Mustaqil ish mavzu: kreditning zarurligi, funksiyalar, turlari va shaklari



Yüklə 34,6 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü34,6 Kb.
#153713
  1   2   3   4   5
Mustaqil ish mavzu kreditning zarurligi, funksiyalar, turlari v-fayllar.org


Mustaqil ish mavzu: kreditning zarurligi, funksiyalar, turlari va shaklari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT” FAKULTETI
BANK ISHI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH


MAVZU: KREDITNING ZARURLIGI, FUNKSIYALAR, TURLARI VA SHAKLARI
Bajardi: FU-22, 1-kurs talabasi

Abdurahimov Firdavs


Qabul qildi:_________________
TOSHKENT-2022
REJA:
Kirish ..................................................................................................................... 3

1. Kreditning zarurligi va uni belgilovchi omillar………………........................ 5



2. Kreditning asosiy tamoyillari va funksiyalari ..... .......................................... 8
3. Kreditning turlari va shakllari……………..................................................... 12
Xulosa ..................................................................................................................17
Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................................... 19


KIRISH
Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jamiyat faoliyatining oʼta muhim jihati - bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy neʼmatlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari taʼminlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim ham bir tekisda ta’minlana olmaydi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo boʼlishining iqtisodiy asosidir. Bizga maʼlumki, pul mablagʼlariga koʼp hollarda kreditlarga olingan mablagʼlar, korxonalarning hisob varaqasida mablagʼlar va naqd pullar, aylanma mablagʼlar va moliyaviy mablagʼlar kiradi. Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan oʼxshagani bilan, ularni ichki xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga oʼxshamaydi. Kredit-bu vaqtincha boʼsh turgan pul mablagʼlarini maʼlum muddatga, haq toʼlash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yigʼindisidir. Kredit yordamida tovar - moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, isteʼmolchilarni mablagʼlari yetarli boʼlmagan sharoitda toʼlovni kechiktirib tovarlar sotib olishadi va boshqa har xil toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼladilar. Kredit iqtisodiy kategoriya bulib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir koʼrinishi sifatida yuzaga chiqadi.
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi oʼrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida koʼrsatuvchi asoslarni bilish demakdir.
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit kategoriyasi iqtisodiy rivojlanishning ajralmas elementi sifatida rol oʼynaydi. Kreditdan ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, qishloq xoʼjaligini ishlab chiqaruvchilar, savdo tashkilotlari, hukumat va hatto, ayrim fuqarolar ham foydalanishi mumkin. Kreditor oʼzidagi boʼsh turgan resurslarni qarz oluvchilarga berishi yoki ularni qoʼshimcha mablagʼlar bilan birgalikda qaytarib olishi mumkin. Bunda beriladigan kredit pul shaklida yangi toʼlov vositasi sifatida ishtirok etadi.
Kreditning iqtisodiyotning rivojlanishiga boʼlgan taʼsiri bir xil maʼnoda baholanmaydi. Masalan, ayrim mutaxassislar, kredit shaxslarni qashshoqlikka olib keladi, mol-mulklar va resurslar tanglikka yuz tutadi deb hisoblaydilar. Boshqa ayrim mutaxassislar esa iqtisodiyotning real tarmogʼiga qanchalik koʼp kredit yo’naltirilgan boʼlsada, u iqtisodiyotning real tarmogʼini zaiflashtiradi, qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga putur yetkazadi va natijada ularning inqirozga yuz tutishiga, hatto bankrot boʼlishiga olib keladi degan mazmunni qoʼllab-quvvatlaydi. Kreditning paydo boʼlishini mahsulot ishlab chiqarish sohasidan emas, balki ayirboshlash sohasidan izlash maqsadga muvofiq boʼladi. Bunda tovar egalari iqtisodiy munosabatlarda mustaqil yuridik shaxs yoki mulk egasi sifatida bir-biriga qarama-qarshi yoki raqobatda boʼladi. Tovarlarning bir qoʼldan ikkinchi qoʼlga oʼtishi yoki xizmatlar ayirboshlash jarayonida tovar ayirboshlash asos boʼlib xizmat qiladi, bu holat kredit xususidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Qiymatning rivojlanishi – kredit rivojlanishining yadrosini tashkil yetadi.

Yüklə 34,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə