi: Aralash.
Darsni jihozlash: Darslik, notalar, reja-konspekt, musiqa cholg‘u asbobi,
SD disk, bolalar cholg‘u asboblari: uchburchak, marakassa, doirachalar, rumba,
yog‘och qoshiqlar, kuz fasli tasvirlangan rasm.
Darsning borishi: Marsh musiqasi ostida o‘quvchilar sinfga kiradilar.
Salomlashib o‘tirishga ruxsat beraman. Davomotni aniqlab, uyga berilgan vazifani67
tekshiraman. O‘quvchilarga kuylash holatini eslatib, (gavdani to‘g‘ri tutib, qo‘llar
tizzada, oyoqlar yerga tekkan holatda) ovozlarini sozlayman.
1. Artikulatsiya apparatini ishga solish uchun mashqlar kuylataman.
2. Nafasni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun mashqlar kuylataman.
Oldingi darsda o‘rgatilgan «Qadim Turon» (N. Norxo‘jayev musiqasi, P.
Mo‘min she’ri) qo‘shig‘ini o‘quvchilar bilan takrorlab, mustahkamlab, badiiy
ijroga erishaman.
So‘ngra yangi «Oltin kuz» qo‘shig‘ini (I. Ro‘zimuhammedov she’ri, S.
Abramova musiqasi) ifodali qilib ijro etib beraman va musiqiy jumlalarga bo‘lib
o‘rgataman.
Qo‘shiqning mazmunini ochib beraman. Bu qo‘shiq mazmunida kuz fasli
kelganligi, bog‘lar saxovatliligi, mevalarni xil-xil pishganligi, paxtalarni
ochilganligi va ularni terish kerakligi haqida kuylanadi. Qo‘shiq o‘rtacha tez
tempda, re major ladida, quvnoq xarakterda yozilgan.
Bu qo‘shiqni mualliflari shoir Ibrohim Ro‘zimuhammedov, kompozitor
Sonya Abramova bastalagan. Sonya Abramova Buxoro shahrida tug‘ilgan.
Yoshligidan quvnoq, sho‘x, musiqiy qobiliyatga ega qiz bo‘lgan. Dastlab musiqa
maktabida, “Hamza” nomidagi bilim yurtida a’lo baholarga o‘qib, Toshkent Davlat
Konservatoriyasini kompozitorlik fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘qishni
muvaffaqiyatli tugatib, musiqa maktablarida va “Hamza” nomidagi pedagogika
bilim yurtida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. U kattalar va bolalar uchun juda ko‘p
qo‘shiqlar, pyesalar, marshlar, raqslar yozgan. Bolalarni juda yaxshi ko‘rganligi
uchun ularga atab 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratgan. Bunga «Qo‘g‘rchog‘im»,
«Laylak qor», «Onajonim», «Fil», «Buvijonim – buvijon», «Paqircham»,
«Shamol», «Soatim» kabi qo‘shiqlarni misol keltirishimiz mumkin.
Endi mavzuni mustahkamlash uchun savollar beraman:
1. Qo‘shiqning nomi nima?
2. Uning muallifi kim?
3. Kuzda qanday mevalar pishadi?
4. Kuz faslining fazilatlarini sanab bering.68
5. Qo‘shiq qanday janrda yozilgan?
6. Bu qo‘shiqqa mos qanday ritmik harakatlar bajarish mumkin?
Hozir o‘rgangan qo‘shig‘imiz mayin, yoqimli xarakterda ijro etiladi.
Qo‘shig‘imizdagi notalar nomini aniqlash uchun nota chiziqlari boshiga sol kaliti
qo‘yiladi. Sol kaliti ikkinchi chiziqda yoziladi. Sol kalitini skripka kaliti deb atash
mumkin. Skripka kaliti nota chiziqlarining boshida yozilib, I oktavadan boshlab,
notalar kaliti aniqlab beradi.
CD diskda O‘zbek xalq cholg‘u asboblari ijrosida kuy tinglaymiz. Bu
kuyning nomi «Dutor bayoti», siz uni qanday xarakterda va qanday janrda
yozilganini aniqlab, izohlab berasiz. Ushbu kuyga mos raqs harakatlarini bajarasiz.
So‘ngra «Oltin kuz» qo‘shig‘iga bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lamiz. Oldin
chapak chalib ritmini aniqlab, xotiramizda saqlab qolamiz. Hozir doskaga 5 ta
o‘quvchi chiqib cholg‘u asbobida jo‘r bo‘ladilar. Shu tarzda navbatma-navbat
doskaga chiqib, bolalar cholg‘u asbobida ushbu kuyga jo‘r bo‘ladilar. Darsda faol
qatnashgan o‘quvchilarni baholayman.
Darsga yakun yasab, uyga vazifa beraman.
Bugun sizlar bilan «Oltin kuz» qo‘shig‘ini o‘rgandik, lad haqida ma’lumotga
ega bo‘ldik. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan tanishdik.
Uyga vazifa «Oltin kuz» qo‘shig‘iga mos rasm chizib, qo‘shiq so‘zlarini
yodlab keling. O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan dutor asbobini ham rasmini
chizib keling. Shu bilan darsimiz tamom.
Ikkinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xarakteri 1-sinf
o‘quvchilariga o‘xshash bo‘ladi. Ularning diqqat-e’tibori hali to‘liq shakllanmagan
bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga tez-tez
almashib turadi. Chunki, ular o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga ko‘proq69
moyildirlar. Shu nuqtai nazardan musiqa madaniyati darslarida dars faoliyatlarini
tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqtirib turish dars unumining garovi
hisoblanadi.
Ovoz apparatlarining nozikligi, mo‘rtligi, ovoz pardalarining to‘la
shakllanganligi sababli ovozlari faltet tizimida yangraydi. Ovoz diapazoni (DO, -
RE2) gacha bo‘ladi. Birinchi sinfda olingan bilim va malakalari ikkinchi sinfda
chuqurlashib, takomillashib konkretlashadi. Masalan, birinchi sinfda o‘quvchilar
marsh musiqalarini jadal, shaxdam, tantanavor xarakterini musiqa ohangiga mos
qadam tashlash bilan ajralsalar, ikkinchi sinfda esa bu musiqalarning janr ekanligi,
ularni turlari (sport, bayram, harbiy) haqida konkret bilimga ega bo‘ladilar. Shu
tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rganiladi. Ikkinchi sinfda vokal – xor ishlari,
birinchi sinfda olingan bilim va malakalarini mustahkamlash va qo‘shiq
kuylashdagi nuqsonlarni tuzatib borishdan iboratdir. Birinchi sinfda xor bo‘lib
ashula aytishga doir bo‘lgan bilimlarni ikkinchi sinfda yanada shakllantirish lozim.
Fiziologik o‘sish munosabati bilan ovoz kuchi, diapazoni, tembri o‘zgarib boradi,
ma’lum tizim asosida avaylab tarbiyalash ikki ovozlikda kuylash uslubini
shakllantiradi. Ikki ovozlikni hosil etishda bolalarni mayin ovozda kuylashi lozim,
aks holda ikkinchi ovoz eshitilmay qoladi, o‘qituvchi darsda bolalarga qo‘shiq
o‘rgatishda bolalar ovozini o‘ziga xos xususiyatlarini puxta bilishi lozim.
O‘quvchilarni muttasil qo‘l harakatlariga o‘rgatib borishi «Diqqat», «Auf», «Ijroni
boshlash», «Ijroni tugatish» kabi dirijorlik ishoralariga amal qilgan holda
o‘quvchilarni kuylashga tayyorlash lozim. Ikkinchi sinfda ham o‘quvchilar sevgan
kuy va qo‘shiqlar doirasini kengaytirish lozim. O‘quvchilarni hayotiy tajribalariga,
birinchi sinfda olgan bilimlariga tayanib, musiqa asarlari tanlash kerak. Ularni
milliy musiqamizni idrok etish, mumtoz musiqa namunalari bilan o‘zbek xalq
musiqasi namunalari, o‘zbek xalq cholg‘u sozlari bilan musiqa tinglash va qo‘shiq
kuylash orqali tanishtirib borish lozim. Bu o‘quvchilarimizni o‘z tarixini bilishga,
fanlararo aloqa, o‘z Vatanini sevishga, milliy qadriyatlar, urf-odatlar bilan
yaqindan tanishishga yordam beradi.70
Ikkinchi sinfda vokal – xor ishlariga e’tibor kuchayadi, o‘quvchilar ovoziga
va cholg‘uga tayanib jo‘r bo‘lib, musiqali ritmik harakatlar bajaradilar.
Bunga «Paxtaoy» F.Nazarov, T.Ilxom she’ri; «Kichkintoymiz –
gijingtoymiz» P.Mo‘min she’ri, K.Kenjayev musiqasi; «Yangi yilim» P.Mo‘min
she’ri, D.Zokirov musiqasi; «G‘ildiragim» Sh.Yormatov musiqasi, T.Bahromov
she’ri kabi qo‘shiqlar, «Chamanda gul» o‘zbek xalq kuylari misol bo‘la oladi.
Musiqa idrokining asosiy vositasi musiqa nutqidir. Musiqa ifoda vositalari: kuy,
lad, ritm, registr, tembr, dinamik belgilar musiqa savodiga kiradi. Ularni his
etmasdan turib musiqa asarlarini san’at sifatida badiiy va g‘oyaviy jihatdan ongli
ravishda to‘liq idrok etish qiyin. O‘quvchilar, shuningdek, o‘lchov, takt, takt
chizig‘i, notalarni joylanishi, pauzalar, kuchli va kuchsiz hissalar, janrlar haqida
bilimlarga ega bo‘lishlari, kuy-qo‘shiqlarni ongli ravishda o‘zlashtirishga musiqiy
savodidan quyidagi bilim va malakalar shakllanib, amalda bajarilishi lozim:
1. Kuylarni ritmik sxemalarini bo‘g‘inli so‘zlar bilan kuylash (lya, du, da,
mo, mi).
2. Kuchli va kuchsiz hissalarini aniqlash va ularni his etib kuylash.
3. Chapak va cholg‘u asboblarida chalib kuyga ritmik jo‘r bo‘lish.
4. Marsh va raqs xarakterini ifodalash.
5. Lad haqida bilimlarni mustahkamlash.
Musiqa tinglash musiqa madaniyati darslarida yetakchi faoliyat hisoblanadi.
Zero, darsda qo‘llanadigan barcha musiqa materiallari, asosan, musiqa tinglash
orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi sinfda bu bilimlar chuqurlashib takomillashadi. Musiqadan ozuqa
olish uchun o‘quvchilar musiqiy obrazlarni anglashlari, his etishlari va tasavvur
etishlari lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ikkinchi sinfda o‘quvchilarni musiqa
tinglash jarayonida ishonchli dalillar: ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalari, test
kartochkalari, didaktik o‘yinlar, noan’anaviy darslar yordamida o‘tishni talab
etiladi. Musiqaning tabiati, undagi kayfiyat, obraz xarakterini ifodalashda lad
hissini o‘stirishni ahamiyati katta. Bunga: «Alla», «Yallama – yorim», «O‘zbek
xalq kuyi», «Andijon polkasi», «Gulxan» D.Zokirov qayta ishlagan, «Bahor valsi»71
M.Mirzayev musiqasi misol bo‘la oladi. Har bir darsda asar xarakteri, mazmuni va
ifoda vositalarini aniqlashda ko‘proq bolalarga mustaqil fikr yuritish uchun
imkoniyat berish lozim. Shu tarzda tinglanadigan va kuylanadigan qo‘shiqlar dars
davomida oddiy tahlil etilib o‘rgatiladi. O‘rgatiladigan kuy va qo‘shiqlar
unutilmaslik uchun uyga vazifa berib, rasmlar solib kelish, ko‘rgazmali qurollar
tayyorlash orqali mustahkamlash kerak. Musiqa madaniyati darslari beshta faoliyat
asosida olib boriladi. Dars mavzulari bir-biri bilan uzviylik, ilmiylik, sistemalilik
tamoyillari yordamida bog‘lanadi.


2-SINF UCHUN NOANANAVIY BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : «KUY NIMA? KUYDA NIMALAR IFODALANADI?»
Darsning mavzusi: «Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?»
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni mustaqil fikrlash, erkin so‘zlash,
o‘zining mehnati bilan ko‘proq natijaga erishishga o‘rgatish.
Darsni jihozlash: Reja-konspekt, 2-sinf uchun darslik, rasmlar, tarqatma
kartochkalar, test savollari.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman.
O‘quvchilarga bugungi darsimiz noan’anaviy tarzda, o‘yin shaklida
o‘tilishini tanishtirib o‘taman. Buning uchun turli xil rasmli kartochkalar
yordamida sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘lib, maxsus tayyorlangan partalar
atrofiga o‘tkazaman. Uch guruhni gullar tasvirlangan kartochkalar yordamida
nomlayman.
I guruh: «Rayhon» guruhi.
II guruh: «Lola» guruhi.
III guruh: «Binafsha» guruhi.
Har bir guruhda (7-8 tadan o‘quvchi bo‘lishi mumkin).
O‘quvchilarga o‘yin shartlari va mezonlari tushuntiriladi. Har bir guruh
belgilangan vaqtda, berilgan topshiriqni shoshmasdan o‘ylab ko‘rib, fikrlab,
hamjihat bo‘lib savollarga javob berishi kerakligini eslatib o‘taman. Javoblar
quyidagicha baholanadi:
5 ball – qizil kartochka (to‘g‘ri, to‘liq, tez javob uchun).
4 ball – yashil kartochka (to‘g‘ri lekin to‘liq emas).
3 ball – oq kartochka (javobda kamchiligi bor).73
O‘yinimiz uch shartdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib 1-shart bilan tanishtiraman.
Aqliy hujum texnologiyasi: fikriy bog‘liqlik, xotira, mantiqni shakllantirish
uchun.
Uch guruh uchun sharlar ichiga savollar solib doskaga ilib qo‘yaman (har bir
guruh uchun 3 tadan savol solingan sharlar). Har bir guruhdan bittadan
o‘quvchilarni navbat bilan doskaga chiqarib, sharni yorib, savolga komanda bilan
muhokama qilib javob berish uchun topshiriq beraman.
1-shart
I guruh uchun sharlar ichidagi savollar:
1. Musiqiy asarni cholg‘u asboblarida birgalikda ijro etilishi nima deb
ataladi?
2. Kuyni bir qo‘shiqchi yoki sozanda ijro etishi nima deb ataladi?
3. Kompozitor Shermat Yormatovning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
II guruh uchun sharlar ichidagi savollar:
1. Kuy nima?
2. Cholg‘uchilar dastasi qanday milliy cholg‘u asboblardan tuziladi?
3. Kompozitor Dilorom Omonullayevaning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
III guruh uchun sharlar ichidagi savollar:
1. Kuyda nimalar ifodalanadi?
2. «Tonika» deb nimaga ataladi?
3. Kompozitor Nadim Norxo‘jayevning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
2-shart
O‘yinimizning ikkinchi shartiga o‘tamiz.
Tarozu” texnologiyasi. Bunda qaysi guruh asar nomini va mualliflarini
topib, qo‘shiqni chiroyli ijro etib bersa, o‘sha guruh ko‘proq ball to‘playdi. Bunda
men pianinoda yoki rubobda o‘rgangan qo‘shiqlarimizdan har bir guruh uchun
alohida parcha ijro etib beraman. O‘quvchilar qo‘shiq nomi va mualliflarini topib,
qo‘shiqni birinchi kupletini ijro etib beradilar.
I guruh uchun – «Nevaralar» qo‘shig‘i, N. Norxo‘jayev musiqasi, S.Bamoyev she’ri;
II guruh uchun – «Buvijonim» qo‘shig‘i, D. Omonullayeva musiqasi, Yu.
Suyunova she’ri;
III guruh uchun – «G‘ildiragim» qo‘shig‘i, Sh. Yormatov musiqasi,
P. Mo‘min she’ri.
Endi o‘yinimizni 3-shartiga o‘tamiz. (Test savollari).
3-shart
Test savollari
1. Tonika qanday tovush?
A) uchinchi tovush
B) beqaror tovush
C) tayanch tovush
2. Yakkaxon qo‘shiqni kim aytadi?
A) yozuvchi
B) solist
C) dirijor
3. Pauza nima?
A) tinish belgisi
B) takrorlash belgisi
C) ohang
Ya’ni har bir guruhdagi ishtirokchi uchun test kartochkalari tarqataman.
Qaysi guruh savollarga ko‘proq javob bersa, o‘sha guruh ko‘proq ball to‘playdi.
Har bir shartdan keyin guruh ishtirokchilarini rag‘batlantirib, kartochkalardagi
ballar bilan baholab turaman. Eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib bo‘lib, olqishga
va rag‘batga sazovor bo‘ladi. Qolgan guruhlar ham shu tarzda e’tibor qozonib
baholanadilar.
Darsdga yakun yasab, uyga vazifa beraman.75
Darsga yakun yasab, o‘quvchlarga hozirjavob bo‘lish kerakligini, ko‘proq
kitoblar o‘qib, darsga e’tiborli bo‘lib, xotirani charxlab, mustahkamlab, o‘z ustida
ishlash lozimligini eslatib o‘taman.

Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə