Mustaqil ishi Qabul qildi: Rabbimov H. T. 2022-2023 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida


-modda. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi



Yüklə 181,85 Kb.
səhifə8/19
tarix28.11.2023
ölçüsü181,85 Kb.
#135878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Hayot faoliyati xavfsizligi ma\'ruza

14-modda. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir.
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar o‘tkazilishi kerak:
mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari.
Qonunchilikda, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonunchilikda belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 181,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə