Mustaqil ish mavzusi: Amaliy-psixologiya bugun, erta va kelajak



Yüklə 20,36 Kb.
səhifə1/3
tarix24.03.2023
ölçüsü20,36 Kb.
#103023
  1   2   3
Mustaqil ish 1


Mustaqil ish mavzusi:Amaliy-psixologiya bugun, erta va kelajak.
Reja:

1.Amaliy-psixologiya fanidan klinik psixologik lug'atlar yozing( 15-ta) va sharhlang.


2.Amaliy psixologiya sohasidagi Klinik psixolog, Maslahatchi psixolog, Sud -psixologi, Sog'liqni saqlash psixologlari mehnat faoliyati( kimlar bilan ishlaydi) haqida ma'lumot yozing(Jadval asosida to'ldiring)
3."Bir-stakan suv " psixologik hikoyasi.


1.Amaliy-psixologiya fanidan klinik psixologik lug'atlar yozing( 15-ta) va sharhlang.

N/

Amaliy-psixologiya faniga oid Klinik psixologik lug'at.

Klinik psixologik lug'at mazmun-mohiyati.

1

Idiotiya

(tug‘ma telbalik)—tafakkurning o‘ta og‘ir darajada buzilishi bo‘lib, chuqur ruhiy o‘zgarishlardan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo‘ladi.

2

Oligofreniya

tafakkurning tug‘ma zaifligi bo‘lib, og'ir-yengilligi bo'yicha turli darajada ifodalanadi: debillik, imbetsillik, idiotiya

3

Depressiya

bu hozirgi kunga va kelajakka ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, biror faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir.

4

Affekt

bu to ‘satdan paydo bo‘ladigan, qisqa muddat davom etuvchi hissiy portlashdir. Fiziologik va patologik affektlar farq qilinadi.

5

Nevrasteniya

(grekchadan neuron — nerv, astenia — zaiflik) asabning zaifligi degan m a’noni anglatadi. Nevrasteniya asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi.

6

Afaziya

nutqning sistem buzilishi bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi.

7

Bixeviorizm

(inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari fikrlashning xulq-atvorga oid nazariyasini ilgari surishgan, ya’ni tafakkur ham xuddi nutq kabi harakat faoliyati bilan bog‘liqdir.

8

Imbetsillik

tafakkurning o‘rta darajada buzilishidir. Ularda ruhiy jarayonlar ancha buzilgan bo’ladi. Imbetsil bolalaming nutq funksiyasi va xotirasi o‘ta sust bo‘lib, ular biror narsani o‘rganishda juda qiynalishadi.

9

Demensiya

fikrlash buzilishining orttirilgan turi. Uning asosiy sabablari ateroskleroz, Alsgeymer kasalligi, og‘ir ensefalopatiyalar, xuruj bilan kechuvchi xafaqon kasalligi, lakunar insultlar.

10

Apatiya

hissiy befarqlik holati bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga bemor o‘ta e’tiborsizlik bilan qaraydi. Ba’zan ularda butunlay harakatsizlik kuzatiladi va bemorlar o'tirgan joyidan sira qo‘zg‘almaydi.

11

Deliriy

ong buzilishining ko‘p uchraydigan turi bo'lib, bunda bemor o‘z shaxsini anglay olsa-da, vaqtga, atrof muhitga bo‘lgan idroki buziladi.

12

Puerilizm

bolalar xatti-harakatini eslatuvchi liolat bo‘lib, yoshi kattalarda kuzatiladi. U lar bolalarga xos bo‘lgan qiliqlar ko‘rsatadi, boladek ingichka tovush chiqarib gapiradi, ko‘zlarini katta-katta ochadi, kipriklarini pirpiratadi, birov gapirganda, og‘zini ochib turadi.

13

Apraksiya

maqsadga yo‘naltirilgan ixtiyoriy harakatlami bajara olmaslikdir. Qo’llarda falajlik bo‘lmasa-da, bemor turli narsalar bilan bajariladigan harakatlarning uddasidan chiqa olmaydi.

14

Obsessiyalar

bu miyadan ketmaydigan xayollar, fikr-mulohazalar, xotiralar va shubhalanishlardir. Bu xayolu fikrlar bemorning irodasiga va xohishiga bog‘liq bo'lmagan holda quyilib kelaveradi. Bu xayollar bemorga og‘ir botadi, aslida yoqmaydi va ulardan vrach yordamisiz qutula olmaydi.

15

Derealizatsiya

bemorlar borliqdagi narsalami va vaziyatni taniydilar, biroq bu vaziyat ularga boshqachadek tuyuladi. Atrofmuhitdagi hamma narsalar noaniq, begona, tushunarsiz, go‘yoki parda bilan o‘ralgandek bo‘lib tuyuladi



2.Amaliy psixologiya sohasidagi Klinik psixolog, Maslahatchi psixolog, Sud -psixologi, Sog'liqni saqlash psixologlari mehnat faoliyati( kimlar bilan ishlaydi) haqida ma'lumot yozing(Jadval asosida to'ldiring)




Yüklə 20,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə