Musiqa madaniyat


O’quvchilarning egallashi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə3/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

O’quvchilarning egallashi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar
- xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tasiflariga ko’ra ajrata olish;
- bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va ijro
uslubidan ajrata olish;
- mashq va qo’shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash;
- kichik cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish;
- ma’lum she’r parchalariga kuy bastalash;
- qo’shiqni sof intonatsiyada burro talaffuz, nafis yoqimli tovush, dinamik
jilolarga e’tibor berish, nafasni to’g’ri taqsimlagan holda erkin kuylash;
Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi; avvalo,
darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh
mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog’ida musiqaning muayyan mohiyatini
tushunishga yordam beradi. Ikkinchidan, musiqa tinglash, qo’shiq kuylash va
musiqa savodi mashg’ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini
ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan, dars
mavzusining qiziqarli bo’lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs
va musiqali ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblari – shiqildoq,
doyracha, qo’shiq va boshqalarda musiqaga jshr bo’lish hamda musiqa ijodkorligi
kabi musiqa faoliyatlari qo’llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o’yin xususiyatlari
mavjudligi tufayli ular o’quvchilarga katta qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotlarda
qo’llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va
mantiqan uzviy bo’lagi sifatida amal qiladi. Va bu jihatdan “Musiqa madaniyati”
predmeti kompleks (itegral-aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy
mavzusiga bo’ysunuvchi, o’zaro mantiqan bog’lanuvchi quyidagi musiqa
faoliyatlariga amal qiladi; musiqa idroki (tinglash) kuylash, musiqa savodi, raqs va
ritmik harakatlar, chapak va cholg’u asboblarida chalish va musiqa ijodkorligi.
Musiqa idroki dars mashg’ulotlarida etakchi faoliyat sifatida muhim rol
o’ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma’lum asar tinglanib,
idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzusiga doir oddiy musiqiypedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma’lum bilimlarga ega bo’linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so’ng u yoki bu faoliyati ko’proq kuylash o’rganiladi. Uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda
ifodalandi. Masalan, o’rganiladigan qo’shiq avval o’qituvchi ijrosida (tasma orqali
ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, so’ng
o’rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab
olingandan so’ng, raqs harakatlari ifodasi o’rganiladi. Ko’pincha asar bir necha
faoliyat uyg’unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o’rganiladi.
Bunday mashg’ulot usuli asarni puxta o’rganish va ayni holda kopmleks
malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, “Musiqa madaniyati” darsida
barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o’zaro bog’lanadi, natijada
mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy
birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti
(tinglash, kuylash, raqs va hokazo) qo’llanilmasin, uning amaliyotida
foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xusuiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi
va hokazo) haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi
faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’lib qolmay balki o’quvchilarning
umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar
majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg’uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik
musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa,
nota savodi va boshqalar) singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa
savodi faoliyati o’zaro uzviy bog’lanishi bilan qolgan barcha faoliyatlar
amaliyotiga etakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqa – o’quv
qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa
bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz – ijrosini boshqaradi, o’rtoqlari
ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo’r bo’lib kuylashga intiladi.
Zotan, tinglash va kuylash o’quv materiallari ta’lim mazmunini tashkil etadi.
Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o’rganish bilan birga, musiqali
harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o’zlashtirish va
musiqiy tavisflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.
Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o’rin berilgan. Bu faoliyatlar
o’quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan ritm-usul tuyg’usi va asar
badiyatini ifodalash malaklarini rivojlantirish bilan birga ularning jismoniy
rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari
nihoyatda zarur. Darsda o’rganiladigan raqs va harakatlarboshqa dars chog’ida
(jismoniy tarbiyada, tanaffuslarda) keng qo’llanishi maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong
taratgan ammo, maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog’i deyarli yo’q
darjadaligini nazarda tutsak, musiqa darslari mazmunida milliy raqs usullarini
bolalarga yoshlikdan o’rgatish naqadar zarurligi ma’lum bo’ladi.
Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini
bilish (ijro eta olish) va darsda qo’llash usullarini puxta egallash davr talabidir.
Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar
singari o’quvchilarning musiqa (o’quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini
rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang’ich sinflarda milliy cholg’u
asboblar bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy
bog’lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doyrcha, qayroq, qoshiq, kichyaik sopol
kabi urib chalinadigan cholg’u asboblaridan foydalanib o’qituvchi ijrosi yoki
magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga jo’r bo’lish malakalari
rivojlantiriladi.

II BOB. “MUSIQA MADANIYAT” DARSLARIDA MUSIQA SAVODIGA O’RGATISH USLUBLARI ASOSIDA KICHIK SINF O’QUVCHILARINI MUSIQIY NAZARIY BILIMLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga musiqa savodini o’rgatishning zamonaviy uslublari.
Musiqa ta'limi ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga
oshiriladiki, biz ulami dars o'tish, ekskursiya, amaliy va labaratoriya
mashg'ulotlari, leksiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar
tarzida tushunamiz. Gumh usulida va yakka tartibda o'qitish tarixan
tarkib topgan va rivojlanmoqda.
Har qanday holatda ham o'qituvchi o'quvchilarga bilim beradi,
uning o'zlashtirilishi jarayoniga rahbarlik qiladi, o'quvchilaming
harakatlarini tekshirib nazorat qilib boradi.
Ta'limning zamonaviy sharoitlarida an'anaviy metodlami
takomillashtirishga va yangi metodlami izlab topishga tobora jiddiy
talablar qo'yilayotir.
Maktab mashg'ulotlari o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik
texnologiyalar, dars o'tishning noan'anaviy usullari, xususan, interfaol
usulni joriy etish yaxshi samara beradi.
Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini optimallashtirish
maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ulaming o'zaro
ta'sirini inobatga olib o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha
jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya bir nechta turlarga bo'linishi mumkin:
- umumpedagogik texnologiya;
-xususiy predmetli texnologiya (masalan, musiqa o'qitish
texnologiyasi);
- mahalliy pedagogik texnologiya.
Pedagogik texnologiya - bu jarayonlar, vositalar, uslublar majmuasidan
iborat bo'lib, u o'quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini
shakllantirish uchun pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda
amalga oshiradi.
Musiqa darsi o'tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir
ko'plab qo'llanmalar mavjud. Bunday uslublami ilg'or musiqa
muallimlarining o'zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara beradi.
Xususan, “mavzu qanday bayon qilinganda uning necha foizi o'quvchi
yodida saqlanadi, u tomonidan o'zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga
javob topish maqsadida o'tkazilajak tajriba yakuni “anglash piramidasi”
degan nomni oladi. Unga ko'ra mavzu bayonini:
- faqat eshitganda uning 10 - 20 foizi;
- eshitsa va mavzuga doir ko'rgazmali materiallar bilan
tanishsa, uning 30 -50 fo izi;
- eshitsa, kuylasa, chalsa, ritmik harakatlar bajarsa, mavzuni
o'rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, ular bilan ashula
yuzasidan muloqotda bo'lsa, bahslashsa, mavzuning 6 0 - 9 0
foizi yodda qoladi, o'zlashtiradi.
O'quvchi mavzu yuzasidan o'rtoqlari, muallim bilan o'zi
muloqotga kirishishi, amaliy mashg'ulotlarini tushuntirib bera olishi
kerak. Ana shunda olingan biiim mustahkam bo'ladi. Turli uslublami
o'rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib, har bir ustoz o'z
uslubini yarata oladi. Dastur va darsliklami amaliyotga joriy etuvchi
muallimlaming bilimlari sust, kasbiy mahoratlari pastroq bo'lsa,
tabiiyki, darsliklar ilmiy metodik jihatdan puxta bo'lsa ham, ular
bunday o'qituvchi qo'lida “sayramaydi”, tilsiz, jonsiz qog'oz bo'lib
qolaveradi va musiqa darsliklariga “asarlarni o'rganishda qiyinchilik
bo'lyapti” degan tamg'ani aynan shundaylar bosadi.
Yangi pedagigik pexnologiyada quyidagi usullandan musiqa
darslarida zaruriyatli joylarda va o'z o'm ida foydalanish tavsiya etiladi:
Musataqil ishlash - ma'lum mavzular guruhi tugagach, ulami
bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga mustaqil
amaliy ish, musiqa faoliyati bilan shug'ullanish, darslik, musiqa savodi
bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat.
O'quvchilarning juft-juft bo'lib, muloqotga kirishishi. Biror
asarga oid masalani hal etishda qo'llaniladi.
O'quvchilami guruhlarga bo'lib ishlash orqali o'rgatish.
Bunda sinfdagi bolalami besh - olti nafardan guruhchalarga ajratiladi.
Rolli o'yinlar. Musiqiy asar mavzuiga xos vaziyatni
sahnalashtirish, rollarga bo'lib ijro etish.
Musiqiy diktantlar. Musiqiy faoliyat turlari bo'yicha o'quvchi ‘
bilimini baholashning joriy nazorat shakllaridan biri.
Tanlovlar. Ma'lum bir musiqiy mavzular guruhi bo'yicha
olingan bilimlami, ko'nikmalami tekshirish, baholash maqsad qilib
qo'yiladi.
Konferensiyalar. Har chorakda o'tkazilishi mumkin, ulami ham
oraliq nazoratning bir turi deb qaralsa bo'ladi. Bunda o'quvchilar
o'zlari musiqa fanidan mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma'ruza
shaklida taqdim etadilar.
Aqliy hujum”. Tanlangan bitta musiqiy muammo bo'yicha
o'quvchilami o'zaro muloqotga, shu muammo bo'yicha ijodiy ish olib
borishga da'vat qilish, taklif etish.
Bahs - munozara”. Bunda biror musiqa mavzu bo'yicha
o'quvchilaming fikr - mulohazalari navbat bilan eshitiladi, ko'p
fikrlilik ta'minlanadi.
Charxpalak”. O'quvchilar faolligini oshirishning bu uslubida:
- sinf o'quvchilari olti kishilik guruhlarga bo'linadi va har bir
o'quvchiga tartib raqami beriladi: 1,2,3,4,5,6;
- musiqa fanidan har bir guruh o'z topshirig'ini oladi.
Topshiriqlar turlicha bo'lishi kerak. Guruhlar zarur bo'lgan o'quv
jihozlari bilan ta'minlanadi (darsliklar, qo'llanmalar, nota daftari,
qog'oz, mchka, qalam, chizg'ich, o'chirg'ich va xokazo);
- gumhlar 1 5 -2 0 daqiqa davomida topshiriqni o'rganadilar, uni
hal qilishga kirishadilar, har bir guruh a'zosi natijani yozib boradi;
- muallim gumhlar faoliyatni kuzatadi, savollarga javob,
maslahatlar beradi;
- vaqt tugagach (ikkinchi bosqichda) tartib raqamlari bir xil
bo'lgan bolalar yangi guruhga birlashadilar;
- yana 15 -20 daqiqa davomida yangi tuzilgan guruhning har bir
a'zosi shu guruhning boshqa a'zolariga o'zi hal qilayotgan topshiriqni
tushuntiradi;
- dars oxirida gumhlarga berilgan barcha musiqiy topshiriqlar
yuzasidan test olish mumkin.
Tadqiqot”. Olingan bilimlar asosida kichik bir musiqiy
muammo bo'yicha yakka yoki ikki - uch nafar o'quvchi birgalashib
olib boriladigan izlanish. Bu muammo hali o'tilmagan yoki
o'tilmaydigan mavzu bo'lishi mumkin. Shunday masalalar ustida
ishlash iqtidorli bola bilimiga sayqal beradi, uni chuqur ilmiy - tadqiqot
olib borishga undaydi, bolada bo'lajak olimga xos fazilatlami ochadi.
Tabaqalashtirish. O'qitishni faollashtimvchi uslublardan biri
bo'lib, bunda o'qitish jarayonida musiqaga qobiliyatli bolalar
tanlanadi, ulaming musiqiy qobiliyatini yanada rivojlantirishga imkon
beriladi.
Uzluksiz la'limda axborot kommunikatsiyalar texnologiyasi,
komp'yuter imkoniyatlari bilan ilg'or pedagogik texnologiyani oqilona
birlashtirish, tabiiyki, nihoyatda samarali va bu o'qitish jarayonidagi
yangi, yuqori sifat darajasi va katta yangilik bo'ladi. Bu g'oyani amalga
oshirishning real yo'llaridan biri maktablar uchun elektron
darsliklarni yaratishdir, eiektron darsiik mavzuni o'quvchiga eng qulay
ko'rinishda taqdim eta oladi, u o'quvchi bilan interfaol usulda
muloqotda bo'ladi. O'quvchi mavzulami mustaqil o'rganishi va o'zi
olgan bilimni test sinovi asosida sinab ko'rishi mumkin.
Hozirgi zamon darsiga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri
har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo'lishidir,
ya'ni darsdan ko'zlangan maqsad hamda o'quvchilar imkoniyatini
hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini
aniqlash, avvalgi o'rganilgan mavzu bilan bog'lash, o'quvchilarga
beriladigan topshiriq va mustaqil ishlaming ketma-ketligini aniqlash,
darsda kerak bo'ladigan jihozlami belgilash va qo'shimcha ko'rgazmali
qo'rollar bilan boyitish, qo'shimcha axborot texnologiya
(komp'yuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni
yaratishdir.
Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan yana biri barcha didaktik
vazifalar darsning o'zida hal etilishi, uyga beriladigan topshiriqlar
o'quvchilaming darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo'lishi
lozim. Dars davomida o'qituvchi o'quvchilaming jismoniy holatini,
ijodkorligini, talantini, iste'dodini, tez fikrlashlarini hisobga olishi
kerak. O'tilgan har bir dars o'quvchilar bilan birga tahlil qilib borilsa
natija kutilgandek bo'ladi.


O'qituvchi bilan o'quvchining o'quv vazifalarini hal etishga
qaratilgan o'zaro bog'langan faoliyati yo'Ilari va usullarini o'qitish
metodlari deb atash qabul qilingan. Metodlar pedagogning asboblaridir.
U metodlardan foydalanib bilim beradi. O'quvchilaming ko'nikma va
malakalarini shakllantiradi hamda rivojlanishiga har tomonlama ta'sir
ko'rsatadi. Shu sababli hamma o'qitish metodlarini mukammal bilish va
ulardan moxirona foydalanish pedagog uchun kasbiy zarurat va ayni
vaqtda uning mahorat ko'rsatkichi hisoblanadi.
O'quv materialining bitta mazmunining o'zi ta'limning turli
vositalari yordamida turli usullar bilan o'zlashtirilishi mumkin. Shu
sabali doimo o'qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq
o'qitish hamda o'qishga yordam beradigan yo'llarni tanlash muammosi
turadi.
Musiqa faoliyati turlarini o'zlashtirishning turli shakllarini
qidirish musiqa darsining maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan
boshlanadi. Masalan, qo'shiq aytish qoidasini tushuntirishdan avval u
nima maqsadda bolalami ifodali kuylashga o'rgatish uchunmi yoki ana
shu qoida yordamida ularda badiiy didni shakllantirish uchunmi, yohud
o'quvchining umumiy nutq madaniyatini oshirish uchunmi,
o'rganilayotganini aniq bilishi kerak.
Metod o'z tuzilishi jihatidan murakkab bo'lib, o'qituvchi va
o'quvchilar faoliyatining ko'pgina jihatlarini o'z ichiga oladi.
Ta'lim metodlari ko'p jihatdan o'quvchilaming psixologik yosh
xususiyatlariga bog'liqdir. Masalan, boshlang'ich sinflarda o'qitish
metodlarini tanlash o'quvchining hissiy tajribasi asosida tafakkuming
abstrakt shakllarini rivojlantirish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Metodlar o'quvchilar organizmining anatomik-fiziologik
xususiyatlariga ham bog'liq bo'lib, musiqa darslari davomida ulaming
ish qobiliyatini, charchashini, organizmining nerv, tomir, suyakmushak, jinsiy tizimlari xususiyatlarini hisobga oladi.
Musiqa o'qitish metodlari pedagogikada, maktabda, o'qituvchilar
tajribasida tarkib topgan an'analarga ham bog'liq. Masalan, musiqa
o'qituvchisi o'z ishiga individual tus bag'ishlaydigan muayyan
metodlardan foydalanishni afzal ko'radi. Unga ko'pincha boshqa
mukammalroq ish shakllariga o'tish qiyin bo'ladi. Yoki, aksincha, ish
uslubi ilg'or tajribani o'rganish va umumlashtirish uchun asos bo'lib
qoladi.
O'qitish metodlari nihoyatda xilma-xildir. Ulaming ko'pchiligida
o'xshash xususiyatlar bor, shu sababli guruhlarga birlashtiriladi.
Metodlarning klassifikasiyasi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa
o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv metodlarini egallash shakllaridagi
o'xshash va tafovut qiladigan jihatlarini chuqurroq anglab olishda
hamda o'z o'qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda
yordam beradi. Hozirgi vaqtda ta'lim nazariyasi va amaliyotida biiim
olishning asosiy manbai bo'lgan o'qitishning og'zaki, ko'rgazmali va
amaliy metodlari keng tarqalgan.
Agar o'quvchilar asosiy o'quv axborotini o'qituvchining og'zaki
mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki qo'shik matnlari asosida
olsalar, bunday metodlar og'zaki tushuntirish, hikoya, suhbat, izoh,
sharx va xokazo metodlar jumlasiga kiradi. Bunda asosiy narsa fikr
bayon qilishning to'g'ri tizimidir. Bu metodlar yoki tushunchalami
shakillantirish va o'zlashtirish jarayoniga, yoki hissiy obrazlami
shakillantirish va tasavvur qilishga qaratilgan bo'ladi.
Musiqa darsida o'qituvchining so'z mahoratiga alohida talab
qo'yiladi. O'qituvchi o'zining asar haqidagi badiiy kirish so'zi bilan
o'quvchilami ajoyib va sehrli san'at dunyosiga olib kiradi, qiziqarli
hikoya va suhbati bilan o'quvchilar diqqatini musiqa obrazlariga
yo'naltiriradi.
Musiqa o'qituvchisi so'zidan foydalanish sohasidagi shaxsiy
pedogoglik texnikasini takomillashtirish ustida hamisha ishlashiga
to'g'ri keladi. Quyidagilar uning asosiy mezoni qatoriga kiradi:
- so'zlami aniq talaffuz qilish, yaxshi diksiya;
- nutqning sur'atini va ohangini mohirona tartibga solish,
intonasiyalaming rang-barangligi;
- pauzalarda mantiqiy urg'ulami o'z vaqtida qo'llash;
- bayon qilish uslubining emotsionalligi;
- imo-ishora va mimikaning egallaganligi, ulaming nutq
mazmuniga o'z vaqtida, o'ylab va me'yori bilan kiritish;
- talabalar oldida o'zini qat'iy va ayni vaqtda erkin tutishi.
25Hikoya. Hikoya tinglanadigan musiqa asari yoki o'rganiladigan
qo'shiq mazmunini izchillik bilan obrazli qilib, chiroyli bayon qilishdir.
Syujetning borligi va uning vaqt jixatidan rivojlanib borishi hikoya
uchun xarakterlidir. Hikoya qilish jarayonida tinglovchilarning
tuyg'ulari va kechinmalariga ta'sir etiladi va bu bilan ulaming
o'rganilayotgan asarga bo'lgan munosabati shakllanadi.
Hikoya - bu o'qituvchining musiqa asari haqidagi jonli, obrazli
va yorqin hikoyaviy bayonidan iboratdir. Hikoya qisqa, obrazli va
qiziqarli bo'lib, undagi bayon mazmuni asosiy maqsad - o'quvchilami
asar obrazini badiiy tasavvur etishga va shu vosita bilan musiqa asarini
badiiy idrok etishga erishishdan iboratdir.
Hikoya metodi og'zaki bayon qilishda musiqa asarining
mazmunini o'quvchilarga savol berib uzmasdan bayon qilishni nazarda
tutadi. Faqatgina qiziqarli va obrazli qisqa hikoya bolalar qalbida
o'rganiladigan asarga nisbatan qiziqish va muhabbat uyg'ota oladi.
Pedagogning yorqin, jonli hikoyasi, u keltirgan misollar va
faktlar o'quvchilami o'z-o'zini tarbiyalashga undaydi. Boshlang'ich
sinf o'quvchilariga tafakkuming obrazliligi xos bo'lganligi uchun ular
bilan ishlashda hikoya metodini qo'llash ayniqsa maqsadga muvofiqdir.
Biz hozircha darsdagi o'qitish metodi sifatida o'qituvchining
hikoyasi haqida gap yuritdik. Ammo hikoyadan o'quvchilaming
bilimlarini tekshirish vositasi sifatida ham foydalaniladi. U holda gap
o'quvchilardan yakka holda so'rash vaqtidagi hikoyalari to'g'risida
boradi. O'qituvchi o'quvchilardan hikoyachilarni, dokladchilami
oldindan tayyorlaganda, o'quvchilaming hikoyalari dars davomida
qo'llaniladi. O'quvchilar bunda eng muhimi hikoya qilish vaqtida
muayyan rejadan foydalansin, mazmun elementini mantiiqan birma-bir
ochib bersin; hikoyaning ma'lum bosqichini tugallar ekan, yakunlovchi
jumlalami tushuntirishning yangi bosqichi bilan bog'lay olsin.
Tegishli nutq madaniyatini ta'minlash o'quvchilarga ortiqcha
so'zlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutulishda mohirona maslahatlar
ko'magida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza,
so'zlaming, o'ylab topilgan yangi fikrlaming originalligi uchun
rag'batlantirishlar muhim ahamiyatga ega. Nutq o'stirish o'quvchilar
shaxsini intellektual rivojlantirishda o'ta muhim ahamiyatga molik
vazifa bo'lib, u faqat musiqa o'qituvchilarini emas, balki barcha o'quv
fani o'qituvchilarining ham vazifasi ekanligini unutmaslik kerak.
Suhbat. Suhbat o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi
munosabatning jonli, faol savol javob shakli. O'qituvchi savol berishi
bilan juda ham rang-barang o'quv vazifalarini hal etish o'quvchilar
bilimini aniqlash, ulami umumlashtirish va tizimlashtirish, yangi
bilimlami o'zlashtirish vaqtida o'quvchi tafakkurini boshqarish, o'z
tarbiyalanuvchilarining bilish kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish
imkoniga ega bo'ladi. Bunda o'quv material! bolalaming musiqa haqida
26bilim doirasi va amaliy tajribalari bilan bog'lanib o'zlashtiriladi. Suhbat
jarayonida o'qituvchi o'quvchilaming fikriy faoliyatini kuchaytiradi,
musiqa haqidagi bilim doirasini yangi ma'lumotlar bilan boyitadi.
Tushuntirish. Bu ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa
darslarida qo'llaniladi. U musiqa savodi, musiqaning tuzilishi va
rivojlanishi kabilami o'rganishda foydalaniladi. Tushuntirish
o'rganilayotgan qo'shiq, musiqa savodi va undagi qoidalar va musiqa
bilan harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgandir. Musiqiy
tarbiyada u doimo tushuntirilganlami nima uchun aynan o'qituvchi
talab qilgan usulda bajarish zarurligi sabablari va shartligini ochib
berish bilan bog'langan. Masalan, o'qituvchi musiqa savodidan biror bir
mavzuni yoritayotganda uning ham ilmiy asosda, ham hayotiy misollar
orqali sodda yo'llar bilan o'quvchilarga tushuntirib berishi kerak.
O'qituvchi tomonidan tushuncha berilayotgan vaqtda nutqqa «chunki»
so'zini kiritish tushuntirish metodi uchun xarakterlidir .
Tavsif. Tavsif musiqa bilan bajariladigan harakatlaming belgisi,
sifatlari yoki ulaming izchilligi haqida qo'llanmani o'z ichiga oladi,
lekin musiqiy harakatning aynan shunday xarakterini shart qilib
qo'yuvchi asboblar ko'rsatilmaydi. Tushuntirishga nisbatan tavsif go'yo
uning soddalashgan shakli hisoblanadi.
Musiqa tajribasida harakat amallari yoki ulaming elementlari
o'quvchilarga yetarligicha yaxshi ma'lum bo'lgan yoki yangi
harakatlami bajarish yo'llari juda soddaligi tufayli batafsil tahlil
qilinmasa ham bo'ladigan hollarda tavsifdan foydalaniladi.
Sharhlash (komentariya). Bu o'quvchilaming musiqa idrokini
rivojlantirishda darsning musiqa tinglash qismida asosan musiqa
o'qituvchisining badiiy nutqi orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi
musiqa darsiga tayyorgarligi jarayonida tanlangan musiqa asariga va
uning mazmuniga mos adabiy matn tayyorlaydi. Musiqa va ifodali
o'qilgan matn bir vaqtning o'zida magnit lentasiga yoki diskka yozib
olinadi. Bunda o'qituvchining vazifasi yangrayotgan musiqa asarini va
uning mazmuni hamda xarakterini unda aks etayotgan voqelikni
bevosita va bilvosita sharhlab boradi. Sharhlash musiqa o'qituvchisidan
katta ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Agar musiqa
o'qituvchisida badiiy o'qish qobiyati bo'lmasa, unda u adabiyot
o'qituvchisi yoki boshqa talantli o'qituvchi nutqidan foydalanishi
mumkin. Musiqa asarini sharhlash orqali o'quvchilarga bunday taqdim
etish ularda asarga nisbatan yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi.
Darsda og'zaki metodlardan foydalanishga o'quvchilaming o'z
fikrini erkin ayta olishlari, ashulalar, she'rlar, badiiy asarlardan
parchalar ijro etish uchun keng imkoniyatlar ochib berish kerak.
Shunday qilib, maktablarda qo'llanilayotgan ta'lim metodlari
og'zaki uslubining asosiy turlarini ta'riflab berdik. O'qituvchining
vazifasi bu to'plangan metodlami faqat egallabgina qolmasdan konkret
vaziyatda ulaming har biridan oqilona foydalanish, o'sha vaziyat uchun
aynan mos variantlarini o'ylab topish, ulaming boshqa metodlar bilan
mohirona qo'sha olishdan iboratdir.
O'qitishning og'zaki metodlari tarbiyaviy ta'sirini
kuchaytirishiga alohida ahamiyat berish zarur. O'quvchilarda musiqa
faoliyatlari mazmunini asoslash, isbotlash, taqqoslash, bir-biriga
qarama-qarshi qo'ya olish mahoratini oshirish uchun og'zaki
metodlaming rolini ko'tarish lozim. O'qituvchining so'zi faqat oddiy
axborot berishdan iborat bo'lmay, balki ishontiruvchi, asoslovchi,
isbotlovchi ta'sirchan kuchga ega bo'lishi kerak. O'qituvchining so'zi
emotsiyalar, bayon qilinadigan mavzularga shaxsiy munosabat bilan
yo'g'rilgan bo'lishi lozim. Bulaming hammasi o'qitishdagi og'zaki
metodlaming tarbiyaviy ta'sirini kuchaytirish imkonini beradi.
Ko'rgazmali metodlar deganda ta'lim jarayonida qo'laniladigan
ko'rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko'p darajada bog'liq
bo'lgan o'quv materialini o'zlashtirish shakllari tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, ta'limning ko'rgazmali vositalari
musiqiy bilimlami o'rganish va o'zlashtirish xarakterini belgilaydi.
Ta'limning bunday metodlaridan foydalanilganda
o'quvchilarning musiqa darsidan olgan bilimlari ko'rgazmali vositalar
yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga,
tasavvurlarga bog'liq bo'ladi. Og'zaki tushuntirish kuzatishni tashkil
etishda, tasavvurlami bir maromga solishda, ulami o'rganilayotgan
musiqa mavzusi g'oyasi bilan bog'lashda yordam beradi. Ko'rgazmali
qurollar bo'lmasa, og'zaki izohning uncha foydasi bo'lmaydi.
Ko'rgazmali vosita sifatida musiqa asarining nota yozuvi,
asaming ritmi yoki tempini aniqlashda foydalaniladigan grafik
chiziqlar, musiqa ostidagi harakatlar, asar mazmuniga mos rangli
rasmlar yoki ashyolar musiqa darsida namoyish qilib ko'rsatilishi
mumkin. Hozirgi vaqtda o'quv jarayonida turli xil texnika vositalari:
kino va boshqa proyeksion apparaturalar, tovush yozish apparatlari va
boshqalardan foydalanib namoyish qilish keng tarqalmoqda.
Ko'rgazmali qurollar turlicha ahamiyatga ega bo'ladi. Ular bir
holda faqat namoyish qilinadi. Ikkinchi holda esa abstraksiyani
shakllantirish jarayonini yengillashtiradi. Ko'rgazmali qurollar
yordamida vujudga keltiriladigan aniq hissiy obrazlarga tayanish
abstrakf qoidalami o'zlashtirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlaming
tushunarlilik darajasini oshiradi. Masalan, nota haqida dastlabki
tushiincha berish paytida nota tayoqchalari, applikasiyalar, rasm
xhizilgan kartonlar va hokazolardan foydalaniladi. Ko'rgazmali qurollar, ayniqsa, musiqa savodidan olgan bilimlarini tizimga solishda va boyitishda, shuningdek, o'quvchilaming fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.
Ta'lim jarayonida ko'rgazmali quroldan musiqa o'qituvchisining
biror og'zaki bayonini yoki izohsiz foydalanishini tasaw ur qilish qiyin.
Ko'rgazmali vosita hamisha o'qituvchining so'zi bilan o'zaro aloqada
va muayyan munosabatda bo'ladi.
O'quv jarayonida ko'rgazmalilik tamoyilini qo'llashning
muhimligini musiqa darsi jarayonida o'rganilayotgan mavzu va musiqa
asarlarini hissiy idrok etishga, ulami «jonli mushohada» qilishga, bilish
faoliyatida aniq va mavhum, hissiy, mantiqiy va nazariy
elementlaming birligiga katta o'rin beruvchi nazariya nuqtai nazaridan
tushuntirish mumkin.
Musiqa asarlarini ko'rgazma vositalari orqali idrok etish katta
imkoniyatlarga egadir. Eslab qolishda ko'rgazmalilikning o'zi emas,
balki ulaming nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori
samaradorlikka ega bo'ladi. Bu o'qitish metodlarining optimal
birikmasini izlash zamrligidan dalolat beradi.
Ana shu aytilganlarga ko'ra bilishning o'qitish jarayonidagi
yakka tarzda yo'lini hissiy hamda nazariy bilishning haqiqiy birligi
sifatida rejalashtirish va tashkil etish kerak.
Musiqa darsida o'qitishning ko'rgazmali metodlarini qo'Ilash
optimailik mezoniga muvofiq kelishligi uchun musiqa o'qituvchisi
ulami tanlayotganda bir qator talablarga rioya qilishi kerak.
Ko'rgazmali metodlami tanlashda ulaming quyidagi didaktik
vazifalami ancha muvoffaqiyatli hal qilishi nazarda tutilishi shart:
- o'quvchilarda musiqani idrok etishda ko'rgazmali- obrazli
tafakkumi rivojlantirishga yordam berishligi;
- musiqiy faoliyat turlarini o'zlashtirishda diqqatni faollashtirish
vositasi rolini bajarishligi;
- musiqa savodidan olgan bilimlarini konkretlashtirishga imkon
berishligi;
- o'rganilgan mavzulami plakatlarda, grafik chiziqlarda,
rasmlarda va boshqalarda aniq qilib tizimlashtirish va klassiflkasiya
qilish;
-musiqaga bo'lgan qiziqishni rag'batlantirish, samarali bilim
olish uchun ko'rsatmalar yaratish metodlari rolini bajarishi;
-musiqa fanidan o'quv materialining qanchalik o'zlashtirganligi
haqida konkretlashtirilgan shaklda ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
Bu aytilganlardan ko'rgazmalilik qancha ko'p qo'llanilsa,
shuncha yaxshi bo'lar ekan, degan ma'no kelib chiqmasligi kerak.
Chunki ko'rgazmalilikni optimal qo'Ilash, bu undan maqsadga muvofiq
foydalanish degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun ham musiqa
o'qituvchisi dasturda va metodik qo'llanmada keltiriladigan namoyish
qilishning tavsiya ro'yxatidan, birinchi navbatda, darsning asosiy
vazifasini hal qilishga, o'rganiladigan mavzuning asosiy muhim
masalalarini o'zlashtirishga bevosita yo'llanganlarini tanlab olishi
kerak. Ko'rgazmali vositaga dars davomida asosiy e'tibor beriladi, u
puxtaroq tahiil etiladi, asosiy xulosalar ular yuzasidan qilinadi. Bir
mavzudagi ikkita ko'rgazmali vositadan qo'yilgan vazifani yaxshiroq
va kamroq vaqt sarflab hal qiladiganini tanlash kerak.
Shuni unutmaslik kerakki, namoyish hajmini oshirib yuborish
vaqtni ko'p sarflashga olib kelibgina qolmay, balki o'quvchilar
e'tiborini o'rganilayotgan materialning mohiyatidan ham chalg'itadi.
Ko'rgazmali metodlarni tanlashda tegishli sinfning xususiyati,
sinfdagi ko'pchilik o'quvchilar tafakkurlarining ustun tipi- og'zakimantiqiy yoki ko'rgazmali- obrazli ekanligi hisobga olinadi.
O'quvchilar qo'yilgan savollarga javob kutar ekanlar,
ko'rgazmali axborot ustida faol fikr yuritadilar, ko'tarilgan
muammolami hal qilish yo'lini o'zlari qidiradilar va shuning uchun
ham o'quv materialini faol o'zlashtiradilar. Ko'rgazmali qurollami
maqsadsiz namoyish qilaverish musiqa darslarida juda ko'p vaqtni oladi
va xatto darsning umumiy maqsadiga erishish nuqtai nazaridan zararli
bo'lib ham chiqadi.
Musiqa harakatlanuvchi melodik va garmonik tovushlardan
iborat bo'lgan san'atdir. Uni faqat eshitish organi orqali tinglab idrok
etish mumkin. Bunda ko'rish asosiy rol o'ynamay, balki doskada
ifodalanadigan nota yozuvlari, plakatlar, jadvallar, o'qituvchining
dirijyorlik ifodalari, raqs harakatlari va boshqalar musiqani jonli va aniq
idrok etish yoki ijro etish uchun yordam beradi. Eng muhimi, idrok
jarayonida o'quvchilarda musiqa «oqimi » ni kuzatib borishga va shu
bilan musiqa asosida nimalar yoki qaysi obrazlar ifodalanganini ilg'ab
olishga o'rgatish zarur. Demak, musiqa boshqa san'at turlaridan
farqlanib, darsda ko'rgazmali materiallardan deyarli ikkinchi darajada
foydalanishni taqozo etadi.
Musiqa mazmuni, obrazlar yoki syujetlami ifodalovchi suratlar,
kartinalar ko'proq boshlang'ich sinf o'quvchilarini qiziqtiradi.
Amalda ko'proq harakatlanuvchi, masalan, dirijyorlik, musiqa
o'lchovini taktlash, chalib ko'rsatish, raqs, o'yin, kuy harakatini,
registir va ritmik sur'atini doskaga grafik chiziqlarda ifodalash kabi
ko'rgazmali vositalardan foydalaniladi.
Amaliy metodlar o'quvchilaming mashqlar, shuningdek,
labaratoriya va amaliy ishlar ko'rinishidagi xilma-xil faoliyatidan
iboratdir. Bu metodlar yangi bilimlami egallash va avval olingan
bilimlami mustaxkamlashga xizmat qilishi mumkin, lekin ulaming
asosiy vazifasi-olingan bilimlami amalda turli sharoitlarda qo'llashga
o'rgatish hamda o'quvchilarda ko'nikma va malakalar hosil qilishdir.
Amaliy metodlar vositasida o'quvchilarda vokal-xor malakalari,
musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, uning janr va
shakllarini aniqlash hamda nota yozuvini o'rganish malaka va
ko'nikmalarini shakillantirish uchun qo'llaniladi. Masalan, vokal-xor
malakalarini rivojlantirishda, nota yozuvini yoki musiqaga qadam
tashlashni o'rganishda asosan mashq metodidan ko'proq foydalaniladiki, ular har xil faoliyat turlarida qo'llaniladi.
Amaliy metodlarga mashqlar ham kirishini yuqorida ta'kidlab
o'tdik. Ulami bajarishda o'quv axborotlarini shunchaki og'zaki yoki
ko'rgazmali idrok qilish sodir bo'libgina qolmay, balki olingan nazariy
bilimlami amaliyotda bevosita qo'llash amalga oshiriladi. Amaliy
mashqlar metodidan foydalanilganda olingan nazariy bilimlami
amalda yaxlit qo'llashni to'liq darajada ta'minlash imkonini beradigan
mashqlar tuzimini tanlash juda muhimdir. Agar, masalan, birinchi
sinflarda musiqa savodidan nota yozish qoidalari o'zlashtirilayotgan
bo'Isa, u holda mashqlar tizimi bu barcha qoidalaming amaliy
qo'Ilanishini to'liq qamrab olishi kerak. Bunda boshlang'ich sinf
o'quvchilariga notaning shtili (tayoqchasi)ni yozish qoidasi, bosh
qismini yozish qoidasi, bosh va shtilni qo'shib yozish qoidasi,
bayroqchani yozish qoidasi va notaning uchchala qismini qo'shib
yozish qoidasi nazarda tutiladi.
Mashqlar tizimiga yaxlitlikdan tashqari mantiqiy izchillik talabi
ham qo'yiladiki, bu, masalan, notalami nota yo'li chiziqlari orasiga,
chiziqlarga, birinchi chiziq ostiga, beshinchi chiziq ustiga, qo'shimcha
chiziqlarga yozish kabi mashqlami har bir oldingi mashq keyingi
mashqni o'zlashtirishga tayyorlashga yordam beradigan qilib
joylashtirilishini talab etadi. Mantiqiy izchillikni buzish bilimlami
o'zlashtirish va mustaxkamalash samaradorligini pasaytirishga olib
keladi.
Mashqlami bajarishda o'qitish metodlarining bu turini
qo'llashning samaradorlagini oshirishning ta'minlovchi qo'yidagi
qoidalarga rioya qilish zarur. O'quvchilar oldiga bajariladigan
mashqlarning aniq maqsadini: mashqlami bajarish davomida qanday
bilimlami qo'llash, nimani miistaxkamlash, mashqni bajarish davomida
qanday biiim va malakalami hosil qilish zarurligini qo'yish kerak.
Vokal-xor ishlarida ashulachilik nafasi, ovoz hosil qilish,
talaffuz, soz va ansanbl malakalarini rivojlantirishga doir metod va
usullardan keng foydalaniladi. Bunda musiqa asariga dirijyorlik qilish,
qo'shiqlami takrorlab kuylash, asarlarni musiqiy tuzilishi jixatidan
taqqoslash, ashulani kuylab ko'rsatish, vokal mashqlari va boshqalardan
foydalanish nazarda tutiladi. O'qitishning amaliy metodida vokal-xor
malakalari musiqa fani dasturida ko'rsatilgan ashula repertuari orqali
hamda o'z Oldiga biror tor doiradagi maqsadni qo'ygan maxsus vokalxor mashqlari orqali hosil qilinadi.
Ko'pincha ashula o'qituvchi lari vokal-xor mashqlarini vaqtni
bekorga oladigan narsa deb, unga nazar-pisand qilmaydilar, qo'shiq
ustida olib boriladigan ishning o'zi o'quvchilarga vokal tarbiyasi berish
uchun yetarli deb hisoblaydilar. Bunday qarashiar bilan kelishib
bo'lmaydi. Musiqa o'qituvchisi maxsus mashqlami tanlashda qancha
ijodkor bo'Isa, u o'z maqsadiga shuncha tezroq erishadi.
Vokal-xor mashqlari har bir musiqa darsidan ma'lum o'rin olishi
kerak. Bu mashqlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin, lekin hamma vaqt
bolalaming yosh xususiyatlarini hisobga olish lozim. Vokal-xor
mashqlari va mashq-qo'shiq kuylash amaliy mashg'ulotning muhim
vositasi hisoblanadi. Laboratoriya va amaliy ishlar o'quvchilaming
o'qituvchi rahbarligida bajariladigan juda xilma-xil mustaqil faoliyat
turlaridan iboratdir. Bu fizika va ximiya darslarida tajribalar o'tkazish,
geografiya, geometriyadan joyida turli xil topshiriqlami bajarish
bo'lishi mumkin. Musiqa darslarida ham o'quvchilar musiqa ostida
harakatlami bajarish yo'llari yoki musiqaviy o'yinni olib borish
taktikasi to'g'risida mustaqil bilim olishlari mumkin.
Musiqaviy o'yin asosan boshlang'ich sinflarda yaxshi natija
beradi. Sinfda kichik musiqaviy o'yinlar o'rganilsa, sinfdan tashqari
mashg'ulotlarda sinfda o'rganilgan va keng maydon talab etuvchi kuy
va qo'shiqlar amaliy ijro etiladi.
Amaliy metodning asosiy sharti bajarilgan mashqlar, amaliy
ishlar tahlili va ulami baholashdir. Darsda musiqaviy o'quv
ko'nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy xislatlar bo'ladi.
Shuningdek o'quvchilar yo'l qo'yadigan tipik xatolar ham namoyon
bo'ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlami namoyish qilish kerak. Ijobiy
namuna asosida o'qitish afzalroqdir. O'quvchilar, ayniqsa, o'smirlar o'z
ishlarining xatolari yomon misol tariqasida butun sinfga ko'rsatilsa, ular
juda xafa bo'ladilar. Agar ko'nikmani shakllantirish shartlariga rioya
qilinsa, o'qitishning amaliy metodlari o'quv materiallarining
muvoffaqqiyatli egallanishiga olib keladi.

Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə