Mustaqil ta’lim mavzulari Talaba mustaqil ishi (tmi)


Mavzuni mustaqil o`zlashtirish



Yüklə 42,5 Kb.
səhifə2/4
tarix05.10.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#125531
1   2   3   4
mustaqil ish uchun

Mavzuni mustaqil o`zlashtirish. Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o`quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o`zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga ehtibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko`rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o`quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o`zlashtirish qiyin bo`lsa, savollar paydo bo`lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o`qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o`zlashtirilgan mavzu bo`yicha tayyorlangan matn kafedradagi o’qituvchilar tarkibidan tashkil etilgan komissiya oldida himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo`lgan biror mavzu bo`yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig`adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo`yicha imkon darajasida to`liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o`qituvchidan maslahat va ko`rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ko`rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o`zlashtirish uchun yordam beradigan ko`rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o`qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko`rsatmalar, yo`l-yo`riqlar beriladi. Ko`rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo`yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko`rgazmali materiallardan foydalanish bo`yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə