Muso al-Xorazmiy, Abu Abdullox al-Xorazmiy Ahmad al-Farg‘oniy va Axmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati Reja


I.Shariat va u bilan bog‘liq «arab» ilmlari



Yüklə 23,31 Kb.
səhifə2/3
tarix26.06.2022
ölçüsü23,31 Kb.
#90115
1   2   3
Muso al-Xorazmiy, Abu Abdullox al-Xorazmiy Ahmad al-Farg‘oniy va Axmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati

I.Shariat va u bilan bog‘liq «arab» ilmlari:

  1. Fiqh ya'ni musulmon huquqshunosligi.

  1. Kalom, ya'ni din asoslari.

  2. Grammatika.

  3. Ish yurgizish.

  4. She'riyat va aro‘z.

  5. Tarix.

II. «Arab bulmagan» ilmlar (yunoy va boshqa xalqlar):
1. Nazariy falsafa:
a) tabiiy ilmlar — tibbiyot (tib, samoviy hodisalar — meteo­
rologiya, mineralogiya, alkimiyo, mexaniqa) — quyi;
b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, xandasa, ilm an-nujum, mu-
sikd) — O‘rtanchi;
v) iloxiy, ya'ni metafizika — oliy ilm;
g) mantiq-
2. Amaliy falsafa:
a) axloq — etika (odamni boshkdrish);
b) uyshunoslik (uyni boshqarish);
v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).


O‘rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy salmoqlii o‘rin egallaydi.
Olimning tuliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. Manbalarda unig farg‘onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma'lumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham e'tiborga olish kerakki, o‘rta asrlarda musulmon o‘lkalarida bo‘lgan an'a-naga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo‘lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Ba'zi arab mamlaqatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misrning poytaxti Qohirani — Misr, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni — Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko‘ra, o‘rta asrlardagi Farg‘ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg‘ona deyishgan. Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) kishlog‘ida tug‘ilgan.
Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to‘satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko‘ra, Bag‘dodda taxtga katta o‘g‘li — Muhammad al-Amin nomi bilan o‘tiradi. Saroydagi xurosonlik a'yonlar esa Abdullohni taxtni qo‘lga olishga da'vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o‘rtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi. Usha yili Abdulloh taxtga al-Ma'mun nomi bilan utiradi. Lekin u Bag‘dodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo‘lib turadi. 819 yili al-Ma'mun butun saroy a'yonlari va ulamolari bilan birga Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida al-Farg‘oniy ham bor edi. Shunday bulsa ham al-Ma'mun qo‘l ostida u to‘zgan il­miy markaz «Bayt ul-hikma»da ishlagan olimlar orasida al-Farg‘oniyning nomi eslatilmaydi. Buning sababi, bizningcha, shunday bo‘lishi mumkin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida «Bayt ul-hikma» olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning o‘zi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bag‘doddan turib boshqarilardi. Balki al-Farg‘oniy Damashqdagi olimlar guruhida bo‘lishi, al-Ma'mun uni Bag‘dodga kelishi bilanoq u yerga yuborgan bo‘lishi mumkin. Abu Rayhon Beruniyning bir xabari shunday taxminga asos bo‘ladi. Uning aytishiga ko‘ra, Bag‘dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibnAbdumalik va al-Farg‘oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlarishlaganlar. U shuningdek, al-Farg‘oniyning Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832—833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda ishtirok etganini ham aytgan.
Nihoyat, al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi eng so‘nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog‘lanadi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya'ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta'mirlagan. Biroq al-Farg‘oniy kanday qilib va kanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma'lumot yo‘q.
Al-Farg‘oniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-Xorazmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, kuyidagi xulosaga kelamiz. Ma'lumki, al-Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning o‘limi munosabati bilan eslatiladi va shundan so‘ng uchramaydi. Shunga ko‘ra, uning o‘lgan yili deb 850 yil qabul qilingan. Al-Farg‘oniy­ning nomi oxirgi marta 861 yili Nilning sathini o‘lchagich uskunasini ta'mirlash munosabati bilan eslatiladi. Yana bir ma'lumotga ko‘ra, al-Farg‘oniy Misrda nasroniylar orasida yashab, ularning diniga o‘tganligi va shuning uchun u qatl qilinganligi qayd etiladi. Lekin qatlqilingan yili eslatilmaydi.
Al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi ma'lumotlar juda kam bo‘lganligiga qaramay, o‘rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy(XII—XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o‘z asarlarida eslatadilar.
Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy haraqatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum») XII asrda Ovro‘pada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi. Al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo‘lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng, al-Farg‘oniy va uning asarining Ovro‘padagi shuhrati yanada ortdi.
Ovro‘po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B.A. Rozenfeldlar al-Farg‘oniyning ijodini yuqori Bahrlaganlar.
Hozirgi kunda al-Farg‘oniyning sakkiz asari ma'lum bo‘lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ular kuyidagilardir: yuqorida tilga olingan asar, odatda uni «Astronomiya asoslari haqida ki­tob» nomi bilan ham atashadi — qo‘lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. «Asturlob yasash haqida kitob»— kulyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, «Asturlob bilan amal qilish haqida kitob»— birgina kulyoz-masi Rampurda (Hindiston), «Al-Farg‘oniy jadvallari»— kulyozmasi Patnada (Hindiston), «Oyning yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»— qo‘lyozmalari Gota va Qohirada, «Quyosh soatini yasash haqida kitob»— qo‘lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo‘lyozmasi topilmagan.
Marvlik mashhur astronom va matematik Habash al-Hosib («Hisobchi Habash») laqabi bilan ma'lum bo‘lgan Ahmad ibn Abdulloh. al-Marvaziy ham Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishla­gan. U ikkita «zij» to‘zgan bo‘lib, bular O‘rta asr astronomlari to­monidan keng foydalanilgan. Tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, u tangens va kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini ham keltirgan.
Bog‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan yana biri Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy bo‘lib, u “Habash al-Hosib ( Habash hisobchi )”laqabi bilan tanilgan. Ahmad al-Marvaziyning “Ziji” va uning ahamiyati. Al-Marvaziy xalifa al-Ma'mun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarning faol ishtirokchisi. Al-Marvaziyning 20 ga yaqin asarlar yaratishi va uning fan tarixidagi o‘rni. Milodning IX—XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. Usha davrning keng bilimli, peshqadamolimlaridan biriAbu Abdulloh al-Xorazmiy bo‘lgan. Bu olim haqida saqlanib kolgan ma'lumotlar juda kam. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o‘tgan. Bu shaharlarda u voyaga yetgan, yashagan, ta'lim olgan. Uning mashhurligi vazir Abul Xasan al-Utbiy xo‘zurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida chuqqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O‘z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez (Borib turgan va ko‘pgina allomalar bilan hamsuhbat bo‘lgan.Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan. Olimning dunyokarashi usha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yokub ibn Isxoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Farobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta'siri ostida shakllandi.



Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə